CHANG CHOLG’U ASBOBIDA IJROCHILIK TEXNOLOGIYASI
Chang O’zbekistanda keng tarqalgan xalq cholg‘u asbobidir. Chalish usuli
texnologiyasi jihatidan chang torli urma musiqa asboblar guruhiga kiradi. Uning
tuzulishi bir xil diametrlik ingichka (taxminan 0,35 mm keladigan) metall
simlarning bo’sh tortilishiga asoslangani kabi, uning tovushqatori diatonik bo’lib
temperatsiya qilinmagan edi.
Professor V. M. Belyayevning «O’zbek musiqa asboblari» degan kitobida
changning asosiy tovushqatori quyidagicha ko’rsatilgan:50
REKONSTRUKSIYA QILINMAGAN CHANGDA
TOVUSHLARNING JOYLASHUVI
Ayrim xalq sozandalari chang tovushlariga qo’shimcha tovushlar kiritishdi.
1938 yili V. Romanchenko, A. Kevdayans, S. Didenko va A. Petrosyanslar
to’liq xromatik tovushqatorli (birinchi oktavadagi DO dan uchinchi oktavadagi RE
diyezgacha) chang yaratdilar. Ana shu chang asosida keyinchalik dastlabki
xromatik changlar tayyorlanib, ulardan O’zbek Davlat filarmoniyasining xalq
cholg‘u asboblari orkestrida hamda Hamza nomli musiqa bilim yurtining chang
sinflarida foydalanildi.
Changni takomillashtirish ishi faqat shu bilan to’xtab qolmadi. Toshkent Davlat
konservatoriyasiga qarashli eksperimental laboratoriya 1943 yildan buyon O’zbek
xalq cholg‘u asboblarini takomillashtirish ustida ishlamoqda. Changning diapazoni
yanada kengaytirilib, uning tovushqatori kichik oktavadagi SOL dan uchinchi 51
oktavadagi SOL diyezgacha yetkazildi. Bundan tashqari, torlarinig tovushini
so’ndiruvchi tepki (pedal) mexanizm ixtiro qilindi; turli diametrli torlarni qo’llash
yo’li bilan changning tovush kuchi oshirildi.
Takomillashtirilgan changning asosiy tipi bo’yicha quyidagi changlar
yaratilgan:
1. Pikkolo chang — diapazoni birinchi oktavadagi DO dan uchinchi
oktavadagi LYA gacha.
2. Tenor chang — diapazoni katta oktavadagi SOL dan ikkinchi oktavadagi
MI gacha va kichik oktavadagi DO dan birinchi oktavadagi SOL gacha.
3. Bas chang — diapazoni katta oktavadagi DO dan kichik oktavadagi SOL
gacha.
Shunday qilib, yangi yaratilgan chang turlarining umumiy diapazoni deyarli
besh oktavani (katta oktavadagi DO dan uchinchi oktavadagi LYA gacha) tashkil
etadi. Bu esa changdan orkestrda keng imkoniyatli guruh sifatida, orkestrdan bo'lak
holda esa — mustaqil ansambl sifatida foydalanish imkonini beradi.
Lekin bu aytilganlardan, changni takomillashtirish ishi oxiriga yetkazildi, degan
xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Hali changda ko’pgina kamchiliklar mavjud.
Masalan, tepki mexanizmi hali mukammal emas, ayrim registrlar bir tekis tovush
bermaydi. Chang quloqlari tiniq sozni uzoq ushlamaydi.
Shubha yo‘qki, changni takomillashtirish ustida olib boriladigan bundan
keyingi ishlar bu mavjud nuqsonlarni tuzatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |