Uchinchi bob
CHAG’ONIYON ZAMINI VA DAQIQIY IJODI
DAQIQIY XAYOTI VA IJODIYOTI
(929-977)
Bar sadru tu ba lafzi Daqiqiy kunam nisor.
Mazmuni:
Xukmroningga Daqiqiy so’zlaridan chochiq sochaman.
Adib Sobir Termiziy
Abu Mansur Muhammad ibni Axmad Daqiqiy nufuzi jihatidan fors-tojik mumtoz adabiyotida buyuk Rudakiydan keyingi ikkinchi o’rinda turadi, va bu baxs allaqachon o’z isbotini topgan.Daqiqiy xaqida Beruniy “Al osor al boqiya”, Muhammad Avfiy “Lubobul albob” (1221), Abduraxmon Jomiy (1414-1492) “Baxoriston” (Dushanbe: “Irfon, 1966”), Lutf Alibek Ozar (1711-1780) “Otashqada” (1760-1761) asarlarida va boshqalarning kitoblarida ma’lumotlar bitib qoldirilgan.Beruniy sssshoirni balxlik, Avfiy tuslik, Lutf Alibek samarqandlik deydi va bu baxslar keyingi asrlarda xam davom etdi xamda shoir goh Buxorodan, go Marvdan, goh Xirotdan deyiladi.Beruniy boshqalarga nisbatan Daqiqiy zamoniga yaqin yashagan va shoirning asli balxlik ekaniga zarracha shubha qilmasa bo’lad. Avfiyning”Lubobul albob” tazkirasi Daqiqiy davridan 250yil keyin yaratilganiga xam e’tiborni jalb etmoq lozim.
Beruniy shoirni Abu Ali Muhammad ibnAxmad Balxiy tarzida, Avfiy esa Abu Mansur Muhammad ibn Axmad shaklida tilga olib o’tadi.Xar ikki xolatda xam Muhammad ibn Axmad, ya’ni ismi sharif bir xil, faqat kuya (Abu Ali va Abu Mansur) lar va taxallus (Balxiy va Daqiqiy)lar turlicha. Beruniy tilga olgan shoir Daqiqiy ekani V.V.Bartold (1869-1930), N.Osmonov, I.V. Braginskiy, B.F.Livshits, E.V.Rtveladzelar tarafidan tasdiqlangan. Zero, “Shoxnoma”ni ilk bor nazm injusiga aylantirgan shoir Daqiqiyligi xammaga ma’lum, demak Beruniy eslatgan shor.Daqiqiydan bo’lak xech kim emas.
Endi Daqiqiyning Abu Ali va Abu Mansur kunyalariga kelsak, shoir taxminan 950 yillar Chag’oniyonga keladi va AbuAli Chag’oniyga mulozimlik qila boshlaydi. Abu Ali (955 yil) vafotidan so’ng xam Daqiqiy Chag’oniyonda edi va Abu Alining o’g’li Abu Mansur Masr (952-976 yillar) qoshida xizmatni davom ettiradi. Agar Daqiqiyning 970 yilgacha Chag’oniyonda istiqomat qilganligi taxmin etilsa, u xolda shoir qariyb yigirma yil Chag’oniylar xizmatida bo’lgan.Ana sshu uzoq yillik qadrdonlik evaziga Daqiqiy o’z xomiylari Abu Ali Axmad Chag’oniy va Abu Mansur Nasr Chag’oniy (ota-bola)larning kunyasini o’ziga kunya tariqasida qabul (kunya-taxallus va laqabdan farq) qiladi. Qadimiy manbalarda Daqiqiyni Abu Ali Ali Abu Mansur Muhammad ibn Axmad tarzida atalganini faraz qilsak, birinchi kunya asta-sekin tushib qola boshlagan va shoirni Abu Mansur Muhammad ibn Axmad dab atash odatga aylanadi.
Avfiy negadir Abu Said Muzaffar Chag’oniy (910-930 yillar va Abu Bakr Muhammad Chag’oniy (930-939 yillar)ni bir kishi deb o’ylaydi xamda Daqiqiy qasidalari Chag’oniyon amiri Abu Said Muhammad Muzaffarga bag’ishlangan deydi.Baholanki, Abu Saidning ismi Muzaffar, Abu Bakrning ismi Muhammaddir.Daqiqiy qasidalari bo’lsa Abu Ali va Abu Mansurga bag’ishlangan, to’g’ri, qasidalarga goho Abu Said va Abu Bakr ismlari uchraydi. Daqiqiy qasidalarida Abu Ali va Abu Mansurni madx etar ekan, kezi-kezida ularning buyuk ajdodlari Abu Said va Abu Bakrlarga xam ishoralar qilib o’tadi. Bu esa qasidanavislik qoidasiga binoan o’ziga xos lirik chekinish bo’lib, tabiiyki, bu hol Abu Ali va Abu Mansurlarga xush yoqar edi.Boisi Abu Aliga Abu Bakr ota bo’lsa, Abu Said bobo edi, Abu Mansur
esa Abu Bakrga nevara va Abu Saidga chevara edi. Aytilganidek, Daqiqiy qasidalarida Abu Said Muzaffar tez-tez tilga olinadi:
Qadom ast on ki go’y ro’yi gety
Biyafruzad ba Sa’di Muzaffar? (13-C.280).
Mazmuni:
Kim bo’lsang xam ayt dunyo yuzi,
Bu Sa’di Muzaffarga ochilsin.
Dirafshi mir Abu Sa’d ast go’y,
Furuzon az sarash bar toj gavxar (13-C.281).
Mazmuni:
Mir Abu Sa’dning bayrog’i xilpirab,
Boshiga gavxardan toj zeb bersin.
Abu Sa’d, on ki az gety bar o’ barbasta shud dilxo,
Muzaffar, on ki shamsherash biburd az dushmanon
Parvo (13-C.281).
Mazmuni:
Abu Sa’d, dunyoda dillar unga tutashdir,
Muzaffar qilichi dushmanlarga bermas omon.
Daqiqiyning bir she’rini Abul Fatx al Bo’stiy degan shoir forsiydan arab tiliga tarjima qilgan, mana o’sha she’rningforscha matni:
Man in jo der mondam, xor gashtam,
Aziz az mondani doim shavad xor.
Chu ob andar shamar bisyor monad,
U funat girad az oromi bisyor (26-C.88).
Endi shu she’rning arabcha mazmuni bilan tanishaylik:
Men uzoq turgandan la’natlandim,
Bir joyda uzoq qolish xurmatli.
Odamni xam la’natga botiradi.
Axir bir joyda suv, ko’lmak
Ko’p tursa suvning rangi,
Xidi va ta’mi o’zgaradi.
Daqiqiy uzoq yillar Chag’oniyondek go’zal voha bag’rida yashadi, shu zaminda ijodi kamol topdi, dovrug’i elga yoyildi, muxlislari ko’paydi. Shoir turli shaharlarni kezdi,
qadimiy ajdodlar tarixini o’rgandi, u Tus, Xirot,Samarqand kabi ko’hna shaxarlarda bo’ladi, tasavvurini boyitadi, katta taassurotlar oladi. Nihoyat Buxoroga bordi, bu taxminan 970 yilga mos tushadi, o’lkada bu paytda Somoniy Mansur ibn Nuh (962-976 yillar) xukmron edi.Ana shu tariqa Daqiqiy o’z taqdirini, endilikda mamlakat poytaxti Buxoro bilan bog’ladi va bu yerdagi fozilu-fuzalolar, olimu donishmandlar, shoiru adiblar ila tanishdi, saroy ahli orasida obro’-e’tibor qozondi.Daqiqiyning shoirlikdagi iste’dodi, qadimiy tarixni yaxshi bilishi tez orada uning adabiy doiradagi nufuzini oshirgandan oshirdi.
Mansur ibn Nuh vafoti (976 yil) dan so’ng taxt tepasiga uning o’g’li Nuh ibn Mansur (976-977) keladi. Nuh ibn Mansur shoir Daqiqiyni ilgaridan yaxshi bilar edi, shuning uchun xech ikkilanmay shoirga nasriy “Shoxnoma”ni she’rga solishdek ma’suliyatli vazifani bajarishga farmoni oliy beradi. Bu Daqiqiy iste’dodiga, uning bilim va saviyasiga yuksak ishonch bo’lishi barobarida, shoir g’animlarining alamiga sababchi xam bo’ldi. Daqiqiy bir she’rxonlik bazmi kechasi o’z uyida nokas quli tomonidan pichoqlab o’ldiriladi, bu paytga kelib shoir “Shoxnoma”ning ming uch baytini yozgan edi. Shu ming uch bayt “Shoxnoma” turkumiga kiruvchi “Gushtospnoma”ning nazmi bo’lib, uni Firdavsiy (934-1020) mutlaq o’zgarishsiz o’z “Shoxnoma”si tarkibiga ilova etadi. Oqibatda Daqiqiy qalamiga mansub bir ming uch baytli “Gushtospnoma” bizning davrimizgacha bezavol yetib kelgan.Daqiqiy mabodo tugallanmay qolgan “Gushtospnoma”ni 976 yili yoza boshlagan bo’lsa, unga shu ming uch baytni yozish uchun ko’p fursat shart emas edi. Demak shoir vafoti 977 yilga to’g’ri keladi, buni Firdavsiy “Shoxnoma”sining 980 yilda yozila boshlagani va “Shoxnoma”ning debocha qismida Daqiqiy marhum sifatida eslatilishi xam to’kis isbotlaydi.Shu munosabat bilan Daqiqiy tavallud sanasi xam ancha ravshanlashib qoladi, basharti u yigirma yoshlar (ya’ni 950 yil)da Chag’oniyonga tashrif buyurgan bo’lsak, demak shoir 930 yilda dunyoga kelgan deyish mumkin.
Daqiqiy she’riyati o’zining oshiqona mazmuni, xikmatona talqini va ma’naviy mohiyati bilan kishilar qalbini xanuz zabt etib keladi. Shoir she’rlarida payg’ambar Zardusht nomi ko’p uchraydi, umuman, otashparastlik aqidalari mavzuiga murojaat etishlar, shoirni Zardushtiy mazhabiga e’tiqod qiluvchi yoki otashparast deyishga asos bo;lmaydi. Ammo Daqiqiy komil bir musulmon sifatida o’tmishni anglashga intilgan shoirdir, xolos. Daqiqiy she’riyatida faylasufona g’oyalar, xikmatga aylanib ketgan ta’birlar juda ko’p:
Go’yand sabr kun, ki turo sabr bardihad,
Ore, dihat va lek bo’i xuni jigar dihat.
Man umri xeshro ba saburi guzashtam,
Umri digar biboyad, to sabr bar dihad (13-C.289).
Mazmuni:
Derlar sabr qil, sabrdan murod xosil,
Bu rost, lek u jigarni ayalr sil.
O’tdi sabrda umrim, boshqa umr ber-
Shoyad o’shanda sabr bersa xosil...
Daqiqiyning “Gushtospnoma”dostoni Balxda Luxrosp shohning o’g’li Gushtospga taxtni topshirishi voqealari bilan boshlanadi. Doston debochasida, shuningdek, Gushtospning Rum qaysari qizi Nohidga uylanishi, undan Isfandiyor va Bashutan ismli o’g’illarning tug’ilishi gapiriladi. Shundan so’ng Balxga Zardushtning kelishi va uning dinini shox Gushtosp qabul qilishi xikoya etiladi. Shu tariqa shox Gushtosp va shox Arjosp o’rtasida mazhab borasida nifoqning paydo bolishi, ikki o’rtada ro’y bergan jang oqibatida begunoh kishilarning xalokati tasvirlanadi.Eron va Turon jangining oxiri ko’rinmaydi, jang maydoni majruh va o’liklar bilan limmo-lim, atrof rutubatli, chang-to’zon, gard-gurd borliqni o’ragan, dashti-cho’l batamom lola rangli qonga bezangan:
Zaminxo pur az kushtavu xasta bud,
Raxi bodro gard barbasta bud.
Daru dashtxo shud xam lolagun,
Ba dashtu biyobon xam rafta xun. (45-C.124)
Daqiqiy “Gushtospnoma”si 24 bobdan iborat va uning tugallanmay qolganini aytdik, shoirning bexos o’limi bu xayrli ishni to’xtatib qo’ygan edi. Firdavsiy salfi Daqiqiy “Gushtospnoma”siga to’qqiz bob qo’shib dostonni oxiriga yetkazadi va uni yuqorida eslatganimizdek, o’z “Shoxnoma”si tarkibiga ilova qiladi. Daqiqiy badiiy ijodning turli shakllarida ijod etdi, uning ijod bisotiga taalluqli qasidalardan parchalar, oshiqona g’azallardan namunalar, qit’alaridan ayrim baytlar, she’rlaridan ba’zi parokanda misralar, tugallanmay qolgan “Gushtospnoma” va boshqalar bizgacha yetib kelgan. Masalan, “Torixi Ma’sudiy” (goho asar muallif nomi bilan “Torixi Bayxaqiy” shaklida xam ataladi) asarining muallifi Abulfayz Bayxaqiy (996-1077 yillar) ko’p o’rinlarda o’z fikr-o’ylari yakuni sifatida Daqiqiy she’riyatidan misollar keltiradi. Bu xodisa birinchidan, XI asrning 2-yarmida xam xali Daqiqiy ssshe’riyatining kuchi, quvvati mavjud ekani va she’riyatining shuxrati so’nmaganligini tasdiqlaydi. Ikkinchidan, ba’zi masalalarda aniqlik kiritishda xam bu xodisalar qo’l kelishi mumkin, boisi Daqiqiydan keltirilgan bir parchada g’alati narsaga duch kelamiz:
Daryog’o mir bu Nasro daryog’o!
Ki bas shody nadidy az javony
Valekin rodmardoni jahondor,
Chunin boshand ko’taxzindagony (14-C.288, 289).
Mazmuni:
Vodarig’, Mir bu Nasr darig’-afsus,
U yoshligidan ko’rmadi shodlik.
Jahon egasi, raxmdil, shuxratli-
Kishilar umri shu xilda o’tadi.
Ana shu misralar Bayxaqiy qayd etganidek, Farruxzoda ismli shaxzoda o’limiga daxli yo’q, balki Daqiqiyning bu she’ri, ya’ni marsiyasi, aniqrog’i, Abu Nasr degan shaxzodaga bag’ishlangan. Daqiqiy tilga olgan Bu Nasr aslida Abdumalik (954-961)ning o’limidan so’ng uning o’rniga Alp Tegin (vafoti 963 yil)ning qat’iy talabi tufayli taxtga o’tkaziladi. Xulosa, Bu Nasr amir Abdumalikning o’gli, u taxtga chiqqanida xali juda yosh edi, shundan Bu Nasrning taxtga chiqiqshiga qator lashkarboshilar qarshi edi. Oqibatda Bu Nasr atigi bir kun shohlik qiladi, u g’animlar tomonidan o’sha kechasi o’ldiriladi, taxtga bo;lsa, Abdumalikning ukasi Mansur ibn Nuh Somoniy o’tiradi. Endi manzara aniq, Daqiqiyning bu she’ri marsiya xam emas, qasida xam emas ekan, balki xajviy she’r bo’lib, unda kesatiq, piching ancha ustun turadi. Yuqorida zikr etilgan to’rtlikka o’z vaqtida V.V.Bartold (17-C.406) va Z.Safolar munosabat izxor etishgan edilar, chunonchi V.V.Bartold ayni Bu Nasrni Abdumalikning o’g’li desa, Z.Safo nechundir uni Abu Alining o’g’li Abu Mansur Nasr (xukmronligi 952-976 yillar) bilan adashtiradi (“....Va in mir Bu Nasr, amir Abu Nasr binni Abu Ali Axmad Chag’oniy ast”. Torixe adabiyot dar Iyron. Jildi avval. Chopi panjum.- Texron:Inteshorote Amiri Kabir, 1355.-C.412).
Daqiqiyni mashxur shoir dedik, darhaqiqat, uning fors-tojik mumtoz adabiyotida o’z maqomi va o’z mavqei bor, shundan YUNESKOning maxsus qarori bilan 1978 yili shoirning 1000 yillik to’yi tantanalri jahon jamoatchiligi tarafidan qizg’in nishonlandi. Eronda shoir ijodiyoti tadqiqoti va tahliliga bag’ishlangan muhim ilmiy-nazariy anjuman o’tkazildi xamda “Kitobi yodnomayi Daqiqiyi Tusy” nomli ulkan ilmiy to’plam chop etildi.Bu xodisalar, xaqiqatan, shoir Daqiqiyga qilingan yuksak e’zoz, extirom, e’tiqod va e’tirof namoyishidir. Lekin shoir Daqiqiy asli Balx shaxridan ekanligi allaqachon isbotini topgan xolda nechundir Eron olimlari uni qat’iy turib Tus shaxridan deb e’lon qilishlari bir qadar fanga zid xodisadir.
DAQIQIYNING TAVALLUD VA VAFOTI
SANALARI XAQIDA
Daqiqiyning tug’ilgan yili bo’yicha ziddiyatli qarashlar mavjud, olimlar aksar vaqt shoshilinch xulosadan nariga o’tmaydi. Jumladan, B.F.Livshis shoir tavalludini 939-940, K.Yuar va A.Masse 930-940, E.V.Rtveladze 929-932 (38-C.177), X.Mirzozoda 937 (31-C.23),M.Ibragimov 929-930 (31-C.235), A.Abdullayev 956 (8-C.77) yillarni ko’rsatadi. Sharqshunoslardan V.V.Bartold (17), Y.E.Bertels (18-C.15-16), A.M.Mirzoyev (30-C.56), N.O.Osmonov (17-C.404-406) va boshqalar shoir tug’ilgan sanasini nechundir chetlab o’tishadi. Shuningdek, N.Ritter va E.Braun (38-C.177)lar aytarlik bir xil nuqtai-nazarni ilgari suradi, biri Daqiqiyni Abu Bakrga atab qasida bitgan deydi. Olimlardan M.Qazviniy (38-C.177), Z.Safo (Torix ...-C.411), Y.E.Bertels (38-C.177), Shibli Numoniy (48-C.37)lar Daqiqiyni amir Abul Muzaffar Chag’oniy saroyida yashaganini aytadi, bu noto’g’ri talqin o’z vaqtida akademik E.V.Rtveladze (38-C.178) tomonidan inkor etilgan edi.Abul Muzaffar ismi bilan o’xshashligi bois shu xildagi chalkash faraz vujudga kelgan edi. Aslida Abul Muzaffar shoirlardan Farruxiy (980-1037) va Labibiyga xomiylik qilgan, yana Munjik va Bade’iy xam uning mulozimlari edi, yuqoridagi shoirlarning Abul Muzaffar madxida qasidalari bor. Shu singari Xusayn Ozod (28-C.231), X.Mirzozoda (32-C.47), Sh.Nu’moniy (“Abul Muzaffar Chag’oniy on vaqt oz tarafi Sulton Maxmud xokimi Balx bud”.48-C.57)lar xato ravishda Abul Muzaffarni Balx amiri deb ko’rsatishadi, bu chalkash manba aniqlangan emas, zero o’sha paytlar Balx Chag’oniyonga tobe edi. Abul Muzaffargacha Chag’oniyonni Toxir Chag’oniy (vaf.922 yil) boshqargan, Toxir iste’dodli shoir xam edi, ayni paytda badiiy tarjima bilan shug’ullangan asosan, arabchadan forsiyga tarjimalar qilgan. Toxir saroyida shoirlardan Munjik va Bade’iy yashagan, ularning Toxirga atab qasidalar yozganini bilamiz. Munjik amir Abul Muzaffarga bag’ishlangan qasidasida Toxirni marhum sifatida xotirlaydi, demak faoliyatini Toxir davrida boshlagan Munjik va Bade’iylar Toxir o’limidan keyin Abul Muzaffar saroyida qolgan. Abul Muzaffar xukmronligining keyingi yillari Chag’oniyonga Farruxiy va Labibiylar tashrif buyurishadi.Farruxiy va Labibiylar o’z ijodining keyingi davrini Maxmud G’aznaviy (xukmronligi 988-1030 yillar) saroyi (G’azna)da davom ettirishadi. Shibli Nu’moniy manbaga ishora etmasdan, Munjikni xam Maxmud saroyi G’aznada bo’lganini ta’kidlaydi, ammo bu farazni xali isbotlash kerak (48-C.75). X.Mirzozoda xatto Abul Muzaffarni Toxir bilan adashtiradi, ularni bir odam deb o’ylaydi, boshqa bir olim A.Abdullayev bo’lsa Daqiqiy va Munjiklar do’st bo’lgan deydi (8-C.79) vaxolanki, ular Chag’oniyonda turli davrlarda yashagan va o’zaro uchrashmagan xam. Bilamizki, Munjik Chag’oniyonga Toxir zamonida kelgan (989-992 yillar), bu vaqtda Daqiqiy allaqachon vafot etib ketgan edi.
Daqiqiy vafoti yili bo’yicha ushbu sanalar ko’rsatiladi: 962 (28-C.231), 967-969 (26-C.139-140), 976 (18-C.15-16), 977 (5-C.7), 977-988 (23-C.487), 977 (31-C.23), 978 (53-C.69), 979-989 (38-C.177), 980 (8-C.77-80), 997 (24-C.98-99). V.A.Livshits (38-C 177) ning fikricha shoir 40-45 yoshlar chamasi o;ldirilgan, E.V.Rtveladze (38-C.178) shoirni 50 yoshlarda pichoqlab o’ldirishgan desa, M.Muhsin (34-C.178) shoirni vafoti davrini 30 yoshdan izlaydi.Ko’rinadiki, Daqiqiyning tug’ilgan va o’ldirilgan yillari xaqida olimlarning fikrlari turlicha va ziddiyatli.Daqiqiy o’limi yilini Firdavsiy (934-1020 yillar) ko’magida aniqlash mumkin, sababi,”Shoxnoma” 980 yilda yozila boshlagan va debocha Daqiqiaiy marhum deb eslanadi. Daqiqiy Somoniy xukmdor Nuh ibn Mansur (xukmronligi 976-977 yillar) topshirig’iga ko’ra “Shoxnoma” turkumidan “Gushtospnoma”ni nazmga sola boshlaydi. Ammo “Gushtospnoma”ning bir ming uch bayti tugallangach, shoir bir bazm kechasi o’z quli tomonidan pichoqlab o’ldiriladi. Firdavsiy “Shoxnoma”si yozila boshlagan va Nuh ibn Mansur xukmronligining ilk kezlari 977-980 yillarga to’g’ri keladi. Daqiqiy amir Nuhning otasi Mansur ibn Nuh (962-976 yillar) zamonidan buyon Buxoroda edi, demak Nuh aslida Daqiqiy iste’dodini oldindan sezgan va taxtga chiqqan 976-yildayoq xech ikkilanmay “Shoxnoma” nazmini shoirga buyuradi. Endi baralla aytish mumkinki, Daqiqiy 977-978 yillar o’ldirilgan ekan, endigi masala shoirning tug’ilgan yilini aniqlash qoladi, zero bu xam oson ishlardan emasligi ayon. E.V.Rtveladze (38-C.178)ning yozishicha, V.V.Bartold (17-C.405) tadqiqotlarda aytilganki, Daqiqiy o’z xukmroni kunyasini olgan ekan. Abu Rayxon Beruniy (20-C.124) shoirni Abu Ali deb eslatadi, xuddi shunday kunyaga Chag’oniyon amiri Abu Ali Axmad ibn Abu Bakr Muhammad ibn Abu Said Muzaffar ibn Muhtoj Chag’oniy (qisqacha Abu Ali Chag’oniy) xam ega edi.Daqiqiy Abu Ali Muhammad ibn Axmad Balxiy atamasini izohlasak, Abu Ali kunya, Muhammad ismi, Axmad otasi, Balxiy-Balxdan demak, Daqiqiy adabiy taxallusidir. Ammo keyingi asr manbalarida shoir ko’proq Abu Mansur Muhammad ibn Axmad Daqiqiy tarzida tilga olinadi. Ayon bo’ladiki, Daqiqiy bir to’la o’ziga Abu Alining o’g’li Abu Mansur kunyasini xam olgan ekan, bilamizki, Abu Ali (939-953 yillar)dan so’ng Chag’oniyonni Abu Mansur (xukmronligi 952-976 yillar) boshqargan.Daqiqiyning, umuman, Chag’oniyonga kelishi Abu Ali xukmronligining so’nggi yillari, ya’ni 950- yilga mos tushadi. Ana shu tariqa shoirning tavallud yili aniq bo’ladi, basharti Daqiqiy o’sha paytlar yigirma yashar yigit bo’lsa, unda shoir 929-930 yillarda tug’olgan bo’lib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |