Chag’oniyon amirlari



Download 54,73 Kb.
bet3/6
Sana26.02.2022
Hajmi54,73 Kb.
#471687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chag\'aniyon amirlari

ASH SHAYX ABU ALI XUSAYN
IBN AXMAD AS SLLOMIY AL BAYXAQIY
Ash Shayx Abu Ali Xusayn ibn Axmad as Sallomiy al Bayxaqiy Chag’oniyon amirlari saroyida mulozimlik qilgan shoirlardan biri, u yirik olim xamdir. As Sallomiy dastlab faoliyatini Abu Bakr Muhammad Chag’oniy (930-939 yillar) ga xizmat qilishdan boshlaydi, so’ngroq xizmatni Abu Ali Axmad Chag’oniy (939-955 yillar) qoshida davom ettiradi, u taxminan X asr boshlari va oxirlarida yashab ijod etgan, umuman, X asr allomasi, xam shoir, xam olim Sallomiy xaqida manbalarda bitilgan mavjud xabar va ma’lumotlar ancha uzuq-yuluq va ziddiyatli jihatlarga ega.As Saolibiy (961-1038 yillar) ning axboroticha (4-B24). As Sallomiy Nishopurdan bir oz narida joylashgan Bayxaq viloyatidan ekan. As Sallomiy mashxur olim va iste’dodli shoirgina bo’lib qolmay, balki davrining yetuk kotibi edi, o’tmishda kotiblik san’ati keng rivoj topgan bo’lib, kotiblik juda ulkn qadrlanar edi. Ayni zamonda kotib va xattot davrining so’z san’atkori xam xisoblanar edi, chunki shoxlarninh shoxlarga maktublarini ular amalga oshirar edi. Bu o’ta mas’uliyatli ish bo’lib, maktubda extiyotsizlik bilan ishlatilgan xar qanday so’z yomon oqibatlarga olib kelishi muqarrar bo’lganidek, xar qanday yaxshi so’z, yaxshi ibora, yaxshi ifoda tomonlarning munosabatlaridagi g’uborlarni tarqatishga yordam berar edi.
As Sallomiy Chag’oniyon amirlari Abu Bakr (930-939) va Abu Ali (939-952) saroyida maktublar devonini boshqargan xamda uning tarixdan yaxshigina xabardorligini sezgan Abu Ali unga Xuroson tarixini raqam qilishni topshiradi. Bu asar “Kitob at tarix fi axbor vulat Xuroson” (“Xuroson xukmronlari xaqida tarix kitobi”) deb atalib, 955 yilda yozib tugallagan ekan, taassufki, asar bizning zamongacha yetib kelmagan. Ammo as Sallomiyning zikr etilgan asari keyingi asr tarixchilarining ko’plari uchun muhim manba sifatida xizmat qilgan. Chunonchi, bu asardan al Beruniy (973-1048) “Al osor al boqiya” (“Yodgorliklar”, 1000 yil) da, as Saolibiy (961-1038) “Yatimat ud daxr” (“Zamon yagonalari”, 1017) da,Abu Said Gardiziy “Zaynul axbor”- (“Xaabarlar ziynati”, 1050 yil)da , Abulxasan Ali ibn Asir (1160-1234) “Al komil fit torix” (“Mukammal tarix”) da, Nizomiy Aruziy Samarqandiy “Chaxor maqola” (1156 yil) da shuningdek, Muhammad Avfiy (1170-1233) “Javome ul xikoyat”da, Abu Umar Minxojiddin Usmon binni Sirojiddin aal Juzjoniy (1193-1299) “Taboqati Nosiriy” (1260 yil) da, Alouddin Atomalik ibni Bahouddin Muhammad Juvayniy (1225-1283) “Torixi jahonkusho”da va Axmad ibn Xallikon (XI-XII asralar) kabilar xam o’z asaralarida unumli foydalanganlar.Bular esa as Sallomiy asari qimmatining nechog’lik darajada beqiyos ekanini to’liq isbotlar turibdi. Qolaversa, bu asar mavjud bo’lganda, biz 900-955 yillargacha bo’lgan Chag’oniyon amirligi tarixini yanada yaxshi bilgan bo’lar edik. Bundan zinxor o’ksinmaslik kerak, sababi o’tmish tarixnavisligida ilgarigi asarlardan istifoda etganda to’liq boblar o’zgarishsiz ko’chirildi.
As Sallomiy asari Gardiziy va Ibn al Asir asarlari uchun asosiy manba xizmatini o’tagan, demak keyingi mualliflarning asaralari vositasida as Sallomiy asari mundarijasini bilib olish mumkin bo’lar ekan. Masalan, Gardiziy va Ibn al Asirlar Abu Ali Chag’oniy voqea(954-955 yil)larini bir xil xikoya qilishadi, Abu Ali 955 yilda Xurosonda vafot etadi, uning jasadi Chag’oniyonga olib kelinadi. Yuqoridagi tafsilotlar bayoni V.V.Bartold faraziga ko’ra Sallomiy asarining oxirgi varaqlari bo’lsa ajab emas, boisi Abu Ali voqealari Gardiziy va Asir asarlarida xam xuddi shu nuqtada to’xtab qoladi.Sallomiy manbalari xozircha aniqlangani yo’q, taxminlarga qaraganda, u ustozi Ibrohim al Bayxaqiy (IX asr oxiri va X asr yarmi, “al Maxosin” asari) dan foydalangan ekan. Bu ustoz va shogirtlar xaqida Abul Xasan Bayxaqiyning “Torixi Bayxaqiy” kitobida quyidagilar yozilgan: “Ash shayx Abu Ali al Xusayn binni Axmad binni Muhammad as Sallomiy al Bayxaqiyning “Torixi vulot Xuroson”, “Kitob un natf va az zarf”, “Kitob al musbox”, “Kitob us sor” asarlari bor. U Ibroxim binni Muhammad al Bayxaqiyning shogirdi va uning she’rlari “Yatimat ud daxr”da keltirilgandir va Abu Bakr Xorazmiy (vaf.993 yil) uning shogirdlaridandir” (17-C.340).Tarixchi olim N.Ne’matov (35-C.199)ning ma’lumotlariga qaraganda, as Sallomiy asarining davomini Abulxasan Muhammad ibni Sulaymon ibni Muhammad yozgan. Yuqorida as Sallomiy asari tugallangan sana 955 yil deyildi, bu sana muallifning vafot yili bo’lishi mumkin, chunki asar Abulxasan Muhammad ibni Sulaymon tomonidan davom ettiriladi. Bu shuni anglatadiki, aslida as Sallomiy asari tugallanmay qolgan, shuning uchun asar Abulxasan Muhammad ibni Sulaymon tomonidan davom ettilriladi va oxiriga yetkaziladi.
As Sallomiy yana qator ajoyib asarlarning muallifidir, “Kitob an natf va az zarf” (“Xikmatli so’zlardan namunalar”), “Kitob al misbox” (“Chiroq xaqida kitob”) va “Kitob us sor” (“Tasdiq xaqida kitob”) shular jumlasidandir, ming afsuski, bu asralar xam bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.As Sallomiy shoir dedik, uning she’riyati bisotidan “Yatimat ud daxr”da atigi ikki bayt she’r misol tariqasida keltiriladi, uning mazmuni quyidagicha:
Yozgan narsangni kishilar yaxshi
Desin desang, uni qayta-qayta
Tuzat, bundan zinxor erinma,
Ana shunda kishilar senga
Va sening so’zlaringni tinglaydi,
Bu senga badnomlikdan saqlaydi. (4-B.25)

Bu aytilganalar as Sallomiyning o’ziga va boshqa kasbdoshlariga nisbatan talabchan ekanini aniq ko’rsatib turibdi. As Sallomiydek davrining yetuk tarixchisi, mashxur xushnavis, iqtidorli shoiri Chag’oniyon amirlari saroyida tarbiya topganligi muhim jihatlarga ega.


Abulqosim Ali ibn Muhammad al Iskofiy. Yetuk xattot, yirik xushnavis va tengi yo’q so’z ustasi al Iskofiy aslida Nishopur shaxridan, o’z ijodiy faoliyatini Abu Ali Chag’oniy xizmatida boshlaydi. Al Iskofiy shoir va davrining fozil kishisi edi.. uning xaqida tarix kitoblari saxifasida ko’plab latifanoma voqealar xikoya qilinadi. Adibning Iskofiy taxallusi turlicha talqin etiladi: Al Iskof (Iroq) shaxri yoki yana iskof arabchada etikdo’z va kosib mazmuniga ega. Al Iskofiy chiroyli yozish san’atini egallagani sababli Abu Ali Chag’oniyning maktublar devonida raxbarlik qiladi.O’zaro munosabatlardagi ma’lum beqarorliklar tufayli Chag;oniyon amiri Abu Ali Chag’oniy va Buxoro amiri Nux ibn Nasr Somoniy qo’shinlari 947 yili Jurjon(asli Gurgon) da to’qnashdilar.Abu Ali Chag’oniy tarafidagi ayrinm lashkarboshilarning sotqinligi sababli Chaganiyon qo’shinlari yengiladi va Abu Ali qolgan-qutgan sipohlari bilan Chag’oniyonga chekinadi. Abu Alining ko’p odamlari asirga olinadi, asirga olinganlar orasida al Iskofiy xam bor edi. Xullas, o’shandan e’tiboran buyuk xattot Iskofiy faoliyati Nuh ibn Nasr (943-954 yillar) va Abdumalik (954-961 yillar) saroylari bilan bog’lanadi va u Buxoro yashay boshlaydi. Buyuk xushnavis, iste’dodli shoir va bemonand so’z san’atkori al Iskofiy 955-956 yillarda olamdan ko’z yumgan edi.
Ali Iskofiy xaqida “Yatimat ud daxr”da ushbular bitilgan: “u Xurosonning tili, g’ururi,ko’zi va yagona kishisi edi. U kotiblik va ilmi balog’at (so’z ilmi) da Xurosonda birdan-bir kish bo’lib, ilm va san’atda tengi yo’q edi”(4-B.25). Muhimi al Iskofiy o’z qobiliyatini, aynan Chag’oniyoda kamolga yetkazadi va dovrug’i chor atrofga yoyiladi. Masalan, al Iskofiyning xat bitishidagi san’atkorligi shuxrati tezda amir Nuh ibn Nasr (943-954 yillar) ga xam borib yetadi va amir uni Buxoroga chorlaydi. Al Iskofiy bu davlatga u qadar ro’yxushlik bermaydi, ma’lum muddat amirdan yashirinib yuradi, ammo Abu Ali bilan aloqani uzmaydi. Yuqorida eslatilgan 947 yilgi Jurjon jangida asir tushgach, noiloj amir taklifiga rozilik berishga majbur bo’ladi.
Nuh ibn Nasr saroyida al Iskofiy devon boshlig’i lavozzimida faoliyat ko’rsata boshlaydi va ununing qalami kuchi kishilarni xyratga solar edi. Bir kuni al Iskofiy Nuh ibn Nasr viloyat voliylaridan biriga noma bitishni topshirib, o’zi esa ovga ketadi, kelib xatni surishtiradi. Qizig’i, xat yozilmagan edi, boisi al Iskofiyning uyiga do’st-yoronlari tashrif buyurib, suxbat avjiga chiqib, qadaxlar aylanib, xat bitish yoddan ko’tariladi. Al Iskofiyni shu asnoda saroyga olib kelishadi, u amirga bitik xatning qoralamasi gumon qilib, xatni oqqa ko’chirib jo’natishga farmon beradi.Al Iskofiy bitgan maktublarda ishlatilgan so’zlar xikmatlarga ayalnib, el orasida tarqalgan ekan, mana ulardan namunalar: “Zamon beqaror, u doimo o’zgaruvchan, undagi ishlar xam ayalnib turadi”, “Yaxshi axloqni xarakat voyaga yetkaza, mevani esa daraxt yetishtiradi”, “Minnatdorchilik rohatni ko’paytiradi, vafodorlik yaxshi mukofot garovidir”, “Yoshlik g’ururi shavq uyg’otmasin va soxta ishonchlar seni rag’batlantirmasin”, “Kimning yo’ldoshi kibru xavo bo’lsa, u qush singari tuxum qo’yishi va chinqirishi mumkin”, “Kimning oldida sher ojiz bo’lsa, sakraydi va yuqori ko’tariladi”(4-B.27).
Iskofiy shoirlikda xam o’z iqtidorini namoyon etgan edi va bu boradi.Buxoroning she’riyat muxlislari diqqatini tortgan edi. “Yatimat ud daxr”da Iskofiydan 21 bayt she’r berilgan, oz miqdordagi bu she’rlar uning she’riyati taxlilu uchun yetarli emas.Lekin ana shu ozgina parchalar xam Iskofiyning sheriyadagi iste’dodini anglashda va tasavvur qilishda ma’lum turtki bo’la olishi mumkin. Iskofiy arab tilida she’rlar yozgan, shunday she’rlardan quyida birining mazmunini keltiramiz.
Besh kunlik dunyoda,
Do’stga xat bitdim bog’da.
Kel yonimga, qil marxamat
Sen ila xush o’tar vaqt
Sen dunyoda eng yaxshi
Boshqalar loydan omonat,
Ular Buxoro loyi kabi.
Ot egariga maxkam yopish,
Bo’lmasa naqddir o’lish (4-B.29)

Yuqoridagi she’riy parchada do’stlik madx etilmoqda, yaxshi do’stlik egarga mahkam yopishgan kishiga, omonat do’stlik esa loyga o’xshatilmoqda.


Iskofiy bir she’rida atir idishi xususida yozadi va benixoya nozik tavsifu ta’riflar topqirligida xam usta ekanini namoyish etadi:
Sirtimda zebolik urar barq,
Ichkarida xushbo’y xid etar g’arq.
Yarim tanam nasibasin tatir,
Yarmim to’kis va tugal atir (4-B.29).

Boshqa bir ruboiysida shoir Abu Ali Axmad L Arid ismli do’stiga bug’doy to’la chiroyli billur idish xadya etadi:


Tuxfa bug’doyli billur mexrim ramzi,
U meni chin sevgi ila to’ydirar.
Ezgulik urug’in sepishchun yasha,
Ekkan doning albat berar xosil (5-B.96).

Iskofiy o’z davrining yetuk so’z san’atkori sifatida bemonand ardoqqa sazovor edi.


Biz yuqorida as Sallomiy zikrida fikrlar ancha uzuq-yuluqligini aytgan edik, bu xolat al Iskofiy tarjimai xoliga xam taaluqli. Masalan, Nizomiy Aruziy Samarqandiy “Chaxor maqola”da al Iskofiyni Nuh ibn Mansur (976-997 yillar) xizmatida bo’lganini aytadi, baxolanki, al Iskofiy 956 yilda, ya’ni Nuh ibn Mansur taxtga chiqishdan yigirma yil burun olamdan o’tgan edi, Nuh ibn Mansur aslida Nuh ibn Nasr (943-954 yillar)ga chevaradir.
Iskofiy vafoti Buxoroda katta motamga aylanadi, qator shoirlar uning o’limi munosabati bilan ko’plab marsiyalar bitishadi. Shunday marsiyalardan biri shoir Abu Nasr al Xuzaymiy al Abivardiy qalamiga mansub, quyida undan parcha keltiramiz:
Risolalar devoniga qara, u yo’q endi,
Devondagi qalam va daftar egasiz qoldi.
Bu xodisa chegara shaxrini tashlab-
Ketgan qo’riqchi yoki davosiz dardga o’xshaydi.
Unga o’z xati va notiqligi qayg’uda yiglasin!
Boisi xatni bezagan o’ldi,
Notiqlik sehrgari dunyodan o’tdi.(4-B.27,28).


Download 54,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish