Chag’oniyon amirlari


CHAG’ONIYON ILM VA NAZM UFQLARI



Download 54,73 Kb.
bet2/6
Sana26.02.2022
Hajmi54,73 Kb.
#471687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chag\'aniyon amirlari

CHAG’ONIYON ILM VA NAZM UFQLARI
ILM-FAN. TARIXNAVISLIK VA XATTOTLIK
Chag’oniyonda IX-X asrlar ilm-fan ancha yukladi, bu etishib chiqqan olimu fozillar yurtimiz ilmi rivojiga xamda fan ravnaqiga cheksiz ulush qo’shganlar Chag’aniyondan etishib chiqqan fan axli dunyoning turli chekkalarida ilmi rivojiga yo’lida xizmat qildilar; shunday alloma olimlardan Abu Bakr as Sag’oniy (IXasr), Axmad as Sag’oniy (X asr), Abu Xamid as Sag’oniy (X aasr), Abu Xamid as Sag’oniy (X asr), Abu Jafar Xozin Sag’oniy (Xasr) va boshqalar ayni Chag’oniy ilmiy muhitida nash’u namo topgan olimlar sirasiga kiradi.
Abu Bakr as Sag’oniy. Bu allomai zamon xaqida ma’lumotlar juda kam, taxallusidan uning Chag’aniyondan ekanini bilamiz, xolos. Manbalarda Abu Bakr as Sag’oniy xususida bildirilgan fikrlar aksar buyuk muxaddis Bu Dovud Sulaymon (817-888) bilan bog’liq bayon etiladi. Chunonchi, Abu Bakr as Sag’oniy buyuk muxaddis Abu Dovud Sulaymonning “Sunan” kitobi xaqida so’z yuritib, ushbularni naql qilgan ekan; “Dovud alayhissalom uchun temir Alloh tomonidan mumday yumshatilgan bo’lsa (afsonaga ko’ra temir Dovud alayhissalom qo’llarida mumday erib ketar ekan), xadis xam Abu Dovud uchun xuddi shu xildagi qulay xolga keltirilgan emish”. Afsuski, bu fikrlar Abu Bakr as Sag’oniyning qaysi asaridan oilnganligi noaniq, ammo shuning o’zi xam allomani IX asrda yashab o’tganini va buyuk olim, ayniqsa, muxaddisshunos ekanini anglashga kifoya qiladi. (22)
Axmad ibn Muhammad as Sag’oniy-asli chag’oniyonlik, shu yerda tavallud topib, ilk bilimini o’z ona yurti Chag’oniyonda oladi. So’ngroq, u o’qishni o’sha davrning ulkan bilim maskanlari xisoblanmish yirik shaharlar Buxoro va Samarqandda davom ettiradi.Axmad as Sag’oniy 998 yildan boshlab o’z ilmiy faoliyatini Abu Saxl Kuxiy raxbarligidagi Bag’dod observatoriyasi bilan bog’ladi. U yirik munajjim va jug’rofiy olim bo’lishi barobarida al Beruniyning aytishicha, Axmad as Sag’oniy o’z ustozi Abu Saxldan keyin buyuk yulduzshunos sifatida e’tirof topgan ekan. Ba’zi manbalar (Tojik ensiklopediyasi)da olimning ismi sharifi Sag’oniy Usturlobiy Axmad ibn Muxammad tarzida beriladi va u yirik munajjim, yetuk riyoziyot ilmi sohibi xamda yulduzlarni tekshiruvchi usturlob ilmi ixtirochilaridan biri sifatida eslatiladi.Sag’oniy Usturlobiy Bag;dod madrasalarida daqiq ilmi (aniq fanlar)dan ma’ruzalar o’qigan, Bag’dodda rasadxona qurilishi ishlarida faol qatnashadi. Yuqorida Abu Saxl Kuxiyni Sag’oniyning ustozi dedik, goho manbalarda aksincha, Abu Sxl negadir Sag’oniyning shigirdi sifatida tilga olinadi, xar xolda bu muamolar xal etilmog’i lozim. Sag’oniyning ulkan ilmiy merosi saqlanib qolmagan, faqat olimning kitoblaridan “Taxtit ul usturlob” (“Usturlob xatolari”), “Kitob fi tasxex at tom” (“Muttasil xarakatlar xaqida kitob”), “Qavonini ilmi xay’at” (“Yer shakli ilmi qonunlari”)kabilarni eslatib o’tish mumkin.
Abu Xamid Usturlobiy as Sag’oniy – yetuk munajjim, ilmi falakiyotda betaqqos olim, psmonni kuzatadigan usturlob asbobining ixtirochisi. Abu Xamid as Sag’oniy 980-990 yillar olamdan o’tgan, demak allomaning tug;ilgan zamoni X asr boshlari bilan belgilanadi. Beruniy o’zining “Al osor al boqiya” asari (21-C.485)da Axmad as Sag’oniy va Abu Xamid as Sag’oniy xaqida iliq fikrlar izxor etadi.
Abu Ja’far Xozin Muhammad ibn Xusayn Sag’oniy Xurosoniy. Davrining yetuk riyozatchi olimi va ilmi nujumda katta yutuqlarga erishgan. Olim umrining so’nggi yillarini Ray shaxri(Eron)da o’tkazadi,, uning asaridan Beruniy xam baxra olgan. U qator kitoblarning muallifi, chunonchi “Kitob ul masoil il adadiya”(Gardishlar ziji kitobi”), “Sharx kitobi “Usuli xandasiy” Iqdilus”(Evklidning “Geometriya usuli” kitobi sharxi”), “Tafsir “Maqolai oshira” Iqdilus (“Evklidning “O’ninchi maqolasi” tafsiri”) shular jumlasidandir.
Sag’oniy (Chag’oniy, 1181-1252). Sag’oniy-lug’atshunos olim, tarjimai xoli aniq emas, ismi sharifi xam noma’lum. Lekin taxallusidan chag’aniyonlik ekani muqarrar bo’lgan bu Sag’oniy fors-tojik lug’atshunosligining asoschilaridan biri xisoblanadi, u arab leksikografiyasi rivojiga munosib xissa qo’shgan olimlardan. Keyingi asr lug’atshunosligidagi yangi yo’nalishlar ko’p jixatlari bilan Sag’oniy ilmiy faoliyati an’analariga borib taqaladi.Sag’oniyning o’n ikki jildlik “Majma’i ul baxrayn” (Dengizlar to’plami”) va yigirma jildlik “Al ubo uz zohir” (“O’zaklarning tashqi ko’rinishi”) nomli lug’at kitoblari mavjud. Sag’oniy asaralaridan Firuzobodiy (XIV asr) o’zining “Al Qomus”lug’atini yaratishini yaratishda istifoda etgan bo’lsa, Yusuf Mag’ribiy va boshqa bir qator olimlarning lug’ashunoslik faoliyati Sag’oniy ilmiy merosi ta’sirining natijasi o’laroq rivoj topgan.
“Xudud al olam” asari xaqida. Akademik E.V.Rtveladze o’zi tuzgan Chag’aniyon amirlari sulolasining tadrijiy silsilasi tarkibida Abul Xoris Muhammad ibn Axmad ibn Farig’unning nomini xam ilova qiladi va uning Chag’aniyonda xukmronligi 987-990 yillar ekanini ko’rsatadi.Asli Guzgon (Juzjon) amiri bo’lgan Abul Xoris Chag’aniyon taxtiga Abul Qosim al Xasan ibn Axmad (976-98 yillar) dan so’ng chiqqaan va 988-989 yillarga to’g’ri keladi. Abul Xoris ilm ahli va nazm sohiblariga ko’p e’tibor bergan, masalan muallifi noma’lum “Kitob xudud al olam milal Mashriq ilal Mag’rib” (“Sharq va G’arb mamlakatlari chegaralari xaqida kitob”) asari uning nomiga atab (983 yili fors tilida) yozilgan.
“Xudud al olam” Yaqin va O’rta Sharq jo’g’rofiya adabiyotining durdona yodgorliklaridan biridir, xususan, O’rta Osiyo va Afg’oniston jo’g’rofiyasini o’rganishda ulkan tarixiy qimmmtga ega beqiyos manbadir. Asarda yer chegaralari, obodligi va vayronalari, tog’lar va konlar, daryolarning to’yinishi, daryolar va ularning o’zanlari, tog’lar va ularning tizmalari, cho’llar, ko’llar xaqida ma’lumotlar jamlangan. Kitob oson va ravon tilda yozilgan, xar bir atamaga oddiy va sodda tushunarli izoh beriladi. Muhimi, kitobda Amudaryo, chag’onrud, Chag’oniyon va Termiz xamda Balx, Taxoriston, Xatlon, Baxsh, Qabodiyon xaqida qiziq, ma’lumotlar mavjud. “Xudud al olam”da Chag’oniyon xususida ushbular bitilgan:”Chag’oniyon-qqqishloq xo’jaligi uchun qulay va keng joy... Iqlimi muloyim, zamini durust, suvlari ovqatni tez xazm qildiradi. Bu yerda otlar boqiladi, yung gazlama, gilam, sholcha ishlanadi. Bu viloyatning poytaxti Chag’oniyon shaxridir, tog’ etagida bino bo’libdir. Oqar suvlari bor” (51-B.44). “Xudud al olam”ni ilmiy jihatdan tadqiq etishda sharqshunos olimlardan A.G.Tumanskiy, V.V.Bartold, V.F.Minorskiylarning xizmati katta bo’ldi. Masalan, V.V.Bartold 1930 yili yirik so’z boshi bilan asarning aslini, V.F.Minorskiy bo;lsa 1937 yili uning ingliz tilidagi tarjimasini izohlar ilova etilgan xolda ishlarini amalga oshirdilar. “Xudud al olam” ning Texron (1935,1962), Qobul (1963), Dushanbe (1983) nashrlari xam mavjud.

Chag’oniyon ilm-fani ravnaqida tarixnavisik va xattotlik san’ati xam alohida o’rin tutadi xamda o’ziga xoslik namoyon etadi.Bu borada zamonasining tarixnavis olimi va ayni zamonda shoir xamda kotib as Sallomiy, shuningdek, mashxur xushnavis va shoir al Iskofiylarning ijodiy faoliyati ulkan axamiyatga molik.




Download 54,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish