488
«Молодой учёный» . № 4 (294) . Январь 2020 г.
Молодой ученый O’zbekiston
Молодой ученый O’zbekiston
Mavlono Lutfiy tamonidan turkiy tilga tarjuma etilgan deydi
[Lutfiy, 1960: 10].
Bu asarning xato bir shaklda Mavlono Lutfiyga nisbat
berilib kelgani haqida ishora qilib o‘tdik. To‘g‘riki turkiy
“Gul va Navro‘z” mavzu va bosh roldagi qahramonlari taqdir
chizig‘i nuqtai nazaridan Jalol Tabibning asari bilan taqriban
bir xel; lekin farqli bo‘limlari ham bor. Masalan turkiy “Gul
va Navo‘z”da “Navro‘z o‘ziga oshiq bo‘lgani” unvonli bir
bo‘lim borki forsiy “Gul va Navro‘z”da uchramaydi. Yana bu
ikki asarni, tarjumaning bugunki tushunchasi bilan, biridan
birining xatma-xat yo baytma-bayt tarjuma deb bo‘lmaydi.
Turkiy “Gul va Navro‘z” dostonida ham xuddi Jalol Tabibning
asaridagidek, Navshodlik shahzoda Navro‘z bilan Farxorlik
shohduxt — Gulning- sarguzashti hikoya qilinadi.
Bu sarguzasht oshiq va ma’shuqning sarguzashti bo‘lishi
bilan birga, turli xel yovuzliklarni yengib, g‘alaba qozongan
qahramonlarni va ulkalarini o‘z aro feodal urushlardan
qutqazib, markazlashgan yirik davlat vujudga keltirgan tadbirli
davlat arboblarining sarguzashti hamdir.
Haydar xorazmiyning turkiy “Gul va Navro‘zi”da Navshod
mamlakatining podishohi Farrux, umrini farzandsizlik bilan
o‘tkazmoqda edi, biroq keksalikda o‘g‘il ko‘radi. Bu o‘g‘il
Navro‘z chog‘ida tug‘ilgani uchun otini “Navro‘z” qo‘yadilar.
Masiho damlik ul murg‘i suxansoz
Aningdek ko‘rguzur bu pardada roz
Ki Navshod elida bor erdi bir shoh
Kelurdin voqif-u ketgandin ogoh
Oti Farrux, o‘zi Farxunda axtar
Aning hukminda ul iqlimu kishvar
Jahonda bir o‘g‘ilg‘a orzumand
Mungi yo‘q hech nimadin g‘ayri farzand
Sevar mahbubi bor erdi haramda
Ki doim ko‘ngli erdi o‘l sanamda
Saodat birla yuklandi vujudi
Yetishgach hamlining hadd-u hududi
Yangi yilning boshida ro‘zi Navro‘z
Sadafdin chiqdi bir durri shabafro‘z
Chu Navro‘z o‘ldi Navro‘z ichra firo‘z
Ota o‘g‘lining otin qo‘ydi Navro‘z… [Lutfiy, 1978:
355–356].
Navro‘z aqlli, bilimdon va hunarmand yigit bo‘lib ulg‘ayadi.
U bir kecha tushida Farxor podishohi Mushkinning “Gul”
nomli qizini ko‘rib, unga g‘oyibona oshiq bo‘ladi. Ko‘p
mashaqqatlar chekib, Farxorga boradi. Gul ham Navro‘zning
sifatlarini Bulbuldan eshitib, ko‘rmasdan ko‘ngil bergan
edi. Navro‘zning o‘zini ko‘rib isa muhabbati avvalgidan
ham ko‘proq ortadi. Biroq Gulning otasi Mushkin uni Xitoy
xoqaniga tortiq qilib yuboradi. Ammo o‘zaro va’dalashgan Gul
bilan Navro‘z yo‘lda qo‘shilib qochadilar:
Chu yettilar yovuq Chin sarhadina
Shahansha keldi Gulning masnadina
Jahon erdi aningdek tera-vu tor
Ki na yulduz, na oy erdi namudor…
Yaroq tuz — deydi, otlansak bu shabgir
Qilib boshtin ayoq to‘nlarni tag‘yir
Qochib Farxor iqlimidin oshsak
Borib Navshod mulkini talashsak
Rizo berdi Guli Mushkin bu so‘zga
Burung‘i ahdini qilmadi o‘zga… [Lutfiy, 1978: 401–402].
Lekin qochish paytida ikovlari Yaldo Zangi qo‘liga tushib,
qaytadan Xoqon saroyiga yuboriladilar. U yerda qamoqda
saqlanadilar. Ammo ikkinchi marta qochishga muvaffaq
bo‘ladilar. G‘urbat va musofirlik yo‘lida azob va mashaqqat
chekib, qandaydir bir daryo qirg‘og‘iga yetib boradilar.
Daryodan kechalab o‘tish paytida dahshatli to‘lqinga duch
kelib, kemilari parchalanadi. Sevishganlar har biri alayhida
taxtalarda suzib, suvga g‘arq bo‘lishdan najot topib, turli
tamonlarga chiqadilar. Natijada bir-birlaridan ajraladilar. Gul,
Adan mulkiga va Navro‘z esa Yaman mulkiga tushadi. İkovi
ham u ulkalarning shohlari huzuriga yo‘l topadilar. Yaman
podishohi Rafi” Adan shohi Badi” o‘rtalarida dushmanlik
va adovat mavjud bo‘lib, shu sababli, Adan podishohi Gulni
sarkarda qilib Yaman mulkiga qalin lashkar tortadi. Yaman
podishohi esa Navro‘zni lashkarboshi qilib mudofaaga chiqadi.
İkki lashkar bir-biri bilan to‘qnashadi. Yakkama-yakka
jangda Gul Yamanlik pahlavon Bahromni yengadi. Jang
maydaniga Navro‘z chiqadi. U g‘olib qahramon Gul bilan
olishishi kerak edi. Biroq jang jiryonida Navro‘z bilan Gul
bir-birlarini tanib qolib, bir-birining quchog‘iga otiladi. İkki
podishoh o‘rtasidagi urush sulh va yarahuvga, musibat esa
shodiyonaga aynaladi. Shu vaqt o‘z bolalarini izlab chiqqan
Farrux bilan Mushkin bularga yo‘liqadi. Ularni ko‘rib
nihoyatda xursand bo‘lishadi. Endi Gul bilan Navro‘zning
qaysi bir ulkada yashash masalasi o‘rtaga tashlanadi. Chunki
to‘rt podishoning hich biri ham ularni o‘zidan uzoqlashtirishga
rozi emas. Bu podishohlar Farrux, Mushkin, Badi” va Rafi”
kengashdan so‘ng o‘z mamlakatlarini birlashtirib, unga
Navro‘zni podishohlikka ko‘tarishga qaror qiladilar. Shunday
qilib, Navro‘z birlashgan to‘rt ulka (Navshod, Farxor, Adan va
Yaman) ning adolatli va ma’rifatparvar podishohi bo‘lib, o‘z
sevgili yori Gul bilan baxt va saodatda umr o‘tkazadi.
Xulosa
İkki asarni shakl va mazmun jihatdan muqoyisalab
qo‘yidagi natijalarga erishish mumkin:
1. Jalal Tabibning “Gul va Navro‘z” asari shu mavzuda
yozilgan birinchi manzum doston bo‘lib, hijriy 8 (melodiy
14) — asrda, aniqrog‘i hijriy qamariy 734 (milodiy 1333)
yilida yozilgan. Noto‘g‘ri shaklda Mavlono Lutfiyga (1365–
1367) nisbat berilib kelgan, biroq aslida Mavlono Haydar
Xorazmiyning (milodiy 14 asr so‘ngi va 15-asr birinchi yarmi)
qalamiga tegishli bo‘lgan turkiy “Gul va Navro‘z” manzum
dostoni esa hijriy qamariy taqvimiga ko‘ra undan 80 yil (milodiy
taqvimga binoan 78 yil) so‘ngra, ya’ni hicriy qamariyda 814
(milodiy 1411) yozilgan.
2. İkkala asar ham hajm jihatdan bir-biriga yaqin; Jalol
Tabibning “Gul va Navro‘z”i asl doston va mulhiqoti (hamd va
na’t va mamduhlar madhi, dostonning yozilish sababi) bilan
birgalikda 1404 baytdan iborat bo‘lsa, Haydar Xorazmiyning
ana shu nomdagi asari ham aytilgan mulhiqoti bilan birga
1307 baytni tashkil etadi. İkki asarda ham hodisalar matnda
Do'stlaringiz bilan baham: |