Ч а с т ь V i главный редактор


“Young Scientist” . # 4 (294) . January 2020 Young Scientist O’zbekiston



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/101
Sana20.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#680466
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
Bog'liq
moluch 294 ch6

487
“Young Scientist” . # 4 (294) . January 2020
Young Scientist O’zbekiston
Young Scientist O’zbekiston
Xujasta toli’e, zebanda mohe
Ba soli xurram on mohi dil-afro‘z
Zi modar dar vujud omad ba Navro‘z [Jalol Tabib, 2001: 4].
Navro‘z ulg‘ayib ta’lim olib, barcha ilmlarda bilimdon 
bo‘lib yetishadi; keyin ov bilan shug‘illanadi, qurol-aslihani 
yaxshi ishlatishni bilgan mohir ovchi bo‘ladi. U bir kecha 
tushida bir sohibjamol qizni ko‘rib, unga g‘oibona oshiq 
bo‘ladi. U go‘zal Navro‘zning tushida ismini “Gul”, Farxor 
mulkidan bo‘lganini aytib, o‘zini tanitadi. Ammo Navro‘z 
uyg‘onib uni topa olmaydı:
Shabe dar xob did on olam-afro‘z
Ki bude bomdodi ro‘zi Navro‘z
Zi dar boz omadash sarve xiromon
Ba dastash sog‘are dode ki biston
Bipursidash, ki ay gulrux kudomi
Begu to az kujoe-yu chi nomi?
Javobash dod on sarv az sari noz
Ki ay shohi javonbaxti sarafroz
Gulam xonandu dar Farxor bosham
Dar in buston guli bixor bosham [Jalol Tabib, 2001: 5].
Navro‘z bir kun Gulni izlab yurarkan, bir karvonga duch 
keladi. U karvonda ismi Bulbul bo‘lgan bir chiroyli yigit bilan 
tanishadi, u ham Farxordan ikan. Navro‘z undan Gulning 
ahvolini so‘rab bilib oladi. Gulga bir noma yozib, Bulbulning 
qo‘lidan yuboradi. Gul doyasi Susanni Bulbulning yoniga 
yuboradi, nihoyat Bulbul bilan uchrashib, Navro‘zning 
ahvolidan ogoh bo‘ladi. Boshqa tamonda, Farruxshoh o‘g‘li 
Navro‘zning holidan xabardor bo‘lib unga nasihat qiladi. Ammo 
Navro‘z Farxor mulkiga ketish uchun ruxsat so‘raydi. Otasi 
oxir uni Bahman otli bir keksa qumandonga qo‘shib, choparlar, 
navkarlar va qimatli sovg‘alar bilan Farxorga jo‘natadi. Ammo 
yo‘lda Bahman unga xiyonat qilib, chaparlar va boyliklarni 
olib, Navro‘zni yolg‘iz tashlab o‘z vatani bo‘lmish Gurgonga 
ketadi. Faqat Navro‘zning o‘zi yolg‘iz ko‘p mashaqqatlarni 
tortib Farxorga boradi. Bulbulni topib, u orqali Gul bilan 
ko‘rishadi. Gul ham Navro‘zning maktubini o‘qib, sifatlarini 
eshitib, ko‘rmasdan unga oshiq bo‘lgan edi. Ammo Gulni otasi 
uni Chin (Xitoy) xoqoniga hadiya qilgan edi. Shu payt hojiblar 
Gulni olib ketgani kelib qoladilar. Gul va Navro‘z bundan 
ko‘p parishon, ammo Gul doyaning tavsiyasi bilan Navro‘zni 
o‘zi bilan olib ketishga qaror qiladi. Kecha ular yo‘lda bo‘lgan 
paytda qattiq bo‘ron boshlanib, navkarlar yo‘ldan adashadi va 
Gul bilan Navro‘z yo‘lda qoladilar. Ular ikovi tog” va cho‘llarni 
kezib, charchab bir yerda yotgan edilar. Ularni Yaldo nomli, 
qora tanli tutib olib Xitoy xoqoniga sotadi. Ammo xoqon ularni 
tanimaydi, e’zoz bilan butxonaga yuboradi. Bu orada hojiblar 
kelib, xoqonga Gulning yo‘qolganidan xabar beradilar. Xoqon 
g‘am va hasratdan jon beradi. Butparastlar shohning o‘limidan 
o‘z holiga tushib qolganidan foydalangan Gul va Navro‘z 
butxonadan qochadilar. Ular cho‘lga chiqib, susiz qoladilar, 
su izlab yurganlarida ularning o‘ngidan bir uy chiqadi, uyga 
borib xirqa kiygan bir hilachini ko‘radilar va boshlaridan o‘tgan 
voqialarni unga hikoya qiladilar. U esa ularni Shayx Najdiy 
digan bir riyokor zohidning yoniga olib boradi. Zohid ularni 
mehmon qilib dasturxon ochtiradi. Karomat ko‘rsataman deb, 
duo va ta’viz berib, oldlaridagi zar va zivarlarni olib qoladi. 
Ammo Navro‘z bilan Gul bularning firebkorligini onglab, 
kechalab Shayx Najdiy va odamlaridan qochib yo‘l oladilar. 
Kunduzi kelib, daryodan o‘tish maqsadida kemaga minadilar, 
faqat baxtga qarshi bo‘ron qo‘zg‘alib kema sinadi va Gul bilan 
Navro‘z ikki taxta pora ustida hushdan ketgan holda, har qaysi 
bir boshqa tamondagi qirg‘oqqa chiqadi. Javhar digan bir 
xidmatchi Gulni topib olib, Adn podishohi Rabishohga tortiq 
etadi. Podishoh farzandsiz bo‘lgani sababli, xursand bo‘lib, 
Gulni o‘ziga farzand o‘qiydi va Gul saroyda yashay boshlaydi. 
To‘lqin qirg‘oqqa chiqarib tashlagan Navro‘zni esa Shurta 
nomli bir keksa baliqchi topib oladi. Navro‘z bimor edi, uni 
bir necha muroqabatdan keyin Yaman podishohi Badi’shohga 
sotadi. Podishoh uni doruxonaga yuborib tadovi qildiradi, 
ahvolidan xabardar bo‘lib o‘ziga suhbatdosh qilib oladi.
Navro‘z bilan Gul’ning otalari — Shoh Farrux va Shoh 
Mushkin farzandlarini axtarib chiqqan holda- birlariga duch 
kelib, tanishadilar va g‘am va qayg‘ularini unitish uchun Haj 
qilgani Makkaga qarab yo‘l oladilar.
Adan va Yaman podishohlari aro xusumat bor edi, shuning 
uchun Adan shohi Rabi lashkar yig‘ib Yaman podishohi bilan 
urushga otlanadi. Yaman podishohi Badi” ham, lashkar tortib 
mudofaa’ga chiqadi. Yamanli pahlavon Bahrom qo‘lida Adan 
lashkari muborizlaridan bir necha kishi halok bo‘lganindan 
so‘ng, nochor Gul maydonga chiqib Bahromni o‘ldiradi va 
boshqa hech muboriz uni yinga olmaganidan, Yaman lashkari 
tamonidan Navro‘z Gul bilan jang maydoniga chiqadi. İkovlari 
ko‘p olishgandan keyin bir-birlarini tanib hushdan ketadilar. 
İkki podishoh ham bularning sarguzashtidan xabardor bo‘lib 
urushdan qo‘l tortib, sulh qiladilar va Haj mavsimi bo‘lgani 
uchun Gul ve Navro‘z doxil hammalari Ka’ba ziyoratiga 
boradilar. Haj marosimida Gul va Navro‘z farzandlarini tilab 
duo qilib turgan otalarini ko‘rib qoladilar. Ular farzandlariga 
qovushganlaridan nihoyatda shodmon bo‘lib, so‘ngra Yaman 
va Adan podishohlari bilan ham, tanishadilar va Ka’bani tavof 
qilgandan keyin Madinaga boradilar va Payg‘ambar (s. a.v.) 
ravzasini ham ziyorat qiladilar. Endi to‘rt podishoh bo‘lib 
Makkada Gul va Navro‘zning nikohini bog‘laydilar. Keyin ular 
o‘z yurtlariga qaytib kelib baxt va saodatda hayot kechirishga 
boshlaydilar:
Gulu Navro‘z bo ham aqd bastand
Ba Navro‘ze miyoni Gul nishastand
V- az on jo shodu xurram boz gashtand
Hama bo yak-digar damsoz gashtand
Ba yak sol in hama zahmat kashidand
Ba vaqti gul ba joi xud rasidand… [Jalol Tabib, 2001: 65].
2- Mavlono Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” 
manzum dostoni ham, mavzu jihatdan Jalol Tabibning asari 
bilan bir xel. Shuning uchun tadqiqotchilar turkiy “Gul va 
Navro‘z”ni mazkur forscha “Gul va Navro‘z” tarjumasi deb 
urg‘ulab kelmoqda. Shu jumladan 1960-yilda Mavlono Lutfiy 
divonini bir qo‘lyozma nusxasini tafsilotli muqaddama bilan 
İstanbul Bilim yurti adabiyot fakultetida nashr etgan Professor 
İsmoil Hikmat Ertoylon, Jalol Tabib forscha “Gul va Navro‘z” 
dostonini, qo‘limizdagi Haydar Xorazmiy asarini ko‘zda tutib, 



Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish