485
“Young Scientist” . # 4 (294) . January 2020
Young Scientist O’zbekiston
Young Scientist O’zbekiston
7. Abdullaeva Sh. Z. Bank ishi. Darslik. T.: “IQTISOD–MOLIYa” nashriyoti, 2017 y.
8. У. Жўраев. Халқаро банк назоратини такомиллаштиришда Базел қўмитасининг роли. // Бозор, пул ва кредит.
10-сон, 2013, 5-бет.
9. Грязнова А. Г. Финансово-кредитный энциклопедический словарь. — М.: «ФиС», 2002.
10. Банковское дело. Под. Ред. Профессора О. И. Лаврушина. — М:. «ФиС», 2001
11. www.uba.uz- O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi rasmiy sayti
12. www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami
13. www.cbu.uz-zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti
14. www.bankir.uz-Bank axborotlari portal
15. www. finance.uz- Moliya-iqtisodiy tahlil portali
“Gul va Navro‘z” dostonlari misolida forsiy va turkiy adabiyotlar
aloqasi haqida bir tadqiq
Sadot Munisa, o’qituvchisi
Balx davlat universiteti (Afg’oniston Respublikasi)
Связь персидской и турецкой литературы на примере сказок «Гюль и Навруз»
Содот Муниса, преподаватель
Балхский государственный университет (Республика Афганистан)
В этой статье мы сравним стихотворения Джалала Табиба и Хайдара Харазми «Гюль и Навруз» с точки
зрения формы и содержания, в этих двух работах мы покажем общие и отличительные аспекты как компози-
ции, так и идеологического содержания.
Ключевые слова:
поэма, Гюль и Навруз, сравнение, сравнительная литературная критика, форма, содер-
жание, сюжет, идея, идеологический контент.
M
usulmon sharq adabiyoti, ayniqsa forsiy va turkiy
adabiyotda qadim zamonlardan boshlab ko‘plab
adabiy an’analar o‘rtaga kelgan, mazkur an’analar shoirlar
va yozuvchilar tomonidan inoyatga olinib, unga muvofiq adabiy
asarlar yaratilgan va natijada mazkur an’analar keng rivojlanib
kelgan. Ulardan biri, bir necha shoir tomonidan ayni mavzuda
yozilgan manzum dostonlardir. Qahramonlik dostonlarini o‘z
ichiga olgan shohnomalar, romantik ishq mavzuida yozilgan
“Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Yusuf va Zulayxo”
va boshqalar fors va turk adabiyoti tarixlaridan muhim o‘rin
oladi va katta shuhratga egadir, ularni o‘qimagan va bilmagan
kishi bo‘lmasa kerak. forsiy hamda turkiy adabiyotda bir
mavzuda yozilgan ana shunday asarlardan biri ham “Gul
va Navro‘z” manzum dostonlaridir. Adabiyot tarixidan bizga
ma’lum bo‘lishicha, forsiy va turkiy tillarda uchta “Gul va
Navro‘z” dostoni mavjud. Ular esa hijriy 8 (Milodiy 14) —
asrda yozilgan Jalol Tabib, Xoju Kirmoniyning Forscha “Gul
va Navro‘z” manzum dostonlari va hijriy 9 (Milodiy 15) —
asrning birinchi yarmida nazm rishtasiga tortilgan Turkiy
shoir Mavlono Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z”
dostonlaridir. Fors tilida Jalol Tabibdan faqatgina 8 yil so‘ngra
(h. q.742-melodiy 42 / 1341yilida) fors tilining buyuk shoiri
Xoju Kirmoniy o‘zining “Gul va Navro‘z” masnavi dostonini
yozdi. Uning ushbu nomadagi dostoni Jalol Tabibnikidan,
ham hajm hamda mazmun va mavzu jihatdan katta farqga
ega [Xoju, 1971]. Shuning uchun biz uning haqida ortiq so‘z
yuritmoqchi emasmiz. Balki ushbu qisqa maqolada Jalol Tabib
bilan Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” manzum dostonlariga
qiyosiy nazar tashlab o‘tamiz.
Eslatib o‘tish zarurki, bundan bir ikki daha ilgari
O‘zbekiston Jumhuriyati, Turkiya va boshqa mamlakatlar
tadqiqotchilari tomonidan yozilgan o‘zbek adabiyoti tarixiga
oid darsliklar, Doiratul-ma’orif (Entsiklopediya) lar, tadqiqiy
risola va maqolalarda Haydar Xorazmiyning turkiy “Gul va
Navro‘z” dostoni shubhalanmasdan Mavlono Lutfiyga nisbat
berilib kelinardi. Holbuki o‘tmishda Zahiriddin Muhammad
Bobur o‘zining “Muxtasar” deb nomlangan “A’ruz Risolasi”da
va Sultonmuhammad Faxriy b. Amiriy Hiraviy esa “Ravzat
us-Salotin” asarida mazkur asar Haydar Xorazmiy qalamiga
oid ekanligini qayd etib o‘tgan edilar. Keyinchalik, Shayx
Ahmad Taroziyning “Funun-al-Balog‘a” asari ham buni
tasdiqladi. Lekin so‘ngi tatqiqotchilar, negadir, mazkur
manba’larga e’tibor qaratmasdan jiddiy ravishda “Gul va
Navro‘z” manzum dostonini Mavlono Lutfiyga nisbat berib
kelganlar. Hozir ham shu fikr ayrim manbalarda takrorlanib
kelmoqda. Ammo biz keltirilgan dalillar va ko‘rsatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |