Caso clínico minimalista em escala de cinza



Download 1,45 Mb.
bet6/11
Sana23.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#576023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shukrullayeva Hulkar

Tuyuq janri tahlili


Tuyuq — turkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. Tuyuq 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xollarda — aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz tuyuqlar ham bor. Tuyuqning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan tuyuqlar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan.
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.
Lutfiy
Necha dedim:"Ul sanamg'a bormag'in''
Qilmadi ul tark oxir bormag'in.
Munchakim,xudraylig' ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog'in.
Lutfiy
Tuyuq va tajnis
T u y u q – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. 
Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.
Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida 
shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga 
o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan.
Tajnis – badiiy san’atlardan biri. Lug‘aviy jihatdan jinsdosh ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. Bu nutqda 
shakli bir xil ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘zlar turkumini qo‘llash, degani.
Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish 
ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Tajnisda omonimlar nozik so'z o'yinlarini ishlatish imkonini beradi. She'r baytida ma'no jihatidan har xil ammo shakli bir xik yoki shaklan bir-biriga yaqin bo'lgan ikki so'zni keltirib ular vositasida muayyan fikr ifodalanishi mumkin.
Qit'a janri tahlili
Qitʼa (arab. — boʻlak, qism, parcha) — mumtoz adabiyotda lirik janr. Sheʼriy shakl sifatida qasida va gʻazaldan oldin paydo boʻlgan. Tuzilishiga koʻra, gazalga yaqin turadi, lekin Qit'ada matlaʼ qofiyalanmaydi (ab. vb, gb...), hajmi ham qatʼiy emas, mazmun talabiga koʻra, ikki bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha) boʻlishi mumkin. Har bir qit'a yaxlit asar boʻlib, biron mavzuga bagʻishlanadi.
Fors-tojik adabiyotida qit'aning dastlabki namunalari Rudakiy ijodida koʻrinadi. Uning janr taraqqiyoti va takomilida fors shoiri Avhadiddin Anvariy (1190 yil v. e.) va Ibn Yamin Faryumodiyning xizmati katta.
Oʻzbek adabiyotida qit'aning ilk namunalari "Devonu lugotit turk"da, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa ijodida uchrasa-da, uning taraqqiyoti Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Qit'adan hech kim Navoiychalik samarali foydalana olgan emas.
Tengri xonin ochuq aqida qilib,
Xalqdin roʻziy istagan gumroh
Uyladurkim tengiz qirogʻinda
Roʻza ochmoqqa kimsa qozgʻoy choh.
Alisher Navoiy
Chiston tahlili
Chiston (fors. — topishmoq) — Sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan biri. Dastlab xalq ogʻzaki ijodida sheʼriy savol-javob, topishmoq shaklida paydo boʻlgan. Chistonda [[narsa] yoki hodisaning xarakterli belgilari majoziy tavsiflanib, nima ekanligini topish oʻquvchi, tinglovchiga havola etiladi. Shu sababdan Chiston topishmoqsheʼr deb ham ataladi. Chistonda narsalarning nomlari ochiq aytilmaydi, balki ularga xos shakl, sifat va xususiyatlar qayd etiladi.
Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yo‘q nishon?
Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur, makon
Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, Yuzlariga parda tortig'liq turarlar bag‘rilari qon
(Anor)
Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. Barcha qushlarning so‘ngoki ichida,
Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.
(Yong‘oq)

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish