Caso clínico minimalista em escala de cinza


Navoiy soqiynomasi kompazitsiyasi



Download 1,45 Mb.
bet9/11
Sana23.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#576023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shukrullayeva Hulkar

Navoiy soqiynomasi kompazitsiyasi
Soqiynoma (soqiy va noma) — 1) Sharq mumtoz adabiyotida masnaviy shaklidagi lirik janr. Odatda, har bir bandi bevosita soqiyga murojaat sifatida boshlanib, keyin shoirning kechinmalari tasvirlangan. Soqiynoma rasman marhumlar xotirasiga bagʻishlansada, unda shoirning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlari ham oʻziga xos lirik tarzda aks etgan. Fors tilidagi dastlabki soqiynomalar Nizomiy ("Layli va Majnun" debochasida), Salmon, Hofiz qalamiga mansub. Oʻzbek adabiyoti tarixida bu janrni Alisher Navoiy asoslagan. Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" asaridagi 32 band (458 bayt)dan iborat

Lafziy san'atlar


Lafziy sanʼatlar nutqning ifoda usuli bilan aloqador badiiy sanʼatlar majmuasi. Lekin Atoulloh Husayniy taʼkidlaganidek, «Lafziy goʻzalliklarning asosi shuki, alfoz (soʻzlar) maʼnoga boʻysundiriladi. Umuman, barcha goʻzalliklarning asosi shuki, nutq shunday yoʻsinda bayon etiladiki, maʼnoni anglashga, uning latofati, tarkibi va yetukligini anglashga hech xalal yetmaydi». Xullas, lafziy sanʼatlar faqat nutqning (xususan, badiiy nutqning va ayniqsa, sheʼriyatning) bezagi emas, balki muayyan fikr, maqsadning yetuk badiiy shaklda ifoda topishi uchun xizmat qiluvchi muhim vositadir.
Atoulloh Husayniy lafziy goʻzalliklar jumlasiga quyidagi sanʼatlarni kiritadi: tarseʼ, tajnis, radd ul-ajz min as-sadr, qalb, sajʼ, mumosil, tashtir, tajziya, tasreʼ, tasmit, aks, tardid, taattuf, tashriʼ, zulqofiyatayn, tavshih, talovvun, tarofuq, maqru ba nazmu nasr, maqr ul-lugʻatayn, mulammat, muqattaʼ, muvassal, raqto, xayvo, jamʼ ul-huruf, hazf, eʼnot, tazmini muzdavaj, mutazalzil, murabbaʼ, muaqqad, mudavvar, mushajjar, tavsim, mushokala.
Tashbeh, tanosub, irsoli masal san'atlari
Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda oʻxshatish deb yuriti­ladi. U shunday sanʼatki, unda soʻzlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar oʻrtasida mavjud boʻlgan oʻxshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, oʻzaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va taʼsirliroq ochib beriladi.
Tanosub - sheʻr baytlarida bir-biriga bogʻliq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi soʻzlarni qoʻllash sanʻati. Biror narsani oʻylaganimizda koʻz oldimizga uning belgilari, xususiyatlari keladi
Irsoli masal - sheʻrda maqol, matal, hikmatli soʻzlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuli.
Misollar: Xunob ichar vaqtimda xush kelding, koʻngilkim, xalq aro,
Yaxshi masaldirkim: "Kechir yaxshi kishi osh ustina".
(Ogahiy)
Sabr qilsang gʻoʻradin halvo bitar,
Besabrlar oʻz oyogʻidin yitar.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish