8-variant
1. P, A1 va C dan iborat 0,4 mol aralashmada jami elektronlar soni 2,9498 * 1024 ta. Aralashmadagi fosforning elektronlari soni uglerodning elektronlari sonidan 5 marta ko‘p bo‘lsa, aralashmadagi alyuminiyning massasini (g) aniqlang.
A) 2,7 B) 1,2 C) 10,1 D) 6,2
2. Quyidagi reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini hisoblang.
PxSy + 40HNO3 → H3PO4 + H2SO4 + 40NO2 + 12H2O
A) 104 B) 100 C) 124 D) 199
3. NaOH eritmasiga 180 ml suv qo'shilganda eritmaning konsentratsiyasi 1,6 marta kamaydi. Bunda eritmadagi jami atomlar soni 23/13 marta ortdi. Boshlang‘ich eritmadagi ishqorning massasini (g) aniqlang.
A) 180 B) 60 C) 40 D) 120
4. Magniy arsenat, alyuminiy sulfit va mis (II) atsetatdagi jami kimyoviy bog‘lar yig‘indisi qancha bo‘ladi?
A) 51 B) 48 C) 49 D) 50
5. O’simlik moyining to‘la yonishi uchun 1,59 mol kislorod sarf bo‘ldi. Bunda 1,02 mol suv va 1,14 mol karbonat angidrid gazi hosil bo‘ldi. Moyning molyar (g/mol) massasini aniqlang.
A) 880 B) 878 C) 884 D) 882
6. 2 ta pog‘onasi va 6 ta pog‘onachasi elektron bilan to‘lgan elementni ko‘rsating.
A) Zn B) Sr C) Ca D) Cu
7. Qaysi birikmada galogen ionining elektron tuzilishi inert gaznikidek bo'ladi?
A) COF2 B) NaBrO4 C) KClO3 D) HOCl
8. Pt va Al ning 57,6 g qotishmasi suyultirilgan nitrat kislotada eritildi. Hosil bo'lgan eritma mo‘l miqdorda ishqor bilan qizdirilganda 21,6 g temir (II) oksidni to‘liq qaytarish uchun yetarli bo‘lgan gaz ajraldi. Qotishmadagi alyuminiyning massasini (g) aniqlang (qotishmadagi alyuminiy nitrat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishgan).
A) 10,8 B) 24,4 C) 14,4 D) 5,4
9. Bir atomli to‘ymgan spirt karbon kislotaga qadar oksidlandi. Bunda sp3-gibrid orbitallar soni 2 marta kamaydi. Spirtni aniqlang.
A) etanol B) metanol
C) propanol D) butanol
10. 8 g metanning to‘liq xlorlanishi natijasida ajralgan gazni toiiq neytrallash uchun qancha (ml) 20% li NaOH
(p = 1,1 g/sm3) eritmasi zarur bo'ladi?
A) 456 B) 400 C) 265,6 D) 363,6
11. A → B + C reaksiya bo‘yicha A modda parchalanib konsentratsiyasi 3 marta kamayishi uchun ma’lum vaqt (sekund) sarflandi. Agar A moddaning konsentratsiyasi 4 marta kamayishida 3 marta kamayishiga nisbatan 5 sekund ko‘p vaqt sarflansa, xuddi shunday miqdordagi A moddaning konsentratsiyasi 5 marta kamayishi uchun qancha vaqt (sekund) sarflandi?
A) 48 B) 45 C) 40 D) 55
12. Mg va MgO dan iborat 6,4 g aralashma yetarli miqdordagi 24,5% li (p = 1,25 g/ml) sulfat kislota eritmasida eritilganda 5 litr (27°C va 100 kPa) gaz ajralib chiqdi. Sarflangan sulfat kislota eritmasi massasini (g) aniqlang.
A) 96 B) 76,8 C) 100 D) 125
13. CH4 + Cl2 → CH3Cl + HCl reaksiya turini aniqlang.
A) birikish B) izomerlanish
C) oksidlanish-qaytarilish D) ajralish
14. Akril kislota nitrili gidrolizidan qanday gaz ajralib chiqadi?
A) vodorod sianid B) ammiak
C) gidrazin D) disian
15. 0,5 mol metandagi atomlar soniga teng sonda vodorod atomlari tutgan C4H10 molekulalari sonini toping.
A) 1,505 * 1023 B) 3,01 * 1023
C) 6,02 * 1023 D) 4,5 * 1023
16. 10 litr (n. sh.) CO va CO2 gazlari aralashmasida uglerodning massasi kislorodning massasidan 2 marta kichik bo‘lsa, gazlar aralashmasining hajmiy (l, n. sh.) tarkibini mos ravishda aniqlang.
A) 5; 5 B) 3; 7 C) 6; 4 D) 4; 6
17. Bir xil hajmli, bosimi 0,6 atm SO2 va 0,4 atm O2 gazlari reaksiyaga kirishganda sistema bosimi 0,8 atm ga teng bo‘ldi. Ushbu 2SO + O2 2SO3(g) reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topdi. Muvozanat doimiysini (KP) toping.
A) 1,5 B) 20 C) 2,5 D) 0,15
18. Noma’lum alkenning 12 litrini to‘liq yoqish uchun 75 litr ozon-kislorod aralashmasi (φ(O2) = 60%) sarflandi. Noma’lum alkenni toping.
A) penten B) propen C) eten D) buten
19. Oltingugurtning ikkita ioni tarkibida s-elektronlar soni o‘zaro teng, p-elektronlar esa 1:2 nisbatda. Shu ikki iondagi elektronlar yig‘indisini toping.
A) 30 B) 38 C) 33 D) 22
20. Sanoat usuli bo'yicha 21,2 g akrilonitril olish uchun necha gramm kislorod zarur?
A) 19,2 B) 16,8 C) 6,8 D) 8,4
21. 60°C temperaturadagi 280 g to‘yingan eritma 20°C gacha sovutilganda hosil bo‘lgan cho'kmaning raassasini (g) aniqlang. (S(20°C)tuz = 20 g, S(60°C)tuz = 50 g)
A) 30 B) 56 C) 27 D) 48
22. Sxemadagi barcha noma’lum moddalar tarkibida xrom borligi ma’lum bo‘lsa, B va F moddalarni aniqlang.
1) CrCl2; 2) CrCl3; 3) Cr(OH)2; 4) Cr(OH)3; 5) K2Cr2O7; 6) K2CrO4; 7) CrSO4; 8) Cr2(SO4)3.
A) 6, 8 B) 3, 8 C) 4, 7 D) 2, 5
23. Havo aralashgan NO2 solingan idishga mayda ko'mir bo'lakchalarini solib yaxshilab aralashtirilsa va bir oz tinch qoldirilsa, azot (IV) oksidning ko'mirga yutilishi natijasida idishdagi aralashma rangsizlanadi. Bu hodisa nima deyiladi?
A) adsorbsiya B) flotatsiya C) sublimatsiya D) diffuziya
24. Noma’lum metall asosli fosfat tuzining molyar massasi 322. Shu tuzning ekvivalenti 53,667 ga teng bo'lsa, metalining ekvivalentini aniqlang.
A) 15 B) 18,67 C) 9 D) 17,33
25. Qaysi olim siklogeksanni degidrogenlab benzol olish usulini ishlab chiqqan?
A) G.G. Gustavson B) N.K. Shorigin
C) V.V. Markovnikov D) N.D. Zelinskiy
26. Argonga nisbatan zichligi 1,33 ga teng bo‘lgan 8 mol oltingugurt (IV) oksid va azot (IV) oksid aralashmasi 4 1 hajmli idishda o‘zaro ta’sirlashdi. Agar azot (IV) oksidning 40% i sarflangan bo‘lsa, muvozanat konstantasini toping (reaktsiyada SO3 va NO hosil bo‘ladi).
A) 1,0 B) 0,24 C) 0,5 D) 0,12
27. Quyida berilgan reaksiya tenglamasining o‘ng tomonidagi koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang.
P4 + H2O + CuSO4 → H3PO4 + Cu3P + h2so
A) 100 B) 199 C) 167 D) 104
28. Aralash element-organik birikmani ko’rsating.
A) etilyodid B) Grinyar reaktivi C) tetraetil qo’rg’oshin D) metildietil arsin
29. Natriy va kalsiy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 288 g ga kam bo‘lsa, aralashmadagi kalsiy gidrofosfatning massasini (g) toping. (m(Na) + m(P) = 139).
A) 136 B) 142 C) 204 D) 272
30. Oltin va kumushning ikki xil qotishinasi mavjud. Birinchi qotishmada bu metallar 2:5 massa nisbatda, ikkinchisida ssa 7:6 massa nisbatda. Oltin va kumushning massa nisbati 11:16 bo‘lgan 54 kg yangi qotishma olish uchun birinchi qotishma tarkibida qanday massada (kg) kumush bo‘lishi kerak?
A) 14 B) 12 C) 20 D) 5
31. Berilgan tartibda olementlarning oxirgi elektroni uchun bosh kvant sonining qiymati qanday o‘zgaradi? (elementlarning tartib raqamlari berilgan).
a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi.
A) 1-c; 2-a; 3-b B) 1-b; 2-b; 3-a
C) 1-b; 2-c; 3-a D) 1-b; 2-a; 3-c
32. pH = 1 va pH qiymati necha bo‘lgan eritmalar teng liajmlarda aralashtirilganda bosil bo‘lgan eritmaning pH qiymati 7 ga teng bo‘ladi?
A) 13 B) 14 C) 8 D) 1
33. 49 g sulfat kislotani neytrallash uchun tarkibida suvning massa ulushi 60% bo'lgan kristall sodadan necha gramm olish kerak?
A) 134,5 B) 154,5 C) 132,5 D) 123,5
34. 12 ml HNO3 eritmasi (pH = 2) orqali 2 A tok kuchi 16,08 soat davomida o‘tkazilganda suvning qancha (mol) miqdori elektrolizga uchraydi?
A) 1 B) 0,6 C) 1,2 D) 10,8
35. Quyidagi birikmalarni yuqori molekulyar birikmalarning qaysi guruhiga kirishini o‘zaro moslang.
a) sun’iy; b) tabiiy; c) sintetik;
1) lignin; 2) plastmassalar; 3) viskoza.
A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-b, 3-c
36. 210Bi va 65Cu yadrolarining to'qnashishi oqibatida 1 ta neytron va noma’lum element yadrosi hosil bo‘ldi. Hosil bo'lgan yadroning massasini (A) va zaryadini (Z) aniqlang.
A) 274; 112 B) 144; 54
C) 275; 111 D) 272; 113
Do'stlaringiz bilan baham: |