5-variant
1. Alkadiyenlar gomologik qatorining umumiy formulasini (1, 2, 3, 4) va kislorodda oksidlanish reaksiyasi tenglamasidagi alkadiyenning koeffitsiyentini (a, b, c, d) toping (reaksiya mahsuloti sifatida CO2 va H2O hosil bo'ldi deb hisoblang).
1) C H2n+2; 2) CH2n-2; 3) CnH2n; 4) CnH2n+1;
а) 0; b) l,5n + 0,5; c) 1,5n - 0,5; d) 1
A) 1; c B) 2; d C) 2; a D) 4; c
2. 20 litr (n. sh.) CO va CO2 gazlari aralashmasida uglerodning massasi kislorodning massasidan 2 marta kichik bo'lsa, gazlar aralashmasining hajmiy (l, n. sh.). tarkibini mos ravishda aniqlang.
A) 12,5; 7,5 B) 8; 12 C) 5, 15 D) 10; 10
3. X-2 ionining elektronlar soni Ti+2 ionining elektronlar sonidan 2 marta kam bo‘lsa, titanning yadro zaryadi X ning yadro zaryadi dan necha marta katta?
A) 3 B) 2 C) 1,75 D) 2,75
4. Sxemadagi barcha noma’lum moddalar tarkibida xrom borligi ma’lum bo‘lsa, A, C va F moddalarni aniqlang.
1) CrCl2; 2) CrCl3; 3) Cr(OH)2; 4) Cr(OH)3; 5) K2Cr2O7; 6) K2CrO4; 7) CrSO4; 8) Cr2(SO4)3.
A) 1, 4, 8 B) 4, 6, 7 C) 2, 6, 7 D) 2, 3, 5
5. 210Bi va 65Cu yadrolarining to'qnashishi oqibatida 1 ta neytron va noma’lum element yadrosi hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan yadroning massasini (A) va zaryadini (Z) aniqlang.
A) 272; 113 B) 275; 111 C) 274; 112 D) 144; 54
6. Berilgan tartibda element ionining radiusi qanday o‘zgaradi?
a) ortadi; b) kamayadi; c) o‘zgarmaydi.
A) 1-b; 2-a; 3-c B) 1-a; 2-b; 3-b
C) 1-c; 2-a; 3-b D) 1-b; 2-c; 3-b
7. Sinproporsiya reaksiyalarini belgilang.
1) Cu + HNO3 → Cu(NO ) + NO, + H O;
2) K2MnO4 + H2O → KMnO4 + MnO2 + KOH;
3) KHClO3 → KCl + O2;
4) NH4NO2 → N2 + H2O;
5) NH4NO3 → N2O + H2O.
A) 1, 5 B) 1, 2 C) 4, 5 D) 1, 3
8. Ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratilib olingan siklik keton qaytarildi. Bunda dastlabki tuz tarkibidagi vodorod atomlari soni olingan sikloalkan tarkibidagi vodorod atomlari sonidan
4/5 marta katta bo‘lsa, olingan sikloalkanni toping.
A) siklogeksan B) siklobutan
C) siklopentan D) siklopropan
9. Ozon-kislorod aralashmasi tarkibidagi ozonning to‘liq parchalanishi natijasida aralashma hajmi 35% ga oshadi. Mod miqdordagi kaliy yodid eritmasi orqali dastlabki ozon-kislorod aralashmasining 800 ml (n. sh.) hajmi o‘tkazilganda necha gramm yod cho‘kmaga tushadi?
A) 7,62 B) 6,35 C) 3,81 D) 3,18
10. Qaysi javobda berilgan moddalar bir elementning har xil allotropik shakl o‘zgarishlari hisoblanadi?
A) po'lat va cho‘yan B) fulluren va grafit
C) suv va muz D) etan va eten
11. Bir xil hajmli, bosimi 7 atm NO va 5 atm O2 gazlari reaksiyaga kirishganda sistema bosimi 10 atm ga teng bo‘ldi. Ushbu 2NO + O2(g) 2NO2(g) reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topdi. Muvozanat doimiysini (Kp) toping.
A) 3/2 B) 1/20 C) 16/27 D) 1/4
12. Lavsanning sistematik nomenklaturadagi nomini aniqlang.
A) polietilentereftalat B) terilen C) dakron D) smola
13. Marganes oksid tarkibida 36,78% kislorod bo‘lsa, u qanday xossali oksid?
A) befarq B) asosli C) amfoter D) kislotali
14. 3 litr (n. sh.) CH4 va C2H4 gazlari aralashmasida uglerodning massasi vodorodning massasidan 4 marta kata bo‘lsa, gazlar aralashmasining hajmiy (l, n. sh.) tarkibini mos ravishda aniqlang.
A) 1,5; 1,5 B) 1; 2 C) 2; 1 D) 0,5; 2,5
15. X+2 ionining elektronlar soni Br ionining elektronlar sonidan 3 marta kam bo‘lsa, bromning yadro zaryadi X ning yadro zaryadidan necha marta katta?
A) 2,0 B) 2,75 C) 2,5 D) 3,6
16. Pt va A1 ning 57,6 g qotishmasi suyultirilgan nitrat kislotada eritildi. Hosil bo‘lgan eritma mod miqdorda ishqor bilan qizdirilganda 21,6 g temir (II) oksidni to‘liq qaytarish uchun yetarli bo‘lgan gaz ajraldi. Qotishmadagi platinaning massa ulushini (%) aniqlang (qotishmadagi alyuminiy nitrat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishgan).
A) 60 B) 25 C) 75 D) 40
17. Quyidagi sxema bo‘yicha berilgan noma’lum moddalarni (X1; X2; X3) aniqlang.
CH2(OH)CH(OH)CH(OH)CH2(OH).
A) etin; vinilatsetilen; butadiyen-1,3
B) eten; divinil; buten-2
C) eten; vinilatsetilen; butadiyen-1,3
D) etin; vinilatsetilen; butadiyen-1,2
18. NaH va Ca3N2 dan iborat aralashma teng ikki qismga ajratildi. Birinchi qism suvda, ikkinchi qism esa mod miqdordagi xlorid kislota eritmasida eritildi. Suvli reaksiyadan ajralgan gazlar aralashmasi hajmi xlorid kislota eritmasidan ajralgan gazlarnikidan ikki marta ko‘p bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi gidridning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 36,7 B) 33,3 C) 12,5 D) 24,5
19. Tibbiyotda quvvat beruvchi dori sifatida qo'llaniladigan uglevodni aniqlang.
A) fruktoza B) glukoza
C) saxaroza D) kraxmal
20. Na elementining massa ulushi 46% bo‘lgan natriy oksid va kaliy oksid aralashmasi suvda eritildi. Olingan aralashmani to‘liq neytrallash uchun 350 ml 2 molyarli HCl eritmasi sarf bo‘lsa, hosil bo‘lgan eritma tarkibidagi natriy xlorid massasini (g) toping.
A) 35,5 B) 58,5 C) 29,25 D) 14,63
21. P, Al va C dan iborat 0,4 mol aralashmada jami elektronlar soni 2,9498*1024 ta. Aralashmadagi fosforning elektronlari soni uglerodning elektronlari sonidan 5 marta ko‘p bo‘lsa, aralashmadagi fosforning massasini (g) aniqlang.
A) 2,7 B) 1,2 C) 10,1 D) 6,2
22. Noma’lum alkinning 8 litrini to‘liq yoqish uchun 24 litr ozon-kislorod aralashmasi (φ(O2)= 1/3) sarflandi. Noma’tum alkinni toping.
A) pentin B) propin C) etin D) butin
23. NH4NO2 tarkibida necha foiz kislorod bor?
A) 80 B) 16 C) 32 D) 50
24. A va B moddalar orasidagi reaksiya 2A + B → C bilan ifodalanadi. A va B moddalarning boshlang'ich konsentratsiyasi mos ravishda 1,6 va 1,2 mol/l ni tashkil etadi. Boshlang‘ich vaqtdagi tezligi esa 1,536 mol/(l*min) ga teng bo‘lsa, B moddaning konsentratsiyasi 0,4 mol/l ga kamaytirilgan vaqtdagi tezligini (mol/(l *min) hisoblang.
A) 2,56 B) 0,256 C) 0,345 D) 1,76
25. 101,6 g molekulyar yodda qancha struktur birlik bor?
A) 0,2 * 1023 B) 2,4 * 1023 C) 1,2 * 1023 D) 1,5 * 1023
26. Reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang.
PxSy + 80HNO3 → H3PO4 + yH2SO4 + 80NO2 + 24H2O.
A) 144 B) 168 C) 199 D) 138
27. 17,6 g murakkab efir kislotali sharoitda gidrolizga uchraganda 0,2 mol etanol hosil bo'ldi. Bu jarayonda necha gramm va qaysi karbon kislota hosil bo'lganligini aniqlang.
A) 14,8; sirka kislota B) 24; propion kislota
C) 41,8; moy kislota D) 12; sirka kislota
28. Kaliy va magniy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 192 g ga kam bo'lsa, aralashmadagi kaliy gidrofosfatning massasini (g) toping.
(m(K) + m(P) = 140).
A) 120 B) 240 C) 174D) 60
29. Mn atomida elektron bilan to‘lgan nechta pog‘ona va pog‘onacha mavjud?
A) 3; 8 B) 2; 6 C) 2; 5 D) 3; 9
30. Ishqoriy metall oksidi va peroksididan iborat 1,4 g aralashma gidrolizlanganda 112 ml (n. sh.) gaz ajralib chiqdi. Hosil bo‘lgan gidroksidni to‘liq neytrallash uchun 0,04 mol xlorid kislota eritmasi sarflangan bo'lsa, noma’lum metallni aniqlang.
A) K B) Na C) Rb D) Cs
31. Qaysi modda past qaynash temperaturasiga ega?
A) H2S B) NaBr C) Br2 D) Cu
32. 144 g x% li Cu(NO3)2 eritmasi elektroliz qilinganda tarkibida massa jihatdan 62% nitrat ionini saqlovchi eritma hosil bo‘ldi. Agar hosil bo‘lgan eritmada N03 va Cu2+ ionlari soni nisbati 4:1 bo‘lsa, eritmadan necha faradey tok o‘tganini aniqlang. (Tuzning gidrolizlanishini hisobga olmang.)
A) 0,4 B) 1,6 C) 0,5 D) 0,6
33. Alkanlarni nomlash uchun bajariladigan ishlar ketma-ketligini tartiblang.
1) asosiy zanjirdagi uglevodorod nomi yoziladi; 2) tarmoqlanish tomondan nomerlanadi;
3) qaysi uglerod(lar)da, nechta, qaysi radikal mavjudligi yoziladi; 4) eng uzun zanjir tanlanadi.
A) 1, 4, 2, 3 B) 4, 2, 3, 1
C) 4, 1, 3, 2 D) 1, 3, 4, 2
34. 100 g 24,5% li sulfat kislota eritmasiga yetarli miqdorda Na2CO3 * nH2O qo‘shilganda tarkibida 125 g suv saqlagan eritma hosil bo'ldi. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.
A) Na2CO3 * 10H2O B) Na2CO3 * 6H2O
C) Na2CO3 * 8H2O D) Na2CO3 * 12H2O
35. Karbamid molekulasi tarkibidagi sp3, sp2 va sp-gibrid orbitallar sonini mos ravishda aniqlang.
A) 12; 3; 0 B) 8; 6; 0 C) 4; 9; 0 D) 0; 12; 0
36. Qaysi olim siklogeksanni degidrogenlab benzol olish usulini ishlab chiqqan?
A) G.G. Gustavson B) V.V. Markovnikov
C) N.D. Zelinskiy C) N.K. Shorigin
Do'stlaringiz bilan baham: |