C / C++ tilining alifbosi: 1. 26ta lotin bosh va kichik harflari; 2. 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar; 3. Mahsus belgilar (klaviaturadagi barcha simvollar) Dastur bajarilishi jarayonida o’z qiymatini o’zgartira oladigan kattalikka o’zgaruvchi deyiladi. O’zgaruvchi nomlari xarflar yoki xarf+raqamlardan iborat bo’lishi mumkin. Diqqat! C/C++ tilida katta va kichik xarflarning farqi bor. Masalan: a; A; ff12; alfa; gamma13; Gamma13; O’zgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. Butun tipli sonlar. Masalan: 5; 76; -2024; 2. Butun tipli 8 s.s.dagi sonlar. Ular 0 (nol)dan boshlanadi va 0 dan 7 gacha bo’lgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: a=045327; C=077; a=0786; 3. Butun tipli 16 s.s.dagi sonlar. Ular 0 (nol) va x yoki X dan boshlanadi va 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar va a-f yoki A-F harflardan tashkil topadi. Masalan: a=0x16; c=0X1234; 4. Haqiqiy tipli sonlar. Ular nuqta bilan yoziladi. Masalan: 8.1; -12.59; 0.00761; 5. Juda katta yoki juda kichik haqiqiy sonlar e formada yoziladi. Bu formada mantissa va tartibi bir qator qilib tashkil etiladi. Masalan: 0,0000076 = 0,76·10⁻⁵ = 0.76e-5; 580000000 = 58∙10⁺⁷ = 58e+7; Bu erda: 0.76 va 58 sonlari mantissa, -5 va +7 sonlari tartibi deyiladi. C/C++ tilida o’zgaruvchilarni ishlatishdan oldin albatta e’lon qilinishi shart. O’zgaruvchilarning quyidagi tiplari ishlatiladi: 1. char – simvolli o’zgaruvchilar uchun. Masalan: char x, y, z; Simvolli o’zgaruvchilar ‘ ‘ ichida yoziladi va ASCII kodlariga mos keladi (American Standart Code for Information Interchange). Xotiradan 1 bayt joy oladi. Masalan: x=‘a’; y=‘6’; z=‘*’; 2. int – butun tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 2 bayt joy oladi. Masalan: int x, y, c; Butun sonlar -32768 dan +32767 gacha qabul qilinadi. 3. long – butun tipli katta sonlar uchun. Xotiradan 4 bayt joy oladi. Masalan: long a1,A1; Katta butun sonlar -2147483648 dan +2147483648 gacha qabul qilinadi. 4. float – haqiqiy tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 4 bayt joy oladi. Masalan float x, y, z; Haqiqiy sonlarning qabul qilish chegarasi: -10⁺³⁸ dan + 10⁺³⁸ gacha 5. double - katta yoki kichik qiymatli haqiqiy tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 8 bayt joy oladi. Masalan: double a1, a2, a3; Sonlarni qabul qilish chegarasi: -10⁻³⁰⁴ dan +10⁺³⁰⁴ gacha 6. long double – juda katta yoki juda kichik qiymatli haqiqiy tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 10 bayt joy oladi. Masalan: long double a1, a2, a3; Sonlarni qabul qilish chegarasi: -10⁺⁴⁹³² dan +10⁺⁴⁹³² gacha C/C++ tilida o’zgaruvchilarni inisalizasiya qilish mumkin. Inisalizasiya qilish – bu o’zgaruvchilarni e’lon qilinganda unga qiymat ham berishdir. Masalan: int a=5, s, b=-1001; float g=0.236, alfa=3.1415; C/C++ tilida standart funksiyalarining yozilishi:
Funksiya
|
Yozilishi
|
Funksiya
|
Yozilishi
|
Sin x
|
sin(x)
| |
sqrt (x); pow(x,1/2.)
|
Cos x
|
cos(x)
| |
abs(x); fabs(x)
|
tg x
|
tan(x)
|
arctan x
|
atan (x)
|
ln x
|
log(x)
| |
pow(x, 2/3.)
|
lg x
|
log10(x)
|
log 2 x
|
log(x)/log(2)
| |
pow(x,a)
|
e
|
exp(x)
| Мasalan: → (-b+sqrt(b*b-4*a*c))/(2*a); → exp(sin(x))+pow(tan(x+3),2) → sqrt(a*a+b*b-2ab*cosɣ) sqrt(a*a + b*b - 2*a*b*sin(gamma))
Do'stlaringiz bilan baham: |