D diskida o‘zingiz uchun xuddi C diskidagi “C:\Users\IT spec\...” kabi maxsus papkalar yaratib oling, masalan: Users va uning ichida: IT spec, so‘ngra Manzil satri (Адресная строка)dan rasmdagi kabi strelka bilan ko‘rsatilgan joyga sichqoncha chap tugmasini bosib papkaga bo‘ldan yo‘nalishni tekshirib ko‘ring:
Sizda quyidagicha manzil belgilangan bo‘lishi lozim:
Этот компьютер oynasini ochib, 6 ta papkadan ixtiyoriysining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Properties (Свойства)ni tanlang:
Ochilgan Dialog oynasi (Диалоговое окно)da Расположение bo‘limiga o‘ting:
Ushbu bo‘limda quyidagi matn maydoni (Текстовое поле)ga e’tiboringizni qarating:
Matn maydonida ko‘rsatilgan “C:\Users\IT spec\Downloads” dagi C diskini D diskiga o‘zgartiring:
So‘ngra ushbu Dialog oynasining Применить tugmasini bosing:
Ekranda Xabar oynasi (Окно сообщений) paydo bo‘ladi, unda yangi ko‘rsatilgan yo‘nalishda ushbu nomdagi papkaning yoq’ligi va uni yaratish taklifi keltiriladi, Да tugmasini bosib, bunga rozi bo‘lamiz:
Bundan keyin ochiladigan Переместить папку oynasida eski yo‘nalishdan yangi yo‘nalishga barcha fayllar va papkalarni ko‘chirib o‘tish (Перемещение)ga ruxsat so‘raladi, bunga ham Да tugmasini bosib rozilik bildiramiz:
Agar siz kompyuteringizdagi operatsion tizimni yaqin orada qayta o‘rnatgan (Переустановка) bo‘lsangiz, ko‘chirish (Перемещение) jarayoni ko‘p vaqtni olmaydi. Agar shu paytga qadar papkada fayllar to‘planib qolgan bo‘lsa, unda ular egallab turgan diskdagi hajmga qarab mos tarzda vaqt talab qilinadi.
Barcha fayllar ko‘chib o‘tganidan so‘ng Dialog oynasidagi OK tugmasini bosib oynani yopamiz:
Ushbu harakatlar ketma-ketligini qolgan 5 ta papkaga nisbatan ham xuddi shu tartibda amalga oshiramiz. Sizdan yo‘nalishni ko‘rsatayotgan paytingizda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishingizni so‘rab qolamiz, chunki bu jarayon juda muhim sanaladi:
D:\Users\IT spec\Downloads – Загрузки papkasi uchun;
D:\Users\IT spec\Videos – Видео papkasi uchun;
D:\Users\IT spec\Pictures – Изображения papkasi uchun;
D:\Users\IT spec\Musics – Музыка papkasi uchun;
D:\Users\IT spec\Documents – Документы papkasi uchun;
D:\Users\IT spec\Desktop – Рабочий стол papkasi uchun.
Agar barchasini to‘g‘ri amalga oshirgan bo‘lsangiz, unda D diskidagi yangi yo‘nalishda quyidagi holat kuzatiladi:
Buni kompyuteringizdagi yaratilgan boshqa foydalanuvchilar qayd yozuvlari (Учетные записи пользователей), masalan Гость uchun ham amalga oshirishingiz mumkin. Shunda barcha yaratiladigan fayllar va papkalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri D diskida saqlanadi. C diskingiz esa faqat operatsion tizim va unga o‘rnatiladigan dasturlar uchun xizmat qiladi.
Kompyuteringizda operatsion tizimni qayta o‘rnatish istagi paydo bo‘lsa, sizdan faqat C diskning o‘zida biror kerakli papkangiz yoki faylingizni D diskiga ko‘chirib o‘tkazish (Переместить) talab etiladi, Рабочий стол, Загрузки, Документы, Видео, Музыка, Изображения papkalaridan esa ko‘nglingiz hotirjam bo‘ladi.
Yangi o‘rnatilgan operatsion tizimda yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishingiz va yana ishingizni hotirjam davom ettirishingiz mumkin.
Bu va boshqa maqolalarni kanalimizda kuzatib boring: @itspecuz
Do'stlaringiz bilan baham: |