47
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig’ma hujjatlarga
bo’linadi.
Dastlabki hujjat deb sodir bo’lib o’tgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan
hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining isboti bo’lib
hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat qilishi
mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga
materiallarni berish to’g’risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki
hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat,
kvitantsiyalar va boshqalarni kritish mumkin.
Yig’ma hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Ularda
tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan muomalalar aks ettiriladi. Yig’ma
hujjatlarga yuqorida ko’rib chiqilgan bo’nak hisoboti, umumishlab chiqarish xarajatlarini
taqsimlash vedomostlari, kalkulyatsiyalar va boshqalar kiradi.
Bu hujjatlarning barchasida, dastlabki hujjatlardan olinganlardan tashqari yangi
ma’lumotlar (hissador shaxs tomonidan amalga oshirilgan barcha xarajatlarning umumiy
summasi, taqsimlash ob’ektlariga olib boriladigan taqsimlanadigan xarajatlar summasining
qismlari, xarajatlar moddalari va boshqalar) ham mavjuddir.
Demak, yig’ma hujjatlar, birinchidan, dastlabki hujjatlarning ma’lumotlarini
umumlashtirish va yig’ma ko’rsatkichlarni olish uchun, ikkinchidan hisobga olinayotgan
muomalalar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish maqsadida dastlabki hujjatlar
ma’lumotlarini umumlashtirish va bu muomalalarni yangi bo’limlarga ajratilgan xolda aks
ettirish uchun xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan xolda, yig’ma hujjatlardan muomalalar haqidagi dastlabki
ma’lumotlarni ishlash vositasi sifatida foydalaniladi, desak bo’ladi.
Muomalalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar birgalik va jamg’aruvchilarga
bo’linadi.
Birgalik hujjatlar bitta bitta yoki bir vaqtning o’zida bir nechta muomalalarni aks
ettiradi. Bu xarajatlarning farq qilib turadigan xususiyatlari shundan iboratki, ular tuzilib
bo’lganlaridan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi
mukin.
Birgalik hujjatlarga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, to’lov
talabnomalari, kassa orderlari va hakozolar kiritilishi mumkin.
Jamg’aruvchi hujjatlar korxonada har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, yarim oyda)
amalga oshirilayotgan bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ular
korxonada qisqa vaqt ichida ko’plab sodir bo’ladigan muomalalar bo’yicha yozib boriladigan
hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida tuziladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan hujjatlardan bo’nak hisoboti jamg’aruvchi hisobotdir.
Undan hisobdor shaxs tomonidan bo’nak olingan daqiqidan boshlab o’tgan davr ichida
qilingan xarajatlar aks ettiriladi.
Boshqa jamg’aruvchi hujjatlar ham uchrab turadi. Ularga masalan, limit - zabor
kartasi, ish vaqtini hisobga oladigan tabel, bajarilgan ishlar vedomosti va hokazodan iborat.
Jamg’aruvchi hujjatlardan foydalanish sintetik schyotlar bo’yicha yozuvlar bir oyda
bir marta barcha bir turdagi hujjatlarning umumiy yakuni bilan aks ettiriladigan xollarda
borgan sari keng tarqalib bormoqda.
Ba’zi mualliflar hujjatlarni shuningdek boshqa belgilari, masalan, boshqaruv
funktsiyalari, qatorlar soni, tuziladigan joyi va shu kabilar bo’yicha ham guruhlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: