Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi


Noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar



Download 3,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/241
Sana05.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#741365
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   241
Bog'liq
2 5238232098061424691

Noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar
ga mazkur korxana ixtiyoridagi uy-joy 
xo’jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo’ljallangan va sog’liqni saqlash vositalari kiradi. 
Bular turar-joy binolari, kino-teatrlar, bolalar bog’chalari va yaslisi, bolalar oromgohi, bolalar 
dam olish joylar, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriylari, tibbiyot 
punktlari, binolari, shu binolarda (korxonaga qarashli) joylashgan asbob-uskunalari va 
inventar hamda ulardan foydalaniladigan (korxonaning mulkini hosil qiladigan) materiallar, 
dori-darmonlardan iborat. Bu mablag’larining barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish 
hamda ularga zarur bo’lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo’ljallangan. 
Buxgalteriya hisobida kapital ikkiga bo’lib hisobga olinadi: aktiv (harakatdagi) kapital 
va harakatdagi aktiv kapitalning manbaini ko’rsatuvchi passiv kapital. 
Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o’z faoliyatining hajmi va harakteriga 
qarab mablag’larini shakllantiradi. Agar ularda qo’shimcha mablag’ga vaqtinchalik ehtiyoj 
tug’ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish 
natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg’arilgan fondlardan, 
davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag’larini hosil 
qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan 
mablag’lar ma’lum maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’ladi. 
Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga 
mo’ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. 
Mablag’lar manbalarining tusi (xarakteri) mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar 
eng avvalo o’zining butun yashash davri uchun umumdavlat fondidan (davlat korxonalari) 


26 
yoki o’zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik 
foydalanish uchun mablag’lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag’larining tashkil topish manbalari va qanday 
maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: o’z mablag’lari, qarzga 
olingan (jalb qilingan) mablag’lar. 
O’z mablag’lari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida beriladi va unga 
biriktirib ko’yiladi. 
Davlat korxonalarining mablag’laridan farqli o’laroq, boshqa mulkchilik shaklidagi 
korxonalarning o’z mablag’lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning qo’shma yoki 
individual mulkidan iborat bo’ladi. 
Kapital (fond)lar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning 
ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali (fondi) va zahira (rezerv) kapitalidan tashkil 
topadi. 
Ustav fondi, korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat fondidan (davlat 
korxonalarining kapitali) kelib tushgan mablag’larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida 
foydalaniladigan buxgalteriya atamasidir. Ustav kapital esa aksincha, muassislardan 
(mulkchilikning boshqa shakllarida) kelib tushgan mablag’lardan iborat bo’lib, u nodavlat 
sektoridagi korxonalarning buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir.
Qarzga olingan (jalb qilingan) mablag’lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun 
ma’lum bir vaqtga, ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular 
o’z egalariga qaytarilishi lozim. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan 
mablag’lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi. 
Kreditlar va jalb qilingan mablag’larga banklarning qisqa muddali, uzoq muddatlari 
hamda yuridik, jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag’lari kiradi. Qisqa muddatli bank 
kreditlari va qarzga olingan mablag’lar korxonaning vaqtinchalik ehtiyojlari uchun 
qo’shimcha mablag’larning asosiy manbai hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo’ldagi 
hisob-kitob hujjatlar va boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli 
kreditlash tartibida, ya’ni uncha uzoq bo’lmagan muddatga (bir yilgacha), shu muddatning 
o’tishi bilan ularni bankka albatta qaytarish sharti bilan beriladi. 
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik iste’moli uzoq 
muddatli mablag’lari (asosiy vositalar va h.k.)ga uchun, lekin uzoqroq bo’lgan muddatga 
olinadigan qo’shimcha mablag’lar manbaini ko’rsatadi. Bunday kreditlar, yangi texnikani 
joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va ishlab chiqarish texnologiyasini 
yaxshilash; yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish tadbirlariga, buyumlarning 
sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko’tarish; o’z mablag’lari hisobidan moliyalash 
o’rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga xarajatlar qilish uchun beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag’lar ham muddatli va qaytariladigan 
xususiyatlarga ega bo’lib, bir necha yilga beriladi. 
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol etkazib beruvchilar va boshqa kreditorlarga 
bo’lgan qarzlarni o’z ichiga oladi. 
Mol etkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan tashkilotlarga 
aytiladi. Moddiy boyliklar bo’yicha qilinadigan hisob - kitob tizimiga binoan, boyliklarni 
olish vaqti bilan ularga haq to’lanishi o’rtasida birqancha vaqt o’tadi. Shu davr davomida 
mazkur korxona o’zlarining mol etkazib beruvchilari oldida qarzdor bo’lib qoladilar. Natijada 
mol etkazib beruvchilarga bo’lgan qarz ushbu korxona mablag’lari uchun vaqtinchalik 
qo’shimcha manbaga aylanadi. 
Boshqa kreditorlar - korxonaga boshqa (tovarsiz) muomalalar bo’yicha qarzdor 
bo’lgan tashkilotlar (yoki shaxslar) kiradi. Ularga ijtimoiy sug’urta organlariga, pensiya, ish 
bilan ta’minlash jamg’armalariga va hokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi. Bular - 
ishchi va xizmatchilarga ularning o’z (individual) ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar 
bo’yicha, sud organlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish xaqlaridan har xil 
tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar bo’yicha, ishchi va 


27 
xizmatchilar tomonidan o’z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari bo’yicha korxonaning 
qarzlaridir. 
Ma’lumki, yalpi foyda amalda mahsulot sotishdan sof tushum va ishlab chiqarishga 
ketgan harajatlar o’rtasidagi farq sifatida namoyon bo’ladi. U markazlashtirilgan davlat sof 
daromadi va korxona sof daromadiga bo’linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi 
qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i va foydadan ajratmalardan hosil bo’ladi. Qo’shilgan 
qiymat solig’i va aktsiz solig’i korxona mahsulotining realizatsiyasi jarayonida qat’iy 
me’yorlar bo’yicha undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida 
davlat byudjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va 
davr harajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to’lash va boshqa ehtiyojlar 
harajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Shunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda 
ikki tomonlama yo’nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi 
esa korxona ixtiyorida qoldiriladi. Buxgalteriya hisobi mazkur korxona va uning xo’jalik 
bo’linmalari ega bo’lgan mablag’lari va ulardan foydalanishning samaradorligi kerakli 
axborot bilan ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. 
Quyida mablag’lar manbalari chizmasini keltiramiz. 

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish