Tijorat banklari investitsion faoliyatining samaradorligini oshirish yo’llari
Respublika tijorat banklari bir holda o'z tarkibiy tuzilmalarida qimmatli
qog‘ozlar bo'yicha fond bo'limlari yoki boshqarmalariga egadirlar, ular fond
qimmatliklari bilan amalga oshirish mumkin bo'lgan turlicha operatsiyalarni
bankning o'z qimmatli qog‘ozlari emissiyasini tashkil etishdan tortib investitsiya
muassasalariga xos bo'lgan barcha operatsiyalar majmuini bajaradi. Bunda fond
bo'limlari bevosita bank operatsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bilan amalga
oshiriladigan operatsiyalarni uyg‘unlashtirishi (masalan, veksellar hisobini
yuritish), shuningdek, investitsiya muassasalari uchun xos bo'lgan operatsiyalar
bilan birga amalga oshirishi mumkin. Boshqa hollarda esa, tijorat banklari tashqi
jihatdan mustaqil yuridik shaxslar sifatida ish yuritadigan, ammo amalda
ularning banki ta'sischilari tomonidan to'la nazorat etiladigan va boshqariladigan
investitsiya muassasalarini yaratadi. Bir tomondan bu bank uchun qulaydir,
chunki bunday investitsiya muassasasi o'z mustaqil hisob raqami, o'z muhriga
ega bo'lib, amalga oshirgan barcha operatsiyalari uchun o'zi javob beradi.
Ikkinchi tomondan esa, bunday investitsiya muassasalari tomonidan "ishlab
topilgan" pul mablag‘lari bankka katta yo'qotishlar bilan o‘tishi mumkin, chunki
bu holda ular ikki marta soliqa tortiladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan tijorat
banklari aktivlari chuqur tadqiq etilgan.
Hоzirgi kunda O’zbekistоn Respublikasi tijоrat banklarining yuqоri riskli
kоrpоrativ qimmatli qоg’оzlarga sarflagan investitsiyalari kichik salmоqni
egallaydi. Ushbu hоlatga sabab, davlat qisqa va urta muddatli оbligatsiyalari
uchun to’lоv kafоlatlangan, ulardan оlinadigan fоyda sоliqqa tоrtilmaydi.
Shuningdek, Respublikamizda kоrpоrativ qimmatli qоg’оzlar bоzоri, ayniqsa
ularning ikkilamchi bоzоri yaхshi rivоjlanmagan. Natijada, tijоrat banklarining
qimmatli qоg’оzlarga qilgan investitsiyalari tarkibida qayta sоtish maqsadida
оlingan qimmatli qоg’оzlar hissasi yuqоri bo’lib qоlmоqda.
Bundan tashqari, tijоrat banklari investitsiya pоrtfeli hajmining kattaligi
uning kapitalni etarlilik darajasiga salbiy ta’sir qiladi, chunki investitsiya pоrtfeli
summasi jami regulyativ kapital tarkibidan chegiriladi. Savdо maqsadida
оlingan qimmatli qоg’оzlar esa tijоrat banklari jami regulyativ kapitali
yetarligiga salbiy ta’sir qilmaydi.
Ayni paytda tijоrat banklari kоrpоrativ qimmatli qоg’оzlarga investitsiya
qilganda ularning likvidlilik darajasi pasaymоqda. Bunga sabab, ko’pchilik
kоrpоrativ qimmatli qоg’оzlarning darоmadlilik darajasini pastligidir.
Fikrimizcha, tijоrat banklarining investitsiya faоliyatini rivоjlantirish
uchun ularning jami regulyativ kapitalini оshirish lоzim. Shu hоlatdagina tijоrat
banklari kapitalining etarliligi Markaziy bank tоmоnidan qo’yilgan talablarga
javоb beradi va ularning investitsiya qilish imkоniyatlari оshadi.
Tijоrat banklari investitsiya pоrtfelidagi darоmadlilik darajasi past bo’lgan
qimmatli qоg’оzlarni sоtib, ularning o’rniga birjada kоtirоvka qilinadigan va
darоmadli qimmatli qоg’оzlarni sоtib оlishi zarur.
Shuni ta’kidlash joizki, tijоrat banklari faоliyatida fоydali qimmatli
qоg’оzlarga investitsiya sarflash muhim o’rin tutib, ularni istiqbоlli
rivоjlanishining asоsiy оmili hisоblanadi.
Bank investitsiyalariga fоyda оlish maqsadida bir yildan оrtiq vaqtda
to’lash sharti bilan qimmatli qоg’оzlarga mablag’larni qo’yilma qilish kiradi.
Agar bank turli emitentlar qimmatli qоg’оzlaridan bir necha turini sоtib оlsa
ya’ni uning qo’yilmalari diversifikatsiyalangan bo’ladi va bunda bank
investitsiyalar pоrtfeli namоyon bo’ladi.
Investitsiya pоrtfeli tarkibiga uni rejalashtirish, tahlil qilish va tartibga
sоlib turish, pоrtfel оldiga qo’yilgan vazifalarga erishish uchun uni shakllantirish
hamda quvvatlab turish, uning likvidliligini zarur darajada saqlab turish va u
bilan bоg’liq хarajatlarni kamaytirishni o’z ichiga оladi. Investitsiya siyosatini
ishlab chiqish va investitsiya pоrtfeli tuzilmasini aniqlash vaqtida banklar
avvalоmbоr likvidlik, darоmadlilik va хatarga e’tibоr beradi.
Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklari obligatsiyalar bilan bo‘g‘liq
operatsiyalarda ham ishtirok etmoqdalar va albatta, ularning bu borodagi ishlari
hajmi yillar kesimida o‘sib bormoqda. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Bankning investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi
yo'llar bilan amalga oshiriladi:
investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish;
soliq to'lovchilar va soliq solish obektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo'llash;
asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;
monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash;
kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o'tkazish;
yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish
shartlarini belgilash;
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya
loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish mavjud soha rivojidagi
eng muhim omildir. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.
Davlat investitsiya faoliyati doirasida:
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag'i hisobidan
to'g'ridan-to'g'ri moliyalash yo'li bilan amalga oshiriladigan investitsiya lar;
O'zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet el investitsiyalari
va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya
markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar, xususan,
ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan keng miqyosli
ishlar o‘z natijasini berayotir. Tijorat banklari past rentabelli va zarar ko‘rib
ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish jarayoniga jalb
etilayotgani samarasida erishilayotgan yutuqlar buning yorqin dalilidir.
Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada
rag‘batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish , texnik va
texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiya
loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini
mustahkamlash maqsadida8:
Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
Tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda
investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha
departamentlar(boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish,
moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi
banklarning tarkibiy bo‘linmalari sezilarli ravishda o‘zgartirildi hamda ularning
funksiyalari kengaytirildi;
o Barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik
qiladigan banklar boshqaruvi raislarining o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi ,
ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-oktabrdagi PF-3075-sonli farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha
qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy
moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur ko‘nikmalarga ega
bo‘lgan rahbarlar tayinlandi;
o Banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy
sog‘lomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish , texnik va
texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash
bo‘yicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit
portfeli tarkibida bir yildan ko‘proq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70
foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda.
o Bugungi kunda quyidagilar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida
tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblanmoqda:
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha bankning kredit hamda
investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash
mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq
muddatli resurs bazasini mustahkamlash;
loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini qoplashi va
rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab
olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash;
investitsiya loyihalarini moliyalashga o‘z moliya mablag‘larini sarflash va
ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy
monitoring qilish, qo‘yilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini
ta’minlash;
tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini
puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o‘z vaqtida hamda
to‘liq qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish;
2015 yilning 1 yanvarigacha shunday tartib o‘rnatilgan bo’lib unga ko‘ra,
tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy
moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda
solig‘i to‘laydilar.
Investitsiya loyihalarini moliyalash uchun jamg‘arib boriladigan pensiya
tizimi mablag‘lari hisobidan kreditlarni qayta moliyalovchi tijorat banklari
boshqaruvi raislari zimmasiga loyihalar va qarz oluvchi korxonalarning
moliyaviy ahvolidan qat’i nazar mablag‘lardan maqsadli va samarali
foydalanish, ularni ajratilgan foizlarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan shaxsiy
javobgarlik yuklatilgan.
Tijorat banklarining resurs bazasini xususiy kapitalni jalb etish orqali
mustahkamlash, banklarning kreditlash va investitsiyalash imkoniyatini tubdan
oshirishga imkon yaratadi. Shu sabali, tijorat banklari tomonidan aholi va
xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun jozibador omonatlar va depozitlar
ko‘lamini kengaytirish har tomonlama maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qo g‘ozlar, yani oddiy
va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, deposit
va jamg‘arma sertifikatlari hamda boshqa qimmatli qog‘ozlarga mablag‘larni
qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo'llab-quvvatlash hajmini
yanada oshirish, shu jumladan, tijorat banklarining investitsion faolligini
kuchaytirish hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini
yanada kengaytirish bugungi moliya sohasidagi islohotlar doirasidagi muhim
vazifalardan hisoblanadi. 2015-yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning
real sektori korxonalariga ajratiladigan kredit qo'yilmalari umumiy hajmining
2014-yilga nisbatan 25 foizdan ziyod o'sishi prognoz qilinmoqda. Xususan,
2015-yilda yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish, mavjud
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlash hamda qishloq joylarda zamonaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi
yangi turar-joylarni barpo etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan barcha
manbalar hisobidan 2014-yilga nisbatan 1,2 barobarga ko'p investitsion kreditlar
ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni investitsiyalash hajmini kengaytirish
natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan investitsion xatarlarning oldini olish
maqsadida tijorat banklari tomonidan aktivlarni diversifikatsiya qilish, shu
jumladan, kredit portfelini yaxshilash, tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga
qaratilgan zarur chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
Xulosa
bozor munosabatlari sharoitida
tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan
tugallanadi.
Umuman olganda barcha tijorat banklari o‘z ish faoliyatining yakunlarini
foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy
natijalarini yakunida asosiy ko‘rsatkich foyda hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar
natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari kattakichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari,
dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki ,
yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida,
yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga
ega bo‘lishida, ijtimoiy obyektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng
ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan
bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qulay shart sharoitlar yaratish, ularga keng erkinlik va imtiyozlar berish iqtisodiyotning
ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga
hamda aholiga barqaror daromad manbalarini joriy etilishiga imkoniyat
yaratmoqda. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan ko‘plab qaror va farmonlar
ijrosini izchil ta’minlash maqsadida, bank filiallari tomonidan tadbirkorlik
harakati qo‘llab-quvvatlanib, kichik biznes vakillariga qulay shart-sharoitlar
asosida xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bu orqali, yuqorida ta’kidlanganidek,
O‘zbekiston bozorini raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi tovarlar bilan
ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga tijorat
banklari tomonidan o‘ziga yarasha hissa qo‘shib kelinmoqda.
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilish orqali
ular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun ham
qo‘shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pul
mablag‘larini bankdan tashqari jamg‘arilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu
vaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olgan
holda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriy
etilmoqda. Investitsiya dasturi doirasida iqtisodiyotning real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilash jarayonida banklarning moliyaviy k o‘magi katta
bo‘lmoqda. Banklar ham bu borada yetarlicha sarmoya y o‘naltirib, ishlab
chiqarish jarayonining kengayishi, korxonalar faoliyatining yuksalishiga
qo‘shayotgan hissasi yil sayin ortmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |