8.2. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblanishi va tushumi to’g’risidagi hisobotlarni tuzish hamda moliya organlariga taqdim etilishi tartibi.
Tumanlar va shaharlar davlat soliq inspektsiyalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlariga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi hamda tushumi to’g’risida hisobot taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari hamda Davlat bojxona qo’mitasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo’yicha boshqarmalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan bo’linmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi hamda tushumi to’g’risida hisobotlar taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi hamda tushumi to’g’risida hisobotlar taqdim etadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi va tushumi to’g’risidagi hisobotlarning shakllari hamda ularni taqdim etish muddatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlarda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarining tushumlari to’g’risida hisobot taqdim etadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushumlari bo’yicha solishtirish dalolatnomalari bank muassasalari, tegishli davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar hamda tegishli g’aznachilik bo’linmalari o’rtasida tuziladi.
«O’RMV» ATda:
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga daromadlar tushumi to’g’risida tezkor ma’lumot;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjetiga daromadlar tushumi to’g’risida tezkor ma’lumot;
tumanlar va shaharlar byudjetlariga daromadlar tushumi to’g’risida tezkor ma’lumot;
DMJ byudjetlariga daromadlar tushumi to’g’risida tezkor ma’lumot;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjetiga daromadlar tushumi to’g’risida jamlanma ma’lumot;
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga daromadlar tushumi to’g’risida jamlanma ma’lumot;
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga daromadlar tushumi to’g’risida jamlanma ma’lumot.
Daromadlar tushumi to’g’risidagi hisobot to’lovlar turlari kesimida:
tumanlar va shaharlar byudjetlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti;
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti;
DMJ byudjetlari bo’yicha shakllantiriladi.
Daromadlar tushumi to’g’risidagi jamlanma hisobot to’lovlar turlari kesimida:
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti;
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti;
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari bo’yicha shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |