Byudjetlarning hududiy va tranzit g’azna hisobvaraqlaridagi
mablag’lar qoldiqlari to’g’risida
ma’lumot
________________________________________________________________________20___ yil ______________ ____________________________ holatiga
(ming so’m)
-
Mintaqa-
larning
nomi
|
Hududiy
g’azna
hisob-
varag’i-
dagi mab-
lag’lar
qoldig’i
|
Shu jumladan
|
Tranzit
g’azna
hisobva-
rag’idagi
mablag’-
lar
qoldig’i
|
Byudjet
mablag’-
lari
qoldig’i
|
Byudjetdan tashqari mablag’lar qoldig’i
|
Byudjet
mablag’-lari
qoldig’i
|
Byudjet-
dan
tashqari
mablag’-
lar
qoldig’i
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
G’aznachilik bo’linmasi rahbari
_________________
G’aznachilik bo’linmasi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi
(shu’basi) boshlig’i
_____________________________
M.O’. 20___ yil “___” _____________
9.5. G’aznachilik bo’limlarida byudjet hisobotlarini tuzishning axborot tizimlari va ulardan foydalanish
Samarali g’aznachilik boshqaruvi tizimini yaratishda zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo’llashning asosiy maqsadi-bu g’aznachilik tizimining turli sohalarida axborotlarga bo’lgan talablarni to’liq qondirish, davlat miqyosida moliyaviy axborotlarni qayta ishlashning yangicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish orqali moliyaviy resurslarni boshqarishni tubdan o’zgartirishga erishishdir.
Yaratilajak g’aznachilik axborot tizimining asosiy maqsadi-davlat byudjeti ijrosidagi barcha moliyaviy opertsiyalar va jarayonlarni qayd qilish orqali samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishi uchun tezkor, to’liq va ishonchli axborotlar bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. Mazkur axborot tizimi moliya va g’aznachilik organlarining barcha (markaziy, viloyat, tuman bosqichlaridagi) bo’g’inlarini Markaziy bank, tijorat banklari, soliq va shunga bog’liq bo’lgan boshqa tashkilotlarni o’zaro bog’lab va birlashtirib turishi lozim.
G’aznachilik axborot tizimining asosiy maqsadi davlat byudjetini samarali boshqarishga yo’naltirilgan bo’lib, unga erishish uchun quyidagi vaziflarni hal etish talab qilinadi:
byudjet ijrosi jarayonlarida oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchi shaxslarni to’liq, ishonchli, tezkor va kerakli darajada batafsil bo’lgan axborotlar bilan ta’minlash;
markazlashgan byudjet ijrosining moliyaviy resurslarini boshqarishda ishonchli va muntazam ma’lumotlar bazasini yaratish;
davlat byudjeti ko’rsatkichlarini shakllantirishning tezkorligini va ishonchliligini oshirish;
davlat byudjeti ijrosini bashoratlashning ishonchliligini oshirish;
byudjet ijrosining barcha bosqichlarida byudjet tushumlarining miqdori va maqsadli ishlatilishini nazorat qilishni ta’minlash;
byudjet ijrosining barcha bosqichlarida hisobotlarning aniq shakllanishini tezlashtirish.
G’aznachilik axborot tizimini yaratishning pirovard maqsadi davlat byudjeti mablag’larini boshqarishni yanada samarasini oshirishga qaratilgandir, buning oqibatida esa:
davlat byudjeti hisob-kitoblari va hisobotlarning sifati va o’z vaqtida bajarilishi yanada yaxshilanadi;
davlat moliyaviy tizimini monitoring qilish va uning yaqqol bo’lishiga xizmat qila olish imkoniyati yaratiladi.
G’aznachilik axborot tizimini yaratish doirasida echiladigan vazifalar orqali g’aznachilikning asosiy quyi bo’g’inlari ishini avtomatlashtirish, byudjet jarayonining barcha bosqichlarini, ya’ni rejalashtirish, ijro qilish, nazorat qilish va ro’yxatdan o’tkazish, hisobotlarni ishlab chiqish va boshqa masalalarni, shuningdek uning funktsional modullari ijrosini ta’minlash ham qamrab olingan bo’lishi kerak.
Ko’rinib turibdiki, ushbu vazifalarni amalga oshirish axborot texnolo-giyalarini keng ko’lamda qo’llashni talab qiladi va ana shu yo’l orqaligina samarali g’aznachilik axborot tizimini yaratish mumkin bo’ladi.
Davlat byudjetini boshqarishdagi g’aznachilik axborot tizimining zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshiriladigan asosiy vazifalariga quyidagilar taalluqlidir:
davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi axborotlarning tezkorlik bilan to’plash va ularni qayta ishlash orqali davlat miqyosidagi mavjud moliyaviy resurslardan tezkor va samarali foydalanishga imkon berish;
davlat byudjeti mablag’larini YaG’HRda to’planib borishi va saqlanishini ta’minlash;
barcha bosqichlarda va pog’onalarda (mablag’ ajratishdan boshlab kassa chiqimlarigacha) byudjet ijrosining nazoratdan o’tkazilishini ta’minlash, natijada esa, nazoratni to’lovlar amalga oshirilishi kutilayotgan vaqtdan boshlab nazorat qilinishiga va o’z navbatida nazoratning o’ta samarali bo’lishiga erishiladi;
byudjet ijrosi va resurslarini boshqarish jarayoninining samarasini yanada oshirishni ta’minlash;
moliyaviy hujjatlar va elektron xabarlarni standartlashtirish;
moliyaviy hujjatlarning samarali, tezkor, ishonchli va konfidentsial almashinuvini ta’minlash;
byudjetni qabul qiluvchilarga qilinadigan xizmat ko’rsatish sifatini oshirish;
byudjet tasniflanishini markazlashtirilgan holda olib borish va uni barcha boshqarmalar va bo’limlarga tezkor etkazib turish.
Axborot tizimi quyidagi umumiy talablarga javob berishi lozim bo’ladi:
g’aznachilik, bank, moliya, soliq va boshqa tashkilotlarning o’zaro aloqalarini hamda ularning g’aznachilik tizimining yagona axborot bazasi bilan tezkor axborot almashinuvini, g’aznachilikning asosiy masalalarini avtomatlashtirish va byudjet bilan bog’liq tashkilotlar bilan telekommunikatsion vositalar orqali axborot almashishini ta’minlash;
byudjet tizimidagi xususiy masalalarni avtomatlashtirishdan, boshqarish jarayonidagi barcha masalalarni keng qamrovli integrallashgan holda avtomatlashtirishga o’tish;
g’aznachilik bo’limlarida axborotlarni markazlashtirilgan holda avtomatik ravishda qayta ishlash texnologiyasiga o’tish;
Moliya vazirligining g’aznachilik departamenti qoshida turli xil moliyaviy masalalarni echish uchun yagona va markazlashgan tarzda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini saqlash imkoniyatini yaratish;
hukumat boshqaruvi organlariga byudjet tizimi bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun doimiy, to’liq, tezkor va ishonchli axborotlarni muntazam ravishda etkazib turish;
byudjet tizimidagi alohida-alohida xususiy masalalarni avtomat-lashtirishdan voz kechib, shu tufayli sarflanadigan umumiy xarajatlarni kamaytirish, axborotlarni markazlashgan holda qayta ishlash texnologiyasini joriy qilish va qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish hisobiga uning iqtisodiy samaradorligini xam oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |