10.2. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansini tuzilishi
Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans moliya organlari tomonidan bosh-jurnal daftari va aylanma qaydnomalar asosida tuziladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, Pul mablag’lari, Xarajatlar, Berilgan ssudalar, Hisob-kitoblar va O’tkazilgan mablag’lar bo’limlari tashkil etadi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning passiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, Daromadlar, Olingan ssudalar, Hisob-kitoblar, Olingan mablag’lar va Natijalar bo’limlari tashkil etadi.
Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar bilan bir xil bo’ladi. Joriy yil bo’yicha mahalliy byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
a) mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan, memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi;
b) buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki "Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar "Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari, shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab o’tiladi.
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya hisobi daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi.
Moliya organlarining Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi quyidagi bo’limlardan iboratdir
Do'stlaringiz bilan baham: |