2.MOLIYAVIY NAZORATNING OBYEKTI VA SUBYEKTLARI. Davlat moliyaviy nazoratining obyekti bu davlatning moliyaviy resurslarini tasarruf qiladigan tashkilotlar, muassasalar, va davlat korxonalari hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati subyekti esa ushbu nazoratni amalga oshiruvchi subyektlari(maxsus davlat tuzilmasi) kiradi.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish tashkil etish, tartibga solish va nazorat yuzasidan hisobotlar tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi o‘zlarini vakolatlari bo‘yicha qatnashishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 8-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 171-moddasiga binoan, davlat moliyaviy nazoratini “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.(3-rasm)
3-rasm. Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar5 Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi”6 deb belgilangan.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan. U mustaqil va obyektiv organ bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish yuklatilgan:
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametriarining shakllanishjarayonlarini tizimli o'rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish;
davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
davlat byudjetini ijro etish, soliq tushumlari va pul ko'rsatkichIari bo'yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bo'yicha taldiflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sirini ko'rib chiqish;
mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar o'rtasidagi o'zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bo'yicha takliflarni tahli1 qilish va baholash;
umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bo'yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan to'lovlarning kelib tushishi to'liqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
byudjet jarayonida chetga chiqishlarni tahlil qilish va o'rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
milliy valyutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy o'sish va narxlar barqarorligi ko'rsatkichlarining optimal birligiga erishish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish va baholash;
oltin-valyuta zaxiralari, shujumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat etish, yo'qotishlar va suiste'molliklar kanallari va imkoniyatlarini yo'qotish maqsadida davlat oltin-valyuta zaxiralarining butun harakati tiniqligini ta'minlash;
davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring o'rnatish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bo'yicha o'z vaqtida xizmat ko'rsatilishini nazorat etish;
chet davlatlarda davlat mulkini realizatsiya qilish bilan bog'liq masalalar bo'yicha tahlil o'tkazish va ulaming nazorat etilishini ta'minlash;
O'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlari chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish;
olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish;
Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bo'yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va o'tkazish, ular asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish.
Ko'rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar berilgan:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qo'mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, banklardan o'z vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha axborot, ma'iumotiar va huijatlarni belgilangan tartibda so'rash va olish;
zarur bo'lgan hollarda o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bo'yicha ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalarni jo'natish;
o'z vakolati doirasida tekshiruvlar o'tkazish vaqtida davlat organlari va ulaming vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish;
Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bo'lgan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish;
qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bo'yicha taklitlar kiritish.
Moliyaviy nazorat bo‘yicha muhim vazifa va funksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida” 1993-yil 6-maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar va boshqa davlat va xo'jalik boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat moiiyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo'yicha hukumat komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan va bu boshqarmalar o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va ularning quyi organlari alohida o'rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Moliya organlarining ko'p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko'rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini to'plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo'yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan:
1) respublika vazirliklari, qo'mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qo'yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa choratadbirlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) qimmatli qog'ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog'ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
3) respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan, shuningdek barcha ko'rinishdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar (jumladan eksport) uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviyxo'jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish.
Davlat soliq xizmati organlari o'z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruv organlari, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro birgalikda bajaradilar. Ko'rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart. Ko'rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil etish Davlat soliq qo'mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi to'g'risida nizomga muvofiq u davlat soliq xizmatining soliq qonunchiligiga rioya etilishi, davlat iqtisodiy manfaatiari va muIkiy huquqIarini himoyalashning ta'minlanishi sohasidagi nazorat bo'yicha markaziy organi hisoblanadi. Davlat soliq qo'mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq to'lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlarning to'g'ri hisoblab yozilishi, ularning to'liq va o'z vaqtida to'lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qo'mitasi o'z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqlidir:
1) Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq boshqa tekshiruv va nazorat organlarini jalb etgan holda, mulkchilikning barcha shakllaridagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviyxo'jalik faoliyatini tekshirish;
2) soliq to'lovchilarda jumladan soliq to'lovchilar bilan bog'langan qarshi sub'ektlarda) moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, smetalar, soliqlarni hisoblab yozish va to'lash hamda eksport-import bilan bog'liq bo'lgan hujjatiami hujjatiar asosida tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha zarur bo'lgan tushuntirish, ma'lumotnoma va ma'lumotlarni olish;
3) savdo, tovarlarni sotish va xizmat ko'rsatish, aksiz spirtli ichimlik va tamaki mahsulotiarini realizatsiya qilish va markalash qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mabJag'larining to'liq kirim qilinishi, nazorat-kassa apparatiarini qo'llash qonunchiligiga rioya etilishi va boshqalarni nazorat qilish.
Yuqorida tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatlarini bir qator qonunlar, qarorlar asosida amalga oshirishadi.
Davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish va uni faoliyatini tartibga solish maqsadida o‘z faoliyatini olib borgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 173-sonli qarori qabul qilindi va ushbu qaror 2017-yil 25-oktabrgacha amal qildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 24-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 870-sonli qaror qabul qildi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarining maqomini, vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini hamda faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.
Ushbu qarorga muvofiq, Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini, byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari maqsadli sarflanishini, moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan byudjet qonunchiligiga, shuningdek byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi hisoblanadi. Bundan tashqari, Bosh boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Qolaversa, qarorda Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanishi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga bo‘ysunadi va hisobot berishi belgilangan. Jumladan, ushbu idoraning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari o‘z faoliyatida bevosita Bosh boshqarmaga bo‘ysunadilar va hisobot beradilar. Yana bir jihatga e‘tibor qaratish lozimki, hududiy davlat moliyaviy nazorat boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
Davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish hamda byudjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustda “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300 sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:
buxgalteriya (byudjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning to‘liqligini, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit;
konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan byudjet mablag‘laridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning to‘liqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi;
nazorat obyektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va prefensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning tejamkorligi, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalshgan byudjet va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligini va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalshtirish manbaalari bilan ta‘inlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi.
Bundan tashqari, Hisob palatasi Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab “Davlat auditi” dasturiy kompleksining ishga tushirildi. Ushbu dasturiy komleksga:
byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarda o‘tkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi;
har bir nazorat tadbiri uchun o‘rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma’lumotlarni jamlash va tahlil o‘tkazish tartibini o‘z ichiga olgan nazorat tadbirini o‘tkazish rejasi tuziladi hamda kiritiladi;
barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) “Davlat auditi” dasturida jamlanadi;
davlat moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan holatlar bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazilgan tashkilotning yozma fikri nazorat tadbiri tamomlangandan keyin besh kun muddatda “Davlat auditi” dasturiga joylashtiriladi.
“Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanishi belgilandi.
Shuningdek, “Davlat auditi” dasturini ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.
Yuqoridagi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga bir qancha o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish maqsadida ushbu qonunchilik hujjatlari o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-128 sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi” nomi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi nomiga o‘zgartirildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.
Ushbu inspeksiya tarkibiga:
byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovi hamda amalga oshirilgan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun 40 ta shtat birligidan iborat Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi;
davlat moliyaviy nazorati tizimida mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa korrupsion holatlarning oldini olishga mas’ul bo‘lgan, 10 ta shtat birligidan iborat Komplayens nazorati boshqarmalari kiritildi.7
Inspeksiyaning axborot tizimini yaratish hamda uni amaliyotga joriy etish maqsadida Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasini yaratish belgilandi.
Ushbu qarorga muvofiq, qonunchilikda belgilangan asoslarga ko‘ra, byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovi sifatida:
qurilish qiymati 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan obyektlarda — qurilishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli tashkilotlarni jalb qilgan holda;
qurilish qiymati 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarda — Inspeksiyaning qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Inspeksiya faoliyatini olib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Qolaversa, ushbu Prezident qarorini ijrosini ta‘minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martda “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 129-sonli qarori ham qabul qilindi va ushbu qarorda inspeksiya faoliyatini amalga oshirishi borasidagi vakolatlari belgilandi. Unga ko‘ra, inspeksiya yuridik shaxs maqomiga ega hisoblanadi hamda uning hududiy boshqarmalari esa yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilgan. Inspeksiyaning markaziy apparati va xududiy boshqarmalarining xodimlari Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.8 Ushbu qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tarkibiy tuzilmasi ham belgilandi va buni quyidagi ilovalarda ko‘rish mumkin.(1-ilova)9 Yuqoridagi rasmda davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining markaziy apparatining shtatlari bo‘yicha tuzilishi keltirilgan.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining umumiy shtat soni 85 birlikdan iborat bo‘lib, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xududiy boshqarmalarining tarkibiy tuzilishiga to‘xtalsak, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xududiy boshqarmalarida boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 24 — 39 birlik etib belgilandi. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi xududiy boshqarmalarining umumiy soni 438 birlik hisoblanadi. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida belgilanadi.