Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 03 | 2022
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
43
omillarni bilish kerak.
Modda almashinuvi buzilishiga quyidagi omillar sabab boladi.
1.
Yem-xashaklarda va ratsionda oqsil, uglevod, yog’ va mineral moddalarning kam yoki ko’p
bolishi.
2.
Endogen faktorlar natijasida: jigar kasalliklarida, meda ichak kasalliklarida, gormonlar va
fermentlar kam yoki kop ishlab chiqarilsa, me’da mikroflorasi ishi buzilsa.
3.
Har qanday yuqumli, parazitar, yuqumsiz kasalliklarda modda almashinuvi buziladi.
4.
Saqlash sharoiti buzilganida modda almashinuvi buziladi.
Modda almashinuvi buzilishiga diagnoz qoyish uchun quyidagi tekshiruvlarni o’tkazish shart.
Ekologik situatsiyani taxlil qilish. Bunga quyidagilar kiradi.
a). Yem xashaklar turi va uning o’zgarishlari.
b). Tuproq tarkibi tahlili va o’zgarishini aniqlash.
c). Hayvonning saqlash sharoitini o’rganish.
Malumki, dukonlarda sotiladigan oddiy oynalar tarkibida titan va temir (Fe) ko’p. Bular D
vitaminni hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan ultrafiolet nurlarini o’tkazmaydi. Shuning uchun
yosh buzoqlarda mineral almashinuvi buzilib, raxit kasaliga chalinadi.
Xojalik ratsionini taxlil qilish.
Buning uchun xo’jalikdagi hamma yem xashaklardan namunalar
olib, viloyat agrokimyo laboratoriyasiga jo’natadi. Laboratoriyada yem-xashaklardagi moddalar
aniqlanib, javobi yuboriladi. Shu javobga asosan vrach ratsion tarkibidagi yem xashaklarning
to’yimliligini aniqlab, ratsionning toliq yoki toliq emasligini tahlil etadi. Tahlil paytida ratsionda
hazm boluvchi protein, Ca, P, uglevod, karotin, mikroelementlar kam bolsa, bu moddalar
ratsionga qo’shib beriladi.
Hayvonda modda almashinuvi buzilsa, birinchi kesuvchi tishlar qimirlaydi, hamda oxirgi dum
umurtqalari so’rila boshlaydi, katta qorin matorikasi susayadi. Shox, ko’z, yelka, bo’yin atrofi
junlari tushadi. Keyinchalik raxit, osteodistrofiya, osteomalyasiya, osteoporoz, avitaminoz,
ketoz, ketonu-riya, mikroelementoz kasalliklari paydo boladi. Hayvonda oyoq bog’inlari
shishadi, yurganida oqsaydi, yotganda va turganda og’riq sezib inqillaydi.
Amaliy tajribalar shuni ko'rsatadiki, dietadagi nomunosiblik, ozuqa tarkibidagi biologik faol
komponentlarning (vitaminlar, mineral elementlar) yetishmasligi yoki yo'qligi organizmda sodir
bo'ladigan hayotiy metabolik jarayonlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi va vitamin - mineral
yetishmasligi kasalliklariga olib keladi. Bu buzilishlar tez-tez yosh hayvonlarda, organizmda
metabolizmning oshishi tufayli, intensiv o'sish davrida qayd etiladi. Ozuqa tarkibining yetarli
emasligi yoki yosh hayvonlarda kaltsiy, fosfor va D vitaminining emilmasligi, fosfor-kaltsiy
almashinuvining buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |