Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 03 | 2022
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
42
BUZUQLAR ORGANIZMIGA KALTSIY-FOSFOR MINERALLARIVA
D VITAMININING TASIRINI O’RGANISH
Rejepbayev Joshqin Egamberganovich
Tayanch
doktorant,
Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Nukus Filiali
Farmonov Nizom Ochilovich
SamVMI, V.F.N., Dotsent., Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Nukus Filiali
Абатбаева Айгул Муратбай қизи
Талаба, Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Nukus Filiali
Annotatsiya
: Maqolada Qoraqolpoqiston respublikasi Elliqqalla Tumani Toza-Amirabotda
joylashgan "Amir oq chashma " MCHJ sharoitidagi qora va qizil-ola semintal zotiga mansub
buzoqlarda vitamin D va Ca, P mineral moddalarining yetishmasligi kasalliklarini aniqlash
uchun o’tkazilgan tajribalarining natijalari keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Vitamin, mineral, parazit, 10% kaltsiy xlorid eritmasi, Kalsiferol, D3 vitamini,
mikro element, makro element, komponent, metabolizm, depressiya, zootexnik, gigienik,
rezorbsiya, kaltsiy, fosfor.
Kirish.
Modda almashinishini buzilishini aniqlash juda katta ahamiyatga ega. Chunki yil
davomida qoramollarning 20%, qo’y, echkilarning 35%, cho’chqalarning 40% modda
almashinishi buzilishi bilan kasallanadi. Hozirgi davrda ushbu ko’rsatkichlar soni oshib
bormoqda.
Modda almashinishini buzilishi hayvonlarda uzoq muddat
klinik belgilarsiz kechib, hayvon
o’sish va rivojlanishidan qoladi, mahsuldorligi pasayib,
rezistentligi susayib, kasalliklarga
chidamsiz bo’lib qolishi natijasida uning mahsuldorligi kamayadi va katta iqtisodiy zarar
keltiradi. Iqtisodchilarning hisobiga ko’ra modda almashinuvidan keladigan zarar hamma
yuqumli-yuqumsiz kasalliklardan keladigan zarardan ko’p.
Hozirga vaqtda modda almashinuvining buzilishini aniqlash veterinariya
fanida eng murakkab,
eng qiyin va to’ligicha hal qilinmagan muammolardan biri hisoblanadi.
Modda almashinuvi buzilishini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
1.
Modda almashinuvi buzilishiga diagnoz qo’yish uchun veterinariya vrachi juda ko’p fanlarni
to’ligicha egallagan bo’lishi kerak.
2.
Organizmda ayrim modda almashinishi turlari bo’lmasdan, bir butun modda almashinuvi
mavjuddir. Shuning uchun bir turdagi modda almashinuvining buzilishi albatta ikkinchi
turdagi modda almashinuvining buzilishiga olib keladi.
3.
Organizmdagi hamma azolar va sistemalar bir-biri bilan va modda almashinuvi bilan bog’liq.
Shuning uchun har qanday a’zo va sistema kasalliklari o’z navbatida modda almashinuvi
(kasalliklar) ga olib keladi.
Diagnoz qo’yish uchun modda almashinuvi
buzilishining rivojlanishini, keltirib chiqaradigan