Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori N.A.Diyarov kirish so‘zi
bilan ochib, kun
tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy
maqsad, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga
qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan
qarshi kurashish kerakligini tushuntirish lozimligini ta’kidladi. Shundan so‘ng so‘z
navbatini Termiz
shahar IIOFIB 3-sonli IIB XPG katta inspektori leytenant F.Qurbonovga berdi.
Termiz shahar IIOFIB 3-sonli IIB XPG katta inspektori leytenant F.Qurbonov – o‘z ma’ruzasida
professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga “buzg‘unchi g‘oyalar” tushunchasi, uni keltirib
chiqaruvchi sabablar va hozirgi kunda bu kabi salbiy illatni oldini olish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy
immunitet hali to‘la shakllanmaganligini, ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini
tekshirish
lozimligini aytib o‘tdi. Ta’kidlash lozimki, internetdan tarqalayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi
axborotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlarga ham
erishish mumkin. Bunday axborot xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik
dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini
unutmaslik kerak. Buning asosiy sabablaridan biri esa tajovuzkorlikni targ‘ib
etuvchi tele, radio,
audio, video va multimedia mahsulotlari, internetdagi ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining
ko‘payib borayotgani, xilma-xil usullarda tarqalayotganidir. Ularning barchasi talaba-yoshlarni
psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, ularni zimdan boshqarish axboriy-psixologik
ta’sir o‘tkazishning samarali vositasi sifatida namoyoon bo‘lishini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida
davlat va jamiyat
hayotining barcha sohalarida buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga
oshirish hamda unga oid xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan
ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
So‘ng Surxondaryo viloyat Termiz shaxri “Ma’rifat” mahallasi raisi O. Buxorov so‘zga chiqib,
buzg‘unchi g‘oyalar har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga
zarar yetkazishi,
davlatning konstitutsiyaviy asoslarini xamda jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirishi,
demokratik institutlar va qonun ustuvorligini kuchsizlantirishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
jiddiy tarzda buzilishiga olib kelishi haqida gapirirdi. Buzg‘unchi g‘oyalar uyushgan jinoyatchilikni,
terrorizmni va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o‘sishiga
yordam
berishini aytib o‘tdi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida jamiyatda
buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynayotganligi
ta’kidlandi.
Tadbir davomida Surxondaryo viloyat Termiz shaxri “Ma’rifat” mahallasi diniy masalalar bo‘yicha
mas’ul Yu. Baxromov so‘zga chiqdi. U o‘z ma’ruzasida bugungi kunda islom dinini niqob qilib olib
noinsoniy harakatlarni olib borayotgan terrorchilik tashkilotlari qo‘lida qurol bilan musulmon
davlatlarida olib borayotgan xunrezliklar hamda ekstremistik qo‘llanmalar tarqatish orqali dunyo
yoshlarini ongini zaharlab o‘zlarining g‘arazli niyatlarini amalga oshirayotganligini ta’kidladi.
Hozirgi davrda
islom dinini niqob qilib, o‘zlarini musulmonman, deya qo‘poruvchilik, terrorchilik
harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o‘limiga sababchi bo‘layotgan manfur
kimsalarning qilmishlari haqida talabalarga batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek,
bugungi kun
yoshlarining qay darajada bilimli va vatanimiz kelajagi uchun o‘zining yaxshi xulqi, bilimi, o‘z
kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishi lozimligini, shuning bilan birga doimo ogoh bo‘lgan holda
har birimiz yurtimizning tinchligi uchun mas’ulmiz, deya ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy bo‘ldi hamda talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga
mutaxassisislardan atroflicha javob olishdi. Shuningdek, talaba-yoshlar
tomonidan tadbir
tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, buyuk kelajakni qurish yo‘lida oliy maqsadlar sari
og‘ishmay mehnat qilishlari haqida gapirdilar.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi”
mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati yuqori sur’atda o‘tdi.