Mushabbihalar yoki at-tashbih
Arabcha “o’xshatuvchilar, o’xshatish tarafdorlari” yoki antropomorfistlar. Turli xil aqidaviy ta’limotlarnig hosila nomi bo’lib, bu yo’nalish vakillari Ollohni inson qiyofasu shaklida tasavvur qiladilar.
As-sifatiya
Sifat (arabcha belgisi, xususiyati, tabiati) atamasi, Ollohning xususiyatlarini ifoda etishning biri bo’lib, mo’taziliylar tomonidan qo’llangan. Kalom ilmi rivojlanishining ilk bosqichida “Sifat” bilan bir qatorda “maani” (ma’nosi, mazmuni, g’oyasi) atamasi ham qo’llanilgan. Ba’zi mutakalimlar(mo’taziliy Abu Shaxsim al-Jubboiya, Ah’ariy al-Boqilloniy, Al-juvayniy ba Faxriddin Roziy) “Sifat” o’rnida “ahvol” atamasini ishlatganlar. Ollohdagi insonlar nazdida ijobiy hisoblangan sifatlarni tan olish “isbot” degan nom oldi va bu g’oya tarafdorlari “sifatiya” deb ataldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |