Takvoning kulami
Ziyoratchilardan biri xukmdor Umar ibn Abdulazizga hadya sifatida olma keltirdi. Ammo u hadyani qabul qilmadi. SHunda ziyoratchi: "Hadyani Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham olganlar, nechun siz olmayapsiz? deb soradi. Bunga javoban Umar ibn Abdulaziz: "Rasulullohga berilgan narsa, shubhasiz, hadyadir. Ammo bizga berilgan narsa rishva (pora) bolib qolishi mumkin, dedi.
Masjidga borgandi, namoz asnosida telefoni jiringlab qoldi. Ibodat tugagach imom va namozxonlar: "Allohning uyida gunoh qilasanmi? Er yutishidan qorqmaysanmi?" - deya barobar tashlanib qolishdi.
Masjiddan chiqib, qaytib kirmadi..
SHu kuni qahvaxonaga bordi. Ehtiyotsizlik qilib, chekayotgan shishasini sindirib qoydi. Qahvaxona xizmatchisi: "Hech xijolat tortmang! Kelgan balo-qazoga ursin, ozingiz salomatsizku!" - dedi.
Osha kundan boshlab masjidga borishni yigishtirib, qahvaxonaning kunda-shundasiga aylandi.
Nasihat: Kongilni shod qiling, nafratlantirmang! Engillashtiring, qiyinlashtirmang!
Uyaltirmang! Bagrikeng boling! SHarmanda qilmay tanbeh bering!
Hamisha shunday bolavermaydi
Bir kuni kochada sayr qilib yurgan kishi yol chetida otirgan keksa odamni korib qoldi. U moysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:
- Otaxon, ulug yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yolini bosib otgansiz. SHubhasiz, juda dono bolsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qaerdan ish topa olmayapman, oglim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun boyi uyda otirsa ham, hech qaerga qaramaydi. Xosh, men bu vaziyatda qanday yol tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini ozgartira olaman?.
Qariya javob berdi:
- Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga Hamisha shunday bolavermaydi deb yozib qoy.
SHu xolosmi? hayron boldi erkak.
SHu xolos javob qildi keksa kishi.
U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt otgach, uning ogli giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh yigit bilan yaxshi korishib, oila qurdi. Ayoli ham ozgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning ozi esa serdaromad ishga joylashdi va kop otmay, hatto mashina sotib oldi.
Kunlarning birida u tanish kochadan otib borayotib, ikki yilcha oldin keksa moysafidni uchratgan joyida toxtadi. Qariya hali ham shu erda otirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, soz qotdi:
- Ha, boboy, haliyam otiribsizmi? Men bolsa, korib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. Oglim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. Ozim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam oshandek otiribsiz, nonoq chol! Xosh, endi menga nima deb maslahat berasiz?.
Bu gaplardan qariyaning chehrasi ozgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:
- Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin
.
@Xayyom_Channel 💫
#Ibratli_hikoya
Allohning sovg‘asi
YUnus butun o‘quv yili davomida yangi telefon olish uchun po‘l to‘pladi. Har safar otasi maktabda tushlik qilishga pul berganda u qorni ochsa-da, o‘sha pulni emasdan uyga qaytarib kelardi-da pul yig‘adigan idishchaga tashlab qoyardi.
Pulim etadi degan qarorga kelganidan song bir sinfdoshi bilan kunning ikkinchi yarmida telefon xarid qilishga birga borishga kelishib oldi. Uyiga kelib kiyimlarini alishtirib chiqdi. Qarasa, kochada yana bir sinfdosh ortogi Said mugnayib turibdi. Ular qoshnichilikda yashashadi. Saiddan gamginligining sababini soradi.
Singlim ogrib qoldi. Oyim meni dori olib kelishim uchun dorixonaga yubordilar. Ammo pulim etmadi. Uni oyimga qanday aytishni bilmay turibman. Oyim juda siqiladilar, chunki uyda boshqa pulimiz yoq. Men ham siqilyapman. YUr, bir oz oynaylik, uyga kechroq boraman, ungacha singlim yaxshi bolib qolar balki, dedi Said.
YUnus qanchalik harakat qilmasin, ammo oyini hech qovushmadi. Uning xayoliga Saidning aytgan gaplari mahkam ornashib olgan edi. Koz oldiga dorining tezroq kelishini kutib yotgan Maryam gavdalandi. U hatto telefon olish uchun uydan chiqqanini ham unutgan edi, daf’atan, chontagida puli borligi esiga tushib qoldi.
Menga dorilar royxatini ber-chi, dedi Saidga.
Said nega deb sorab ham otirmasdan qogozni uzatdi. YUnus qogozni olib dorixonaga yugurib ketdi. Royxatdagi dorilarni oldi, dorixonadan chiqib dokonga kirdi va sarxil mevalar xarid qildi. Keyin uni kutib turgan Saidning oldiga xursand bolib qaytib keldi.
YUr uylaringga boraylik, men Maryamga kerakli dorilarni oldim, dedi zavqi ichiga sigmay borayotgan YUnus.
Sen telefon olish uchun yiqqan pulingni sarfladingmi? Nega bunday qilding, axir qancha vaqtdan beri orzu qilardin-ku! hayron boldi Said.
Telefonni keyinroq olaversak ham boladi, Maryamning sogayib ketishi muhim, javob berdi YUnus va bolalar Saidlarning uyiga ketishdi.
YUnus kechqurun uyiga qaytganida uni ajoyib sovga kutayotganini bilmas edi. U maktabda a’lo baholarga oqigani uchun ota-onasi unga yangi telefon xarid qilishgan edi. Bola juda ham hayratga tushdi va kozlari yoshga tolib:
Alhamdullilloh! Alhamdulilloh! Bu Alloh taoloning sovgasi, dedi va bolib otgan voqeani ota-onasiga gapirib berdi.
@Xayyom_Channel💐
Bill Geytsdan ham boy odam
Bill Geytsdan so‘rashdi: Bu dunyoda sizdan ham boy odam bormi?
Geyts: Ha, mendan ham boyi bor, deb javob berdi.
- Kim u? - so‘rashdi.
- O‘qishlarimni tugatib, Microsoft shirkatini qurish ishlari bilan uchib ketish uchun Nyu-York aeroportiga bordim. U erda bir gazeta sotuvchisiga kozim tushdi. Qolidagi gazetalardan biri diqqatimni tortdi. Qolimni chontagimga soldim, mayda pulim yoq edi. Biroz uzoqlashdim, osha qoratanli va yosh gazetachi bola yonimga yugurib kelib:
- Janob, marhamat, gazeta mendan sizga hadya, deb gazetani uzatdi.
Men unga: yonimda mayda pul yoq, dedim.
U ham: Men buni sizga hadya qildim, dedi.
Bu hodisadan roppa-rosa 3 oydan keyin aynan o‘sha aeroportda yana uchrashib qoldik. Bir gazeta diqqatimni tortdi. YAna chontagimda maydam yoq. Bola gazetani uzatib, oling, dedi. Men unga: bolam, otgan safar ham shunday holat yuz bergandi. Sen shunday holatda har korgan odamingga gazeta hadya qilasanmi? - deb soradim.
- Albatta, men hadya berganimda chin qalbimdan beraman. Bu menga xursandchilik ulashadi, xotirjam bolaman...
Bill Geyts aytadi:
- Bu gap mening xayolimni shunday qamrab oldiki, bir savol qiynay boshladi: qiziq, bu bola qaysi mantiq va qaysi hissiyotga asoslanib bunday dedi!?
Oradan 19 yil otdi. Moddiy tomondan ozimni tiklab, dunyoning eng boy odamiga aylandim. Osha bolaning yaxshiligini qaytarish maqsadida bir guruh tuzdim. Ularga osha bolani qidirib topishlarini tayinladim. Ularga osha aeroportga borib, menga gazeta sotadigan qoratanli bolani topib kelishlarini buyurdim. Bir yarim oydan keyin bir joyda uning qoravullik qilayotganini bildim. Unga taklifnoma yuborib, ofisimga taklif qildim. Kelganida:
- Meni tanidingmi? - deb soradim.
U ham: - Albatta, Siz Bill Geytssiz. Sizni hamma taniydi, dedi.
- Esingdami, sen yoshligingda gazeta sotarding, menda mayda pul bolmagandi, sen menga gazetani hadya qilganding. Buni nima uchun qilganding?
- Buning ma’lum bir sababi yoq. Bir kishiga evaziga hech narsa kutmasdan bir narsa bersam, xursand bolaman, huzurlanaman.
- Men senga osha yaxshiligingni qaytarmoqchiman. Istaganingni sora.
- Qanaqasiga qaytarasiz?
- Nima istasang sora, beraman...
Yigit kulib turib:
- Nima sorasam oshani berasizmi? Rostmi?
- Ha, sora...
- Sizga rahmat, janob. Lekin hech narsaga ehtiyojim yoq.
- Bir narsa sorashing kerak, yaxshiligingni qaytarmoqchiman.
- Janob Bill Geyts, sizning kuchingiz kop narsaga etadi. Lekin mening yaxshiligimni qaytara olmaysiz...
- Nima demoqchisan? Qanday qilib qaytara olmasligim mumkin?
- Siz bilan mening oramdagi farq, men sizga ozim muhtoj bolib turib berdim, lekin siz boylikning choqqisiga chiqqanda qaytarmoqchisiz. SHunday ekan, uni qaytara olmaysiz. Lekin siz qilmoqchi bolgan yaxshilikdan xursand boldim. Katta rahmat.
Bill Geyts aytadi:
Yigitning osha gapi uning mendan boy ekanligini his qilishimga sabab boldi. CHunki, berishning eng yaxshisi ehtiyojing bolib turib berishingdir. Bu yigit aynan shunday qildi.
© Abdulloh Rahimboev tarjimasi
Alloh borligini unga ishonmaydiganlarga isbotlab bergan olim hikoyasi
Bir shaharda Allohga ishonmaydigan dahriylardan biri osha yurtning musulmon ulamolari bilan tortishmoqchi boldi. Ulamolar oralaridagi eng kuchli olimni u bilan tortishish uchun tanladilar. Tortishuv kuni ham belgilandi. Belgilangan kun yetib kelgach, hamma ulamolar haligi olimning kelishini kuta boshlashdi. Lekin u aytilgan vaqtdan kech qoldi. Shunda haligi mulhid (Xudoga ishonmaydigan) hozir bolganlarga qarata: Olimlaringiz qorqib, qochib ketdi. Chunki, men golib chiqishimni va bu koinotning ilohi yoqligi isbot qilishimni bildi deb kerildi. U shunday deb gapirib turgan paytda boyagi olim kishi kirib keldi. Kech qolgani uchun barchadan uzr soradi va kech qolishining sababini quyidagicha izohladi: Men bu yerga kelayotganimida yolda daryo bor ekan. Undan suzib otgani qayiq topolmadim. Qirgoqda biroz kutib turdim. Shunda tosatdan daryoda bir nechta taxtalar paydo boldi. Qarab tursam, haligi taxtalar bir-biri bilan tartibli tarzda birikib, qayiq holiga keldi. Keyin osha qayiq men tomonga suzib keldi. Men unga mindim va daryodan otib, sizlarning oldingizga keldim. Shuning uchun biroz kech qoldim. Bu gaplarni eshitgan mulhid: Bu odam jinni ekan. Qanday qilib hech bir duradgor ustasiz oddiy, jonsiz taxta birlashib, qayiqqa aylanadi?! Oddiy taxta hech kimsasiz bir ozi qanday qilib harakatlanadi?! deb masxara qildi. Shunda olim kishi tabassum qilib: Axir ozing Bu ulkan koinot hech bir yaratuvchisiz oz-ozidan paydo bolgan demaganmiding?! Bitta qayiqning oz-ozidan paydo bolganiga ishonmayapsan-ku! degan ekan...
Bir kuni bir qiz yoldan adashib avtobusidan qolib ketadi. Nima qilarini bilmay, eng yaqin uyga borib, eshikni taqillatadi. Eshikni bir yigit ochib, qizni korib hayron qolib, qizdan "kim siz" deb soraydi.
Qiz ozini talaba ekanligini, bu erga maktabi bilan birga avtobusda kelganini, ular bilmasdan qizni qoldirib ketishganligini va ortga qaytish yolini bilmasligini birma-bir aytib berdi. Yigit qizga:
-" Bu er bir tashlandiq qishloq, siz bora olmayotgan shaharcha janub tarafda, siz esa shimol tarafdasiz. Bu erda hech kim yashamaydi. Keling bu kechani shu erda otkazing, erta tong bilan sizni shaharchangizga eltib qoyaman, - dedi.
Qizni uyiga kirgazib, ozining yotogini qizga boshatdi, ozi esa xonaning bir chekkasida
uxlashini aytdi. Xonaning ortasidan parda tutdi. Qiz korpasiga oranib olib, qorquv aralash yigitni kuzatib yotdi. Yigit esa xonaning bir chekkasida kitobini ushlab otirar edi. Oradan biroz vaqt otgach yigit tosatdan kitobini yopib, roparasida turgan
shamga qarab hayol sura boshladi. Oldin bosh barmogini shamga to kuyguncha tutib turdi. Keyin qolganlarini ham shu tariqa kuydirishni boshladi.
Qiz yigitni kuzatar ekan, uni bir "qandaydir diniy marosimlarini otkazayotgan jin bolsa kerak", degan fikrga kelib, ovozini chiqarishdan qorqib, ich- ichidan yiglardi.
Ikkisi xam uxlolmasdan shu tariqa tong ottirishdi. Tongda esa yigit qizni shaharchasiga kuzatib qoydi.
Qiz uyiga kelib bu hikoyani hammasini oqizmay-tomizmay otasiga sozlab berdi. Lekin ota bu hikoyaga ishonmadi, aksiga olib qiz qattiq qorqqanidan kasal bolib yotib qoldi. Ertasi kuni, ota yigitni oldiga kelib, huddi bir yolovchiday ozini korsatib, yolni tushuntirib yuborishini soradi. Yigit bilganicha tushuntirib bolgach, ota yigitga tashakkur izxor etdi. Song gap orasida boglangan qoliga ishora qilib, nima sababdan kuyganini soradi. Yigit:
-"Kecha bir gozal qiz adashib qolib, majburan menikida tunab qoldi. SHunda shayton meni vasvasa qila boshladi. Har vasvasa qilgan sari oxirat olovini eslashim uchun avval bitta, keyin qolgan barmoqlarimni kuydirdim. Iblis meni oz hiylasiga tortishidan avval men barmogim bilan shaytonning shahvatini kuydirib tashladim. Qizga xujum qilish fikri meni kuygan barmoqlarimdan ham koproq azoblardi.
Yigit qizning otasiga juda yoqib qoldi va ozini kimligini aytmasdan yigitni uyiga taklif qildi. Va osha gozal adashib qolgan qizini yigitga berishga qaror qildi.
Ha, azizlar! Sabrni tagi "OLTINDAN", deb bekorga aytishmas ekan. Yigit ozining sabri va aqli bilan bir kungi harom tunni qolga kiritish evaziga, butun umrini halollik bilan otkazish baxtiga muyassar boldi. Kim Alloh uchun yomonlikdan voz kechsa, Alloh evaziga yaxshiligi bilan siylaydi...!
IBRAT
Bir muslima bemor yotgan nasroniya qoshnisining holidan xabar olgani chiqdi. Va uni toshakda yotganini kordi. Salom - alikdan song:
- Qoshni, keling, sizga Qur’oni Karimdan oqib beray, eshiting! Tuzalib ketasiz, biz kasal bolsak, Qur’on ila shifo sorab, duo qilamiz, tuzalamiz, - dedi. Nasroniy ayol:
- Mayli, faqat, oldin menga ozgina suv bering, juda chanqadim, - dedi.
Muslima unga suv olib keldi. Ichirib qoydi. Song boshini kotarib qoyishini soradi, yostiq qoyib balandlab qoydi.
- Men bir necha kundan beri tuz totganim yoq, qornim och, iltimos, biron taom tayyorlab bering, qarashadigan odamim yoq, - dedi. Muslima:
- Hozir, biroz kuting, emak keltiraman, - dedi.
Hech qancha vaqt otmasdan, issiqina, judayam mazali ovqat tayyorlab keldi. Nasroniyani taomlantirdi, suv ichirdi, yuviqsiz idishlarni yuvdi. Song kelib:
- Qur’ondan biror surani oqib beraymi? - deb yana soradi. Nasroniya kozlaridan kozyosh tokib:
- Men oqib berishingizdan oldin Qur’onni sizda korib boldim, - dedi.
Xulosa: Insonlar sizni hatti - harakatingiz, gozal odob - axloqingiz, chiroyli muomalangiz orqali tanisinlar. Qur’onni oqish, yodlash bu matlub ish. Asosiysi U qalbingizda bolsin! Odamlar uni sizning maslakingizda korsinlar!
SIZ ERDA YURUVCHI QUR’ON BOLING!
TAROZI
Beva, kambagal bir ayol uyida saryog tayyorlab bir dokonchiga olib borib sotar edi. Baqqol ayol olib kelgan saryogni hech tortib kormas edi. Bir kuni negadir uning kongliga bir shubha tushdi. Navbatdagi olib kelingan saryogni tortib tekshirib kordi. Bir kiloli saryog 900 gramm chiqdi. Sotuvchi juda xafa boldi.
Ertasi kuni kelgan ayolga shunday dedi:
--- Endi men sendan saryog olmayman.
Ayol dedi:
--- Nega endi? Bir xatolik otdimi mendan?
--- Sen bir kilo deb beradigan saryoging roppa rosa 900 gram ekan. Ayb emasmi?
SHunda ayol dedi:
--- Taqsir, mening uyimda tarozu yoq. Men sizdan olgan bir kilo shakarni tosh ornida ishlataman...
Sotuvchi nima deyishni bilmay duduqlana boshladi...
Kimgadir qilingan nohaqlik hech qachon javobsiz qolmas ekan...
SIZGA OXSHAGAN ONA BOLAMAN.
Bir kuni onamni qattiq ranjitdim. Ulkan qaygu ichida oksinibgina yuzimga qarab:
Ona bolsang meni tushunasan,- dedi. Osmirlikning tentaklik kezlari edi. Qaygusiga parvo qilmay:
Men aslo sizday ona bolmayman!- dedim. Onam indamay oshxonaga chiqib ketdi. Aslida hali sozimni tugatmasdanoq pushaymon bolib boldim, lekin yoy kamondan otilgandi. Ortiqcha gurur bor edi ichimda. Oldiga borib uzr sorayolmadim. Birdan kechagina olib kelgan kitobiga kozim tushdi. Kichik stol ustida yotardi. Balki kitob o‘qishga tutinsam, konglini olgan bolaman deb xonamga kirib ketdim. Kitob oqiyotib uxlab qolibman. Oradan qancha vaqt otganini bilmayman, dadamning ovozidan uygonib ketdim. Ishdan kelib, onam bilan nimalarnidir gaplashayotgan ekan. Atrofga oqshom qoronguligi tushgan edi. Turmoqchi bolgandim, ustimga yopinchiq tashlanganini payqadim. Kitob qolimdan olinib, ustim yopilgandi. Ornimdan turib chiroqni yoqdim, yotogim boshida bir bolak keks, yonida dolchinli sut va kichik xat turardi: Sen menday ona bolmaysan, mendan ham yaxshi ona bolsan! Boshimdan sharaqlab qaynayotgan suv tokilganday boldi. Qanday qilib onamga shunday deya oldim?!.. Lekin ichimdagi be’mani jahl yana onamning yoniga kelib uzr sorashimga tosiq boldi. Aslida tortishib qolganimizning sababi ham boshimning ustida turgan mana shu keks edi. Men ertangi kungi oquv yili xayrlashuv marosimi uchun keks tayyorlab berishni soradim. Onam ishlari kopligi uchun keks tayyorlab berolmasligini qat’iy aytdi. Onam osha keksni tayyorlab bermasa ortoqlarim oldida xijolat bolardim. Modomiki, onam keksni pishirar ekan, nega meni buncha xafa qildi?
Dadam yonimga keldilar. Yiglayotgandim. Koz yoshlarimni artdilar.
Nimalar bolib otganini bilaman, senga bir sirni ochaman, lekin zinhor onangga aytmaysan, - dedilar. Boshimni tebratdim.
Ertaga mening maosh oladigan kunim. Uyda yog bilan un tugab qolgan ekan. Onangga bir kun biror nima qilib amallab turishini aytgandim. Sen keks tayyorlashini soraganingda, oksinmagin deb uyda mahsulot yoq deyolmabdi. Qoshnilardan sorashga ham iymanibdi. Lekin qattiq xafa bolganingni korib baqqolga qarzga yozdirib olishga majbur bolibdi.
Dadamning sozlarini eshitar ekanman, boshim govlab, miyam uvishib qoldi. Avvalgidan ham ulkan qaygu bilan onamning yoniga qarab chopdim. Hongrab-oksinib yiglardimu, bir soz aytolmasdim. Amallab opkamni bosdimu, shu sozlarni ayta oldim xolos:
Men sizga oxshagan ona bolaman! Oz qayguimni farzandlariga bildirmayman, o‘rni kelganda kiprik qoqmasdan har qanday fidoiylikdan qaytmayman! Va farzandlarimni siz meni sevgandek sevaman!
✍️Tilak JASURning “SENI TUSHUNAMAN, ONA” kitobidan. Tarjimon: Umida ADIZOVA
O‘sha kuni xorijdan qaytayotgan akamni kutib olish uchun aeroportga chiqqandim.
Men kutayotgan samolyotning kelish vaqti kechiktirilgani bois turli-tuman shaharlardan kelayotgan yolovchilarni kuzatib ozimni chalgitishga urinayotgan edim.
YOnimda jajji qizalogini kotarib olgan orta yoshlardagi ayol ham ikki ogli bilan kimnidir kutib turibdi.
Kop otmasdan oila jonlanib qoldi va bolalar aeroport terminalidan shoshib chiqib kelayotgan, elkasiga osma yuk xaltasini ilib olgan erkakka qol silkiy boshlashdi.
U kishi oila oldiga kelib, qolidagi safar sumkasini orindiqqa qoydi va ayolni, bolalarni birma-bir opib, bagriga bosdi.
Uning bu oila boshligi ekanligi korinib turibdi.
“Azizam, bir ozing bolalar bilan qiynalib qolmadingmi?
Mensiz qiynalib qolmadingizmi? Hammalaringiz sog-salomat ekanliklarizdan xursandman, dedi.
Keyin ota yigitlarning yoshi kattasiga yuzlandi va kafti bilan uning sochlarini erkalab, tozgitdi. Oglim, kap-katta yigit bolib qolganingni bugun sezib qoldim!
Safardaligimda yoqligimni bildirmasdan, oilamizga gamxorlik qilganing uchun sendan minnatdorman, dedi.
“Sen-chi, bolam, maktabga borib-kelishda qiynalib qolmadingmi?
Mana, yana birgamiz. Ozim seni kechki sport mashgulotlaringa olib boraman, deb kichkina oglini oziga yaqinroq tortdi.
Keyin esa kotarib olgan chamasi 2 yoshlardagi qizalogini qayta-qayta opib, erkaladi.
Bu manzarani tomosha qilar ekanman, oiladagi mehr-muhabbat rishtalaridan butkul ta’sirlandim.
Oila qurganimga 2 yildan oshgan bolsa ham, oilaviy munosabatlarda bunaqangi holatni na boshdan otkazgan, na eshitgan edim.
“Kechirasiz, dedim oila boshligiga beixtiyor. U kishi uzoq parvozdan keyin toliqqan kozlarini menga tikdi.
“Anchadan buyon safarda bolgan korinasiz? dedim qiziqsinib.
Oila boshligining :
“Ha, 3 kunlik xizmat safarida edim, degan javobi meni yanayam shoshirib qoydi. Ishongim kelmasdi, lekin u rost sozlayotgani aniq. Keyin turmush qurishganiga qancha bolganini soradim.
U kishi turmush ortogiga qarab jilmaydi va shu bahorda nikohlariga on tort yil tolganini aytdi.
Hayratim yanada oshdi.
“Qoyil, dedim baxtli oilaga yana bir bor mamnunlik bilan razm solib.
“Umid qilamanki, mening ham oilamga, ayolimga bolgan e’tiborim on yillardan keyin ham bugungidek yuqori boladi, dedim savollarimni izohlagan bolib.
SHunda meni tushungan oila boshlig‘i miyigidagi tabassum ornini jiddiylik egalladi, menga otkir va xotirjam nigoh bilan boqdi.
“Umid qilma, qaror qil, dostim!
Zero, erkakning oz oilasini farogatga boshlashi uning umidlariga emas, qarorlariga daxldor masala, dedi u va yana tabassum qilib, bu yolda menga omad tilab xayrlashdi.
Muallif: Michael D. Hargrove, Tarjimon: SHuxrat Sattorov
Do'stlaringiz bilan baham: |