Buyuk ipak yo’lining turizm rivojidagi ahamiyati



Download 0,61 Mb.
bet7/13
Sana29.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#415826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
6 mavzu

Qadimgi Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo’lgan. Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi. Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e’lon qildi.
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol qabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig`inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bagishlab ibodatxonalar quradi.
Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo`q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig`inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini o’zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo`g`i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli alfavitli yozuv bo’lgan.
Qadimgi fors me'morchiligining ulug`vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon hosil qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shaxar uch tomondan devor bilan o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi. Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110 zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o`yib tushirilgan. Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yegoch Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog`ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an'analari va texnika usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan riton qadaxlar, zeb-ziynat buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon, yashma kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan bo’lib, haqiqiy san'at asari xisoblanadi. Fors san'atida ayniqsa o’simlik va xayvonlarni hayotiy tasvirlari bo’lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.

Iqtisodiy taraqqiyot er. aw. II asrda Sariq dengizdan boshlanib O'rtayer dengizigacha borgan Buyuk ipak yo'li shakllandi.
Buyuk Ipak yoʻli Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli.
Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.
Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.

Buxoro shahri[tahrir]


Shuni aytib oʻtish lozimki, bu yoʻl hech qachon yagona bir yoʻl boʻlmasdan, balki azim bir daraxtning sadasiga oʻxshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan edi. Masalan, Osiyoni sharqdan gʻarbga qarab kesib oʻtuvchi asosiy yoʻllardan biri qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, uning shimoli-gʻarbiy chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti boʻylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston orqali oʻtgan. Tyan-Shan tizmasi dovonidan oshib oʻtgan karvonlarinng bir qismi Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasi orqali Soʻgʻdiyonaning poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir qismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga borar va Qashqadaryo vodiysi dan oʻtib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan Amudaryodan kechib oʻtib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi. Yoʻlning yana bir yoʻnalishi Tarim shahridan chiqib, Takla-Makon sahrosini janub tarafidan aylanib oʻtib, Xotan va Yorkent shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy Afgʻoniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron, Suriya davlatlari orqali oʻtib, Oʻrta Yer dengizi boʻyiga yetib kelar edi, mahsulotlarning bir qismi dengiz yoʻli bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi. Nomidan ham maʼlum boʻlishicha, karvon yoʻllaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho boʻlgan ipak mahsulotlari edi. Masalan, oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi boʻlib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, Soʻgʻdiyonada bir otning narxi oʻnta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun toʻlash mumkin edi. Ushbu karvon yoʻllarini birinchi boʻlib venetsiyalik savdogar Marko Polo „ipak yoʻli“ deb nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi boʻlib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan. „Buyuk Ipak yoʻli“ atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877- yilda oʻzining „Xitoy“ nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan. Ipak qitʼalararo yoʻl orqali tashib oʻtiladigan asosiy mol boʻlsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol-yarogʻlar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun-moʻynalar, gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar tikilgan matolar, oʻziga xos antiqa mevalar — tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qoʻylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi. Savdogarlarning yoʻl toʻrvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va koʻpgina boshqa xil mollar topilar edi. Buyuk ipak yoʻli orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, maʼnaviy qadriyatlari, diniy gʻoyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan boʻlib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqoʻl harbiy navkarlari VII asrda islom taʼlimotini olib kelganlar. Savdogarlar va targʻibotchilarning oʻtkazgan yoʻllari boʻylab moʻgʻula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari quyundek oʻtgan. Buyuk Ipak yoʻlining qoq yuragi boʻlgan Samarqand shahridan oʻrta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur oʻz yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yoʻllaridan asrlar boʻyi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yoʻlda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yoʻli boʻylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va anʼanalarini bilib oldik. Sharq va Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan bu beqiyos buyuk yoʻlni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy Oʻzbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari boʻlib, ularning meʼmorchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixini oʻzida mujassam etadi.

OʻzME[tahrir]


"Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk ipak yoʻli y. atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan.
Buyuk ipak yoʻli y. atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻli y.ni tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877 yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli y.“ atamasi qabul qilingan.
Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻli y.ning sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sugʻdiyona mamlakati i stilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻli y.ning markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan^Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107— 114 yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kura, Buyuk ipak yoʻli y. 2 katga kiyemga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning jan. va Afgʻonistonning shim.gʻarbida joylashgan qad. viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shim.ga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shim. Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shim. tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. 1si, shim.si boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. 2si, jan.si esa Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qad. poytaxti — Chananga olib borgan. Bu yerdan yoʻl ehgimol shim.gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻli y.ning Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra Poykend, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shim. qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib, Shim. Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ — german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obʼyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Zakavkazye va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻli y.ning tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish