Italiyaning 1-jaxon urushidagi pozitsiyasi
XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Italiya iqtisodiy taraqiiyotida talaygina muammolar mavjud bo`lib, bu mamlakatning agrar taraqqiyot bosqichidan, industrial taraqqiyot bosqichiga o`tishni qiyinlashtirdi. Bu qishloq ho`jaligining rivojlanishida qoloq agrar munosabatlarning saqlanib qolishi ichki bozorning torligi, ishchilar va dexqonlarning ahvolini og`irlashtirdi. Mustaqillikning dastlabki davridayoq ko`zga tashlangan asosiy iqtisodiy ijtimoiy muammo janub muammosi edi. Qoloq janub erkin savdo–sotiq natijasidagi raqobatga dosh berolmay, shimolga qaram bo`lib qoldi. Janubdagi aholining yaxshi yashashi uchun Fransiyaga va boshqa davlatlarga chiqib ketish taraqqiyot uchun zarur imkoniyatlarni zaiflashtirdi. Janubdagi qoloqlik, qoloq agarar munosabatlar, noo`rin soliqlar siyosati, noo`rin mehnat taqsimoti zamirida ishchilar, dexqonlarning barcha huquq va erkinliklaridan maxrum etish va turmush darajasini pasayishiga olib keldi. Franchesko Krispi (1887-1896) hukumati tom ma`nodagi moliya sanoat korchalonlarining hukumati bo`lgani uchun tashqi siyosatda mustamlakachilik urushlariga alohida e`tibor berdi.
Italiyada qo`shni davlatlardagi italiyanlar yashaydigan xududlarni qo`shib olishni talab qilgan shovinistik muxolifatning targ`iboti tufayli Fransiya, Avstriya-Vengriya bilan munosabatlarni keskinlashtirdi. Asosiy raqib, Fransiyaning Italiya qiziqish doirasida bo`lgan Tunisni bosib olishi (1881 yil) Italiyani Fransiyaga qarshi Germaniya bilan 1882 yilda «Uchlar ittifoqi» harbiy siyosiy blokiga birlashishga olib keldi.
Italiya asosiy e`tiborni Afrikaga qaratdi. 1889 yilda Somali, 1890 yilda Eritreya bosib olindi. Biroq 1896 yilda italyan armiyasining Abbisseniyadan mag`lubiyati Krispi xukumatining inqiroziga olib keldi. Tabiiyki bu yangicha ichki va tashqi siyosat yuritishni talab qildi.
XIX-asr oxirida ichki siyosatda faqatgina yuqori doiralar manfaatini ko`zlab ish yuritish va halqqa qarshi siyosat, ommaviy ish tashlashlar va Krispi hukumatining inqirozi XX-asr boshida inqirozdan chiqish uchun yangicha siyosat-liberal siyosat olib borishni kun tartibiga qo`ydi. Natijada XX-asr boshida o`ziga xos liberal isloxotlar erasi boshlandi. Bu isloxotlar Javani Jolliti nomi bilan bog`liq bo`lib, 1903-1914 yillarda bosh vazir va turli vazirliklar rahbari sifatida faoliyat yuritdi.
Jolliti isloxotlari barcha jabxalarning rivojlanishida xizmat qildi. To`qimachilik va boshqa yengil va og`ir sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga davlat xomiylik qildi. Proteksionizm siyosati sanoat uchun foydali bo`lsada, Janubga, qishloq ho`jaligi maxsulotlari eksportiga salbiy ta`sir ko`rsatdi, ichki va tashqi savdo erkinlashtirildi. Germaniya, Avstriya-Vengriya , Shveytsariya, Braziliya bilan savdo bitimlari tuzilib, chet el sarmoyasining kirib kelishiga imkoniyat yaratildi. Malakali ishchilar ish haqi oshirildi.
Jamiyatning ichki siyosatdagi liberal islohatlari sanoat, savdo-sotiqning rivojlanishiga, ijtimoiy ahvolning qisman yaxshilanishiga turtki bo`ldi.
XX-asr boshida yirik imperiyalar o`rtasida ta`sir doiralar uchun kurash avjiga chiqqan bir paytda Jolliti hukumati yirik davlatlar bilan munosabatlarni ta`sir doiralar borasida o`ziga xos bitimlarni imzoladi.
1902 yilda Italiya bilan Fransiya o`rtasidagi keskin munosabatlarni bartaraf qilish uchun bitim imzolandi. Bitimga ko`ra tomonlar biror davlatning hujumiga uchraydigan bo`lsa, qat`iy betaraf bo`lish majburiyatini oldilar. 1909 yilda Italiya Rossiya bilan Avstriya Vengriyaning Bolqondagi ta`siri kuchayishiga qarshi shartnoma imzolandi. Italiya Rossiyani «Bosfor va Daranell masalasi» da quvvatlashga, Rossiya esa Tripolitaniya va Kirenaikada Italiya tarafida ekanligini bildirdi. Natijada Italiya Afrikada o`zi qiziqayotgan hududlarda erkin harakatlanish imkoniyatiniga ega bo`ldi.
1911 yil 29 sentabrda Kirenaika va Tripotaniya kabi harbiy-strategik ahamiyatga ega nuqtalarni qo`lga kiritish uchun Italiya Turkiyaga –qarshi urush boshladi. Urushda g`alaba qozonish uchun 1,5 mln. lira sarflandi. Urushda Italiya g`olib chiqib Kirenika va Triapolitaniya qo`shib olindi. Tashqi siyosatdagi g`alabalar Italiyada o`ng shovinistlar faollashuvini ta`minladi. Ularga liberal isloxatlar tufayli iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni ta`minlagan Jolliti ish bermay qo`ydi. Endi ularga mamlakatda temir intizom o`rnatuvchi, g`olibona urushlar olib boradigan rahbariyat zarur edi. O`ng shovinistlar tazyiqi ostida 1914 yil 14 martda Jolliti iste`foga chiqdi.
Jollitining liberal isloxatlari Italiyada iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlab, xalqaro maydondagi mavqeini mustaxkamlashga xizmat qilgan bo`lsa, Jaxon urushi arafasida shovinistik va o`ng oqimnig kuchayishi natijasida liberalizm davri tugab, xokimiyat Salandra boshchiligidagi o`ng oqimga o`tishiga va Italiya butun e`tiborini urush olib borishga qaratishiga olib keldi.
Germaniyada markazlashgan davlatning tashkil topishi, iqtisodiy to`siqlarnig bartaraf etilishi, Fransiyadan tortib olingan Elzas va Lotaringiyadagi xom–ashyo resurslarining ishga tushirilishi, fransuzlardan undirilgan kontributsiya va liberal isloxotlar sanoat inqilobini boshlab berdi. Drezden, Darmitad, Diskonto-Gazelshaft kabi monopoliya banklar Reyn Vestfal ko`mir sindikati, Umumiy elektr jamiyati va Krupp kompaniyalari paydo bo`lib, ular ingliz, fransuz moliya-sanoat oligarxlariga jiddiy raqib sifatida faoliyat yuritdi.
Tashqi siyosatdagi asosiy jixatlardan biri Fransiyani yanada zaiflashtirish shu orqali Yevropada gegemon bo`lish, o`ziga mos harbiy siyosiy bloklarni yaratish, raqiblarni uzil kesil bartaraflashtirish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |