2.2 Birinchi jahon urushidan so’ng xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Birinchi jaxon urushdan keyingi davr bo‘yicha kuchlar taqsimoti bir qator ziddiyatlarni keltirib chiqardi. AQSh dunyo sahnasida birinchi bo‘lishga astoydil intilar va Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya kabi raqobatchilari ustidan g‘alaba qilishga xarakat qilar edi. Britaniya urushdan keyin ham o‘z qudratini yo‘qotmadi. Germaniya unga dengiz va jaxon bozorida raqobat qilishdan to‘xtadi. Yaqin Sharqda Angliya Turk imperiyasini nazorat qilib turadi. Bu davrda Fransiyaning ham alohida o‘rni bor eda. Fransuz premer ministri aktida marshal Fosh tarqatishga shoshmayotgan 2 milionli armiya turgan edi. Klemanso diplomatiyasi yevropada Germaniya emas, Fransiyani gegemonligining ta'minlashdan iborat edi. Italiya Yaponiyaning bu masalada o‘z fikriga ega edilar. Urushdan keyingi xalqaro munosabatlar Parij tinchlik konferensiyasida (18 yanvar) Vashington konferenyiyasida tamom bo‘ldi. Parij konferensiyasi 27 davlat namoyondalari ishtirok etdilar. Uni «ochiq diplomatiya» misolida o‘tkazildi deyish mumkin. Konferensiyaga qatnashish uchun mingdan ortiq delegatlar kelishdi. Rossiya va Germaniyadan xech kim qatnashmadi.
Konferensiyaga urushdan keyingi ishlar muxokamasini qilishdi lekin asosiy masala Germaniya taqdiri bilan bog‘liq edi. 1919 yil 28iyunda Germaniya davlati namoyondalari Versal saroyi oynali zalida urushdan keyingi asosiy xujjatlar bo‘lgan t inchlik shartnomasiga imzo chekdilar. Tinchlik shartnomasi Germaniyasi ittifoqchilari bo‘lgan Bolgariya, Turkiya, Avstriya, Vengriya davlatlarini ham tuzildi. Shartnomada taraqqiyotning muqaddas missiyasi ya'ni xali o‘zini mustaqil boshqara olmaydigan davlatlarga yordam qo‘lini cho‘zish masalasiga ham aloxida e'tibor berildi. Versal shartnomasiga ko‘ra Germaniya hududining sakkizdan bir qism qismini va aholisining o‘n ikkidan bir qismini yo‘qotdi. Shuningdek Germaniya, Polsha, Chexoslavakiya, Lyuksemburg mustaqilligini tan oldi. Avstriya musstaqilligini qattiq xurmat qilish kerakligi ta'kidlandi. Germaniya koloniyalari Fransiya, Yaponiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Belgiya davlatlari tomonidan bo‘lib olindi. Germaniya urush va barcha oqibatlarni sababchisi deb topildi. Shunday bir vaziyatda Amerika diplomatiyasi Vashingtonda qurollanishni to‘xtatish va «Uzoq sharq» Tinch okeanidagi muammolarni xal etish to‘g‘risida xalqaro konferensiya chaqirish taklifi bilan chiqdi.
1921 yil 12 noyabrda ochilgan Vashington konferensiyasi to‘qqiz davlat: AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya, Xitoy davlatlari taklif qilindi. RSFSR va Uzoq Sharq Respublikalari taklif qilinmadi. Konferensiya davomida xalqaro munosabatlarning keyingi yillarda ta'sir qiluvchi bir necha kelishuvlar imzolandi.
Shuningdek 1921 yil 13 dekabrda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya davlatlari a'zolari to‘rt davlat Traktatini tuzdilar.
1922 yil 6 fevralda Yaponiya, Britaniya, Fransiya, AQSh, Italiya mudofa kuchlari birlashib besh davlat Traktatiga qo‘l qo‘ydilar. Ular birgalikda xarbiy dengiz ittifoqining tuzishdi.
Vashington konferensiyasi eng axamiyatga molik bo‘lgan Xitoy muammosi bilan tanishib chiqdi. Uzoq Sharq Respublikalari chet el davlatlaridan shartnomalarning tezroq bajarishga chaqira boshladi. 1922 yilda janubiy Sibirdan Yapon askarlari olib chiqib ketildi. 1921 yilda ingliz-sovet shartnomasi buzilganligi uchun savdo aloqalarining buzganligi uchun chetlatildi.
1921 yil 6 may vaqtincha bitim tuzildi Germaniya xukumati bilan sovet elchisi Berlinda bitim tuzdi. Undan keyin Germaniya va Britaniya davlatlari bitim tuzishdi.
Ikkinchi jaxon urushi xalqaro munosabatlarni izdan chiqardi. 1929-1933 yillardagi xalqaro inqiroz g‘olib davlatlarga ham qiyinchilik tug‘dirdi.
Inqiroz so‘ngida yevropada kuchlar nisbatan o‘zgardi. Germaniya o‘z mustaqilligini mustaxkamlab iqtisodiyotini biroz yuksaltirishga erishdi. yevropada Amerika Qo‘shma Shtatlarining ta'siri kuchaydi.
Shu yillarda davlatlar xarbiy flotni qurollantirishga e'tiborni kuchaytirdi. 1930 yil yanvar-aprel oylarida Londonda xarbiy dengiz flotini qurollantirish bo‘yicha AQSh, Britaniya va Yaponiya davlatlari o‘rtasida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Yaponiya davlatlari xarbiy dengiz kuchlarini qaytadan ko‘rib chiqdilar.
Fransiya davlati 30-yillar boshida Germaniya bilan yaqinlashishga xarakat qildi. Lekin bu amalga oshmadi. Chunki Germaniya siyosati o‘ziga xos bo‘lib, boshqa mamlakatlar bilan chiqisha olmas edi.
1932 yilning 2-fevralida Jenevada qurolsizlanish bo‘yicha xalqaro konferansiya o‘tkazildi. Konferensiyada Germaniya xalqaro xavfsilik va tenglikni ta'minlash maqsadida hamma davlat uchun betaraf davlat sifatida xarbiy iqtisodiyotini yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu narsa xalqaro hamjamiyat tomonidan Germaniyaga qurollanish uchun rasman ruxsat berilganligini bildiradi.
Iqtisodiy inqiroz davrida Tinch okeani va Uzoq sharq dengiz yo‘llari uchun kurash kuchaydi.
1931-1932 yillarda Yaponiya shimoliy-sharqiy Xitoy (Manjuriya) xududini bosib oldi. Xalqaro tashkilotlar bu bosqinchilikka e'tibor bermadilar. 1933 yillarda Yaponiya xalqaro milliy kengashidan rasman chiqqanligini ma'lum qildi. Shunday qilib Yaponiyaning Xitoyga nisbatan bosqinchilik siyosati yangi urush o‘chog‘ini yuzaga keltiradi.
Germaniya davlatiga Gitler boshchiligidagi milliy sotsialistki partiyaning rahbarlik qilishi xalqaro munosabatlarini keskinlashtirdi.
1933 yilning oktyabr oyida Germaniya ham milliy kengashdan chiqdi. Shu yilning mart oyida Germaniya xarbiy asirlarga umumiy avf e'lon qildi. Iyun oyida esa Angliya bilan dengiz xarbiy kuchlarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Aksiga olib AQSh va Angliya singari yirik davlatlar ham Germaniyaning xarbiy-iqtisodiy yuksalishiga qarshilik ko‘rsatmadi.
1935 yilda Germaniyadagi Saar viloyati xarbiy-iqtisodiy soxaga qaratilgan maxsus xududga aylantirildi.
Betaraflik siyosati Germaniya, Italiya va Yaponiyani yevropada urushga tayorlanayotgan Germaniyaga nisbatan xayrixoxlik munosabatlariga olib keldi.
1936 yilning bahorida Italiya Efiopiyani bosib oldi. Shu yilning martida Germaniya qo‘shinlari Reyn yerlari kiritildi. Bu xolatlar xech kim tomonidan e'tirozga uchramadi. 1936-1939 yillar Ispaniyada ro‘y bergan grajdanlar urishi Germaniya va Italiya davlatlarining noqonuniy aralashuvi bilan o‘z mazmunini o‘zga o‘gartirdi va yerda Franko boshchiligida fashistlar rejimi o‘rnatilda.
1937 yilning yozida Yaponiya Xitoyga nisbatan bosqinchilik siyosatini kengaytirdi. Natijada Pekin, Tyanszin va shimoliy xududlarni bosib oldi. 1937 yilning avgustida Xitoyning eng katta shaxari Shanxay Yaponiya qo‘shinlari tomonidan zabt etildi va Markaziy Xitoyni butunlay bo‘ysindirish uchun harakat boshlandi.
Shunday qilib uchta bosqinchi davlat Germaniya, Italiya va Yaponiya 1937 yilning noyabrida dunyoni bo‘lib olishning yangi rejasi bo‘yicha kelishib oldilar.
1938 yilning martida Germaniya Avstriyani bosib oldi. Ertasi kuni Avstriyaning Germaniya tomonidan qo‘yilgan yangi kansleri Zeyss Avstriya va Germaniya birlashganligini e'lon qildi. 1938 yilning aprelida Angliya, Fransiya va AQSh diplomatlari Vena shaxrida to‘plandilar.
Asosiy masala fashistlar-germaniyasiga qarshi birlashish edi. Lekin o‘sha davirdagi eng kuchli davlatlar jumladan SSSR ham Germaniya havfiga qarshi bir qarorga kela olmadilar. Ko‘plab uchrashuvlar. Shartnomalar kutilgan natija bermadi. Yoki tuzilgan shartnoma bajarilmadi. Bu narsa Germaniyaga yangi imkoniyatlar berdi.
1910-1914 yillarda Turkiston o‘lkasida milliy o‘zlikni anglash jarayoni kuchaydi. Mustamlaka ma’muriyati idoralari 1911 yilda Farg‘ona viloyatida “idora tartiblariga va jamoat osoyishtaligiga qarshi kurashdan guvohlik beruvchi” 833 ta, 1913 yilda 1220 ta “jinoiy ish” qayd qilganlar.
1914 yil yozida Rossiya imperiyasi birinchi jahon urushiga qo‘shildi. Bu urush butun Rossiya imperiyasi, shuningdek, Turkiston o‘lkasi aholisining ham ahvolini og‘irlashtirdi. 1914 yil 26 iyulda Turkiston o‘lkasi “favqulodda muhofaza holatida” deb e’lon qilinib, mirshablik nazorati kuchaytirildi. Har qanday tashviqot, targ‘ibot ta’qiqlanib, tartib buzganlarga Maxsus qo‘mita tomonidan 500 rublgacha jarima solish, yo o‘n oy muddatga qamash huquqi berildi. Ammo bunga qaramay yangidan paydo bo‘lgan sotsial-demokratlar va eserlar tashkilotlarining yashirin faoliyati davom etib, korxonalarda ish tashlashlar to‘xtamadi.
Mavjud tuzumdan norzilik o‘zbek ishchi, hunarmandlari o‘rtasida ham kuchaydi. Xozirgi O‘zbekiston hududida joylashgan 425 sanoat korxonasidan 220 tasi paxta tozalash, 76 tasi ko‘n-teri tayyorlash, 32 tasi pilla quritish zavodlari bo‘lib, ularda 18 ming ishchi kuniga 12-14 soatdan og‘ir sharoitda mehnat qilgan. Temir yo‘l ishchilari safida tub millat vakillari 4,5-5 mingni tashkil qilgan.
Ayniqsa, hunarmandlarning ahvoli nihoyatda og‘irlashgan edi. Rus sanoati mollarining raqobati ularni xonavayron qilib, ko‘pchiligini oxiri ishchilar safiga olib borib qo‘shgan. O‘lkadagi hunarmandlar soni 100 mingdan oshiq edi. Urush o‘lkaning qoloq qishloq xo‘jaligiga asoslangan iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Natijada o‘lka aholisining 90 foizini tashkil etgan dehqon va chorvadorlarning ahvoli ham mushkullashdi. 1916 yilda paxta ekin maydoni ham, xosildolrligi ham pasayib ketdi. Chor imperiyasi yetishtirilgan praxta uchun qat’iy narxlarni belgilab qo‘ygan bo‘lib, bu narx juda past edi. Bu esa paxtakor dehqonlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Paxta topshirishdan ommaviy bosh tortish avj oldi.
Urush munosabati bilan dehqonlardan olinadigan soliqlarning hajmi ham kun sayin ortib bordi. Turkistonda 1914 yilda yer solig‘i 6859021 rubl bo‘lgan bo‘lsa, 1916 yilga kelib bu ikki barobar ko‘tarildi. 1915 yilda esa maxsus harbiy soliq ham joriy qilindi. 1913 yilda paxtaning narxi 50 foiz oshirilgan bo‘lsa, boshqa zarur mollar narxi 400-500 foizga ko‘tarildi. Non narxi esa 6 barobar oshdi. Chayqovchilik avj olib, sudxo‘rlik kuchaydi. Oziq-ovqat ta’minotining qiyinlashuvi sababli mehnatkashlarning noroziligi kuchayib bordi. Rus mustamlakachilari urush yillari Turkistondan 59 million pud paxta, 8,5 million pud paxta yog‘i, 950 ming pud pilla, 2925 ming pud teri, 300 ming pud go‘sht, 229 ming pud sovun, 474 ming pud baliq olib ketishdi. Frontga aholidan 70 ming ot, 12 ming tuya, 38 ming kv metr gilam-namatlar, 2400 ming rubl naqd pul yig‘ib olindi. Xuddi shu davrda guruch, go‘sht, qand, poyafzal va gazlama narxi bir necha barobar ko‘tarilib, dehqonu-hunarmand va ishchi ro‘zg‘orini mushkul holga soldi. Aynan shu sharoitda podshoning bu oilalarni boquvchisiz qoldiradigan mardikorlikka safarbarlik haqidagi farmoni xalq sabr kosasini to‘ldirgan so‘nggi tomchi bo‘ldi.
1916 yil 25 iyunda rus imperatori Nikolay II ning «Imperiyadagi rus bo‘lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo‘llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida»gi farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Turkiston o‘lkasidagi rus bo‘lmagan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan jami 250 ming erkakni front orqasidagi ishlarga safarbar qilish ko‘zda tutilgan edi. Lekin farmonning bunday tarzda Turkiston o‘lkasiga mutlaqo tatbiq etib bo‘lmasligini tajribali podsho amaldori, sobiq harbiy vazir A.N.Kuropatkin ham tushungan edi. U vazir yordamchisi general Frolovga Rossiyada ikki yildan beri davom etib, nihoyasi ko‘rinmagan bu tadbirni, ya’ni urushga 19-43 yoshli aholini safarbar qilish masalasi hal bo‘lmagan holda uni chekka o‘lkalarga tadbiq etish noo‘rinligini ko‘rsatgan edi.
Farmonga ko‘ra Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 88 ming, Farg‘onaga 50 ming mardikor yuborish vazifasi yuklatildi. Podshoning o‘sha farmoni haqidagi bu shum habar yashin tezligida butun Turkiston o‘lkasiga tarqaldi va azob-uqubatlardan alamzada Turkiston mehnatkashlarini larzaga soldi. Chunki mardikorlikka faqat kambag‘allarning farzandlarini olish rejalashtirilgan edi. Mardikorlik ro‘yxatlarini tuzish volost boshqaruvchilari, oqsoqollar va ellikboshilarga yuklatilgan edi. Ular bundan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Mahalliy ma’murlar katta pora evaziga boy va amaldorning arzandalarini safarbarlikdan qoldirar, ko‘proq kambag‘al oilalarning farzandlarini ro‘yhatga qo‘shib qo‘yar edilar. Bundan tashqari mustamlakachi ma’murlar ijozati bilan boylar va amaldorlar o‘z o‘g‘illari o‘rniga mardikorlikka boshqa kishilarni yollashlari ham mumkin edi. Bunday nohaqlik, adolatsizlik va firibgarlik busiz ham nochor xayot kechirayotgan xalq ommasining sabr-kosasini toshirib yubordi, ular bosh ko‘tarishga majbur bo‘ldilar.
Shu tariqa Turkistonda tarixda Jizzax qo‘zg‘oloni nomi bilan ma’lum bo‘lgan umumxalq qo‘zg‘oloni sodir bo‘ldi. Dastlab qo‘zg‘olon Samarqand viloyatining Xo‘jand shahrida 1916 yil 4 iyulda boshlandi. Bu yerda to‘plangan 6-7 ming kishilik olomon politsiya idorasini qurshab oldi va mardikorlikka bormasliklarini izhor qildi. Qo‘zg‘olonchilarning oldingi saflarida Abdumadaminov, Dadaboy Masharipov, Yaxyoxon Qori Olimxonov, Eshonxon Mirza O‘rinov kabi xalq vakillari bordilar. Qo‘zg‘olonchilar safida ayollar va bolalar ham bor edi. Politsiya qo‘zg‘olonchilarni o‘qqa tutdi. Uch kishi o‘ldirildi, to‘rt kishi yarador qilindi. Bu habar tez orada butun Samarqand viloyatiga va boshqa xududlarga ham tarqab ketdi. Jumladan 7 iyulda Xo‘jand voqeasidan habar topgan Samarqand viloyatining Dahbed qishlog‘ida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bir necha ming kishi qatnashgan bu qo‘zg‘olonga mulla Usmon Abdurasulov, Gadoy Abduqodirov, Xolmo‘min Xolmurodov, Azizqul Murodov, Muxtor Xafizov singari xalq fidoyilari boshchilik qildilar. Qo‘zg‘olonchilar bo‘lim boshqaruvchisining mirzasi Qobulovni o‘ldirdilar. Qo‘zg‘olon qatnashchilaridan Usmon Abdurasulov boshchiligida 30 kishi hibsga olindi va turmaga tashlandi. Qo‘zg‘olonning asosiy markazi Jizzax shahri va uezdi edi. Qo‘zg‘olon ko‘targan Jizzax xalqi chor ma’murlarining kamsituvchilikdan iborat mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashga otlandilar. Podsho farmoniga ko‘ra Jizzax viloyati bo‘yicha 10531 kishi mardikorlikka safarbar etilishi kerak edi. Ammo podshoning safarbarlik tadbirlari mehnatkash xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi, aksincha ommaning qahru-g‘azabi kuchayib, ommaviy qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. Bu qo‘zg‘olon davomida o‘zining butun qalbi-vujudini mehnatkash xalq baxtiga baxshida etgan haqiqiy qahramonlar yetishib chiqdilar.
Jizzax qo‘zg‘olonining chor Rossiyasining milliy mustamlakachilik zulmiga qarshi umumxalq qo‘zg‘oloni ekanligini tasdiqlaydigan adolatli qarashlari 1916 yildagi boshqa rasmiy xujjatlarda ham tan olingan. Jumladan, chor hukumat tomonidan qo‘zg‘olonchilarni jazolash uchun tuzilgan favqulodda sud aybnomalarining birida Jizzax volostidagi qo‘zg‘olon xalq xarakati ekanligi e’tirof etilgan. Ana shu aybnomada bayon qilinganidek 12-13 iyul kunlari Jizzax uezdi Yom volosti aholisi qo‘zg‘alib, otliq va yayov bo‘lib, mustamlaka ma’murlari, volost boshqaruvchisi va oqsoqollarga qarshi shiddatli hujum boshladi. Qirq qishlog‘ida Karim Orziqulov boshliq olomon ellikboshilardan Norcha va Qulbeklarni o‘ldirishdi. Qo‘zg‘olonchilarni
XULOSA
Turdibek Xudoynazarov boshchiligidagi 500 kishilik yana bir guruxi Chuqurtoqqishloq oqsoqoli Mulla Mahkamboy Mulla Ro‘ziqulovni toshbo‘ron qilib o‘ldirdi. Zomin pristavi Sobolev qurolli qo‘zg‘olon soqchilar va tarjimoni bilan Yom volostiga kelib qo‘zg‘olon tashabbuschilaridan yetti kishini, shu jumladan Karim Orziqulov bilan Turdibek Xudoynazarovni qo‘lga tushirib Zominga jo‘nadi. Lekin ular yo‘lda 800 kishilik qo‘zg‘olonchilarning xujumiga duch keldi. Yom volostidagi singari qo‘zg‘olon harakatlari Yangi Qo‘rg‘on, Zomin va boshqa volostlarda ham bo‘lgan.
Mana shunday eng og‘ir va hal qiluvchi damlarda mahalliy hokimiyat vakillari mustamlakachi chor ma’murlariga yordam berganlar va o‘z millatlarining manfaatlariga hiyonat qilganlar. Buni quyidagi dalil yorqin ifoda etadi. Jizzax shaxri mehnatkashlarining qo‘zg‘olonlaridan tashvishga tushgan Jizzax uezdi hokimi Rukin Eski shahar aholisining bir qismini katta machitga to‘plab, agar ular hukumatga qarshilik ko‘rsatsa, hammaning mol-mulki musodara qilinib, uylari yakson qilinajagini aytgan. Mahalliy ma’muriyat vakillari Akrom to‘ra, Muhtorxon to‘ra, Abdusamad Mahsum va boshqalar uezd boshlig‘iga ta’zim qilib, podsho farmonini to‘la ma’qullab, uni shubhasiz bajarish va xalq harakatini bostirishda chor ma’murlariga yordam ko‘rsatishga va’da berishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |