Буюк Британия 1871-1918 йилларда


AQShning 1-jaxon urushidagi pozitsiyasi



Download 121,5 Kb.
bet5/7
Sana12.06.2022
Hajmi121,5 Kb.
#658854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIRINCHI JAXON URUSHINING

2.1 AQShning 1-jaxon urushidagi pozitsiyasi

1- jaxon urushidan xar tomonlama foydalangan AQSH hisoblanadi desak adashmagan bo`lamiz. XIX-asr oxirida AQSH tashqi siyosatida avvalgidek Monro Doktrinasining panamerikanizm tamoyili amal qilardi. Iqtisodiy o`sish, xom-ashyo, bozorlar, arzon ishchi kuchiga extiyoj va boshqa iqtisodiy siyosiy manfaatlar har tomonlama qudratli bo`lgan AQShni faol ekspansiyaga chorladi. AQSH uchun Uzoq Sharq va Lotin Amerikasida o`z hukumronligini o`rnatish alohida ahamiyat kasb etdi. Xitoy, Yaponiya va Koreya bozorlariga kirib borishda qulay tayanch bo`lgan Gavay oroli 1898 yilda bosib olindi. 1871 yil AQSH Koreyaga asoratli shartnomani qabul qildirdi. Lotin Amerikasidan Fransiya kapitalini siqib chiqarish uchun 1889 yil Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda AQSH raxbarligida Panama, Nikaragua, Kuba, Puyerto-Riko davlatlarini birlashtirgan yagona bojxona tizimini joriy etish masalasi ko`rib chiqildi. Shakarqamishga boy Kuba, Osiyodagi Filippinni Ispaniyadan tortib olish uchun 1898 yil aprelda AQSH Ispaniyaga qarshi urush e`lon qildi va uch oyda mag`lubiyatga uchratdi. 1898 yilning oxirida Parijda imzolangan sulxga ko`ra Kuba, Puyerto-Riko, Guam, Filippin (20 mln dollar evaziga) AQShga o`tdi.


Dunyoning eng boy mustamlakasi Xitoyda AQSH erkin harakatlanish, tovarlar olib kirish va xom-ashyo olib chiqishda Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Angliyaga qaraganda kam imtiyozlarga ega edi. Bu boradagi imkoniyatlarni tenglashtirish uchun 1889 yil oktabrda davlat kotibi Xeysning «Ochiq eshiklar doktrinasi» qabul qilindi.
Qudratli moliya, sanoat oligarxlarining yanada kuchayishi, XX-asr boshida iqtisodiy taraqqiyoti jixatidan birinchi o`ringa chiqqan AQSH dunyoga xokimlik qiladigan davlatga aylandi.
1901 yil 14 sentabrda prezident bo`lgan T.Ruzvelt tashqi siyosati «katta tayoq siyosati» nomi bilan yuritildi. Bu kuch ishlatish yo`li bilan zaif davlatlarga o`z so`zini o`tkazishdir. Bu Xitoydagi qo`zg`olonlarni bostirishda, 1907 yilda San-Domingo boj, moliyasi ustidan AQSH nazoratinig o`rnatilganligini tasdiqlovchi shartnomani imzolatishda yaqqol namoyon bo`ldi.
Tashqi siyosatdagi eng katta yutuq Panama orqali Markaziy Amerika ustidan nazoratning o`rnatilishi bo`ldi. 1903 yil 3 noyabrda Panamada metropoliya Kolumbiyaga qarshi isyon boshlandi. Fransuz kapitali Panamadan chiqib ketdi. AQShnig yordami bilan Panama Kolumbiyani mag`lubiyatga uchratdi va mustaqillikni e`lon qildi. Biroq bu nomigagina edi. 1904 yil AQSH hukumati Panama hukumati bilan kanal qazish va temir yo`l qurishga kelishdi va shu tariqa Panama AQSH ta`siriga tushib qoldi. Panama kanali 1914 yilda qurib bitkazildi. Birinchi jaxon urushi arafasida dastlab betaraf siyosat olib borib, urushayotgan davlatlarga harbiy buyurtmalarni sotish va keyinchalik Antanta tomonidan urushda ishtirok etib g`olib chiqqan AQSH dunyoning eng qudratli davlati bo`lib qoldi.
Barcha imperialistik davlatlarda urush va unga tayyorgarlik amvjud ekani holda faqatgina sabab yetishmayotgandi. 1914 yil 28 iyunda Avstriya-Vengriya taxtlari vorisi ersgersog Frans-Ferdinandning o`ldirilishidan Berlin hukumati foydalanib qoldi va Serbiyaga ultimatum yubordi va unga qarshi urush e`lon qildi. Serbiyani qo`llab quvvatlagani uchun 1 avgustda Rossiyaga, 3 avgustda uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e`lon qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Bir vaqtning o`zida Germaniyaning Bel`giyaga bostirib kirishi 4 avgustda Bel`giyani ximoya qilish baxonasida Angliyani ham urushga kirishiga sabab bo`ldi. Bir tarafda Germaniya va Avstriya-Vengriya ikkinchi tomondan Angliya, Fransiya, Rossiya o`rtasidagi urush shu tariqa boshlandi. Urush jaxon urushiga aylandi, chunki dunyo ning katta qismini o`z nazoratida ushlab turgan davlatlar urushga kirdilar. Shuningdek ushbu urushga boshqa imperialistik davlatlar ham o`z manfaatlari doirasida yoki yuqoridagi davlatlarning siyosiy ta`siri ostida qo`shildilar. Masalan Yaponiya vaziyatdan foydalanib Germaniyaga qarshi urush e`lon qildi, ya`ni Germaniyaning Tinch okeanidagi mulklarini bosib olishga va Xitoyni bo`ysundirishga kirishdi. Usmoniylar imperiyasi Germaniya tomonidan Antanta davlatlariga qarshi urushga kirdi. Ushbu urushda dunyoning turli hududlaridan 36 davlat ishtirok etdi.
Ushbu urush harakatlari nafaqat harbiy strategik, balki diplomatik urush ham edi. Sababi urush harakatlari davomida muvozanatlar o`zgarishi ham sodir bo`ladi, masalan 1915 yilning kuzida Germaniyaning amaldagi ittifoqchisi Italiya Antanta tomonidan Germaniyaning o`ziga va Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e`lon qildi. Germaniya va Avstriya-Vengriya esa Bolgariya va Usmoniylar imperiyasi bilan birgalikda to`rtlar ittifoqini tuzishdi.
Gurmaniya bu urush orqali bo`lingan dunyoni qaytadan bo`lib olish, Yevropada va dunyoda gegemonligini o`rnatish, o`zining asosiy raqiblari bo`lgan Angliya, Fransiya, Rossiya, AQShni, shuningdek hattoki o`zining ittifoqdoshlari bo`lgan Italiya, Avstriya-Vengriya, Bolgariya va Usmoniylar imperiyasini ham zaiflashtirish va bo`ysundirishni maqsad qilib olgan bo`lsa, Antanta davlatlari o`z oldilariga quyidagi maqsadlarni qo`yishgan edilar.
Germaniyaning kuchini va uning harbiy siyosiy hukumronlik to`g`risidagi da`vosini sindirish;
Hududiy o`zgarishlarni millatlar prinsiplari asosida belgilash;
Rossiya Nemanning quyi oqimini va Galitsiyaning sharqini qo`shib oladi. Polshaga esa Sileziya va Galitsiyaning g`arbi qo`shib beriladi;
Fransiya El`zas va Lotaringiyani qaytarib oladi;
Bel`giya hududi Germaniya hisobiga kengaytiriladi;
Shlezvig-Golshtiniya Daniyaga qaytariladi;
Gretsiya Albaniyaning janubiy qismini o`ziga qo`shib oladi;
Angliya, Fransiya, Yaponiya Germaniya mustamlakalarini bo`lib oladi;
Germaniya va uning ittifoqdoshlari Avstriya-Vengriya, Bolgariya va Usmoniylar imperiyasi katta kontributsiyalar to`lashadilar va hokazo.
Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki 1-jaxon urushida har bir davlat o`z oldiga qandaydir maqsadni yoki boshqacha aytganda manfaatni qo`ygan. 1-jahon urushi o`zaro manfaatlar urushi, imperialistik davlatlarning dunyoni qaytadan bo`lib olish uchun kurashidan kelib chiqdi.



Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish