Buxoroning tarixiy va me`moriy yodgorliklari


Erqo'rg'on-Qarshining birinchi poytaxti



Download 0,68 Mb.
bet7/19
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#827147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Buxoro,xiva,shaxrisabz,toshkent

Erqo'rg'on-Qarshining birinchi poytaxti
Q arshi vohasining ilk poytaxti hozirgi erqo’rg’on shahri hududlarida joylashgan bo’lib, hozirgi shayxali bekati hududida zamonaviy Qarshi shahri ma’muriy hududining shimoliy chegaralaridan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan.
Erqo’rg’onning hududi ichki va tashqi devorlari chegarasida eski shahar xarobalaridan iborat bo’lgan turli xil kattalikdagi balandliklar bilan o’ralgan. Eng katta balandlik hukmdor qasri ekanligi ma’lum bo’ldi. shuningdek, tsitadel (qal’a ichidagi qo’rg’on), shahar ibodatxonasi, maqbara, zardo’shtiylik ibodatxonasi, ?unarmandlar mahallalari qazib olindi. Erqo’rg’on atrofida, butunlay yo’qolib ketgan, o’zaro zich joylashgan shahar oldi imoratlar bo’lgan va ilk ming yillikning birinchi yarmida keng ji?ozlangan shahar oldi hududi g’arbga tomon Qashqadaryo daryosi sohillarigacha cho’zilgan. Erqo’rg’ondagi shahar VI asrda eftalitlar davlatini ishg’ol qilish davomida turk hoqonligi va eron sosoniylarining birlashgan kuchlari tomonidan yoqib yuborilgan va vayron qilingan.
Erqo’rg’on shahri qazilmalaridan olingan ko’plab buyumlar to’plami Qarshi vohasi hamda poytaxt shahri tarixi va madaniyati bir necha bosqida rivojlanganligini isbotlashga etarli asos bo’la oladi.
Vohaning dastlabki markaziy shahri er.av. VII-VII asrlarga kelib ilk marta himoya devorlari bilan o’raldi. Bu devor keyinchalik buzilib ketgan bo’lib, uning qoldiqlarini kulollar mahallasining eng quyi qismidan topishga erishildi. Er. Av. VI asrda shaharlar kengayib, yangi devor qurildi. Eski devor shahar ichida qolib ketdi va keraksizligi tufayli kulollar tomonidan sopol idishlar tayyorlash uchun loy sifatida ishlatila boshlandi. Shuningdek, bu erda erqo’rg’on shahri tarixining intihosigacha faoliyat ko’rsatgan kulollar mahallasi paydo bo’ldi. Qadimgi devor, aniqrog’i, uning qoldiqlari eramizning boshlariga kelib, kulollar mahallasi madaniy qoldiqlari ostida ko’milib ketdi. Erqo’rg’onda qadimiy devor, aniqrog’i uning qoldiqlari eramizning boshlariga yaqin kulollar hududi madaniy qatlami ostida to’liq ko’milib qolgan edi.
Qadimiy erqo’rg’on shahri tarixi haqida biz yana quyidagilarni aytishimiz mumkin: Qashqadaryo daryosi vodiydan vohaga kirib kelishida bir qancha irmoqlarga bo’linar va quruq delьtani hosil qilar edi; delьtadan oqib o’tuvchi irmoq chap qirg’og’ining quyi qismida miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda tarqoq holdagi dehqonlarning istiqomat joylari, ya’ni qishloqlari paydo bo’la boshladi. Uning markaziy qismi himoya devori bilan o’ralgan. Shu yo’l bilan Qashqadaryo vohasining eng dastlabki poytaxt markazlari vujudga kelgan. bu qadimiy shaharning uy va binolari bog’ va ekinzorlar bilan o’ralgan edi. Shimoliy delьta irmog’ida oqib keluvchi sug’orish kanallari sug’orish maqsadida janubiy-sharqiy tomonga Qashqadaryoning asosiy oqimiga qaratilar edi.
Eramizdan oldingi 1 ming yillikning o’rtalarida shahar tobora kengayib borgan. yangi himoya devorlarining ba’zi erlari 8 metrgacha balandlikni saqlab qolgan bo’lib, asosi 3 metr qalinlikka ega bo’lgan. qalin va baland devorlar shaharni sak otliqlaridan himoya qilar, ammo devor buzuvchi qurollarga qarshilik qilolmas edi. u 40 gektar maydonga yaqin xududni o’rab olgan edi.
Bu davrda Qarshi vohasida ham so’g’d va baqtriyadagi kabi konus shaklidagi tsilindrik kulolchilik idishlari keng tarqalgan edi. Ushbu idishlar sekin harakat qiluvchi kulolchilik uskunalarida yasalar edi.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish