Qog’oz insoniyatning ulug’ ixtirolaridan biridir. Qog’oz haqida birinchi ma’lumot eramizning 12-yiliga taaluqli bo’lsa, eramizning 76-yiliga kelib unga kitoblar bosilgani eslatiladi



Download 121,22 Kb.
bet1/16
Sana31.12.2021
Hajmi121,22 Kb.
#241259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
KIRISH


KIRISH

Qog’oz insoniyatning ulug’ ixtirolaridan biridir. Qog’oz haqida birinchi ma’lumot eramizning 12-yiliga taaluqli bo’lsa, eramizning 76-yiliga kelib unga kitoblar bosilgani eslatiladi. Qog’ozning birinchi vatani Misr va Xitoy hisoblanadi. Tarixdan ma’lumki bizning shaharlarimiz sharq va g’arbni birlashtiruvchi yo’lda joylashganligi tufayli ularda qog’oz quyish ham rivojlangan. Bu borada Samarqand yetakchi o’rinni egallagan va u yerda o’sha vaqtlarda paxtani maydalash bo’yicha kichik korxonalar faoliyat ko’rsatgan.

Hozirgi kunda ham qator korxonalar ISO-9000 Xalqaro standart talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish tizimlariga ega. Bundan tashqari sellyuloza tutgan asosiy xomashyoni tejash maqsadida qog’oz chiqindilari (makulatura)dan foydalanish ham yo’lga qo’yilgan va ulardan turli qog’oz assortimentlari ishlab chiqariladi. Jumladan, Respublikada to’planadigan qog’oz chiqindilaridan qalin qog’oz turlari, yozuv-bosma, sanitar-gigiyenik va boshqa qog’ozlarni ishlab chiqarish texnologiyalari yo’lga qo’yilgan. Shuningdek yozuv qog’oz ishlab chiqarishda xom ashyo tansiqligini bartaraf etish maqsadida qog’oz chiqindilari bilan bir qatorda bir yillik o’simliklar, yog’och bo’lmagan o’simliklar va asosiy ishlab chiqarishdan ajralib chiqqan ikkilamchi resurslardan oqilona foydalanish zamon talabi hisoblanadi. Qog’oz chiqindilari, bir yillik o’simliklar, yog’och bo’lmagan o’simliklar va asosiy ishlab chiqarishdan ajralib chiqqan ikkilamchi resurslarni qayta ishlash, nafaqat yangi assortimentdagi qog’oz mahsulotlari, shu jumladan qalin qog’oz ishlab chiqarishni kengaytirish, makulaturani qayta ishlash, balki yangi ish o’rinlarini barpo qilish borasida ham ahamiyatli hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26-martdagi PF-5975-sonli “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida ham takidlangan. Unga ko’ra tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan [1].

Respublikamizda esa hozirgi kunda asosan maishiy va qalin qog’oz turlarini ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda, bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosan xom ashyo bo’lib qog’oz chiqindilari hizmat qiladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra yetakchi chet el sellyuloza-qog’oz korxonalarida qog’oz chiqindilaridan yozuv va bosma qog’oz turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ijobiy natijalar olingan [2].

Loyihaning dolzarbligi. Qog’ozning bir necha yuz turi bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda Respublikamizda faqat 5-10 xil turdagi qog’oz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ayni vaqtda sanoatni turli tarmoqlarini rivojlanishi, mahsulotlarni qog’oz qutilarga qadoqlashni ekologik nuqtai nazaridan afzalligini inobatga olganda o’ram va qadoqlash qog’ozlari assortimentlarini kengaytirish, yangi korxonalar barpo etish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, yangi texnika va texnologiyalarni jalb qilish, yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlash va ularni malakalarini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi kunda ruspublikada qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari haqida qator qarorlar qabul qilingan. Jumladan 2019-yil 8-iyuldagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Angren Pack” XK AJ bazasida qog’oz mahsulotlari, shu jumladan gofrlangan karton ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish, yangi ish o’rinlari tashkil etish va sanoat tarmog’ida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qator vazifalar belgilangan [3].

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda yiliga 2800 tonna qalin qag’oz ishlab chiqarish korxonasini loyihalash ushbu ishning maqsadi hisoblanadi. Oldimizga qo’ygan masalani hal etish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- loyihalanayotgan korxona uchun makulatura asosida ishlab chiqariladigan qog’oz assortimentlarini tanlanash;

- qog`oz massasini tayyorlash, qog’oz quyish uchun texnologik ketma-ketligi tanlash;

- texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun jihozlar tanlash va ularni ish prinsiplarini o`rganish;

- tayyor mahsulot, tolali yarim tayyor mahsulot, kimyoviy moddalar va texnologik jihozlar hisobini amalga oshirish.




Download 121,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish