Buxoroning tarixiy va me`moriy yodgorliklari



Download 0,68 Mb.
bet15/19
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#827147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Buxoro,xiva,shaxrisabz,toshkent

Shaharning oazisi
V I-asrda erqo’rg’onning markaziy shahri naxshab vayrona bo’lgandan so’ng, turklar davrida oazis markazi Qashqadaryoning chap qirg’og’ida joylashgan erqo’rg’on janubiy-g’arbidan 2 km uzoqlikdagi katta qasrga ko’chadi. Bu qasr Qarshi oazisining suv tarqatuvchi hududida joylashgan bo’lib, ushbu xududdan asosiy suv kanallari tarqalgan edi. Bu ilk o’rta asr va Qarshi oazisining mo’g’ullarga qadar markazi ham naxshab deb atalar edi (arab tilida nasaf).
O’rta asrdagi naxshabning vayronalari 20 metrdan baland bo’lgan tepalikdan iborat bo’lib, ilgari bu er shahar tsitadeli bo’lgan. Bu tepalik nisbatan katta bo’lmagan, hozirgi kunda emirilgan devor bilan o’ralgan shahriston o’rab olgan edi va uning yonida 200 gektargacha bo’lgan rabot joylashgan edi. Rabot ham devor bilan o’ralgan bo’lgan, lekin u hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. Chingizxon qo’shinlari naxshabni bosib olgandan so’ng, shahar aholisi uni tark etadi va shahar vayronalari oxirgi paytlarda shuluq tepa deb atala boshlandi. Bunga sabab o’rta asrdagi naxshabni uch tarafdan yuvib turuvchi Qashqadaryo suvlaridagi shuluqlarning ko’pligidir.
Shahar vayronalarida o’tkazilgan arxeologik qidiruvlari natijasiga ko’ra shahar markaziy qismi hisoblangan tsitadel va shahriston tarixi III-V asrlarga kelib taqaladi. Rabot esa IX asrda o’rta osiyo arab xalifaligiga qo’shilgandan so’ng rivojlana boshlaydi. Daryoning o’n qirg’og’ida joylashgan shahar chap qirg’oq tomon kengayadi. o’rta asr boshlarida muhim ahamiyat o’rin tutgan tsitadel va shahriston o’z mavqeini yo’qotadi va yarim tashlandiq joyga aylanadi.
Hayot esa masjidlar, qasrlar va boshqa binolar qurilayotgan, shahar hayoti qaynayotgan savdo va hunarmandchilik rabotlarga ko’chadi. Shaharning shimoliy qismida badavlat xonadonlar yashaydigan mahallalar vujudga keladi. Shaharning g’arbiy qismida esa sopolchilar mahallasi joylashgan bo’lib, ular xo’jalik uchun va har xil bezaklar bilan bezalgan yarim xromlangan va glazurlangan idishlar yasashgan. Qazishmalar olib borilayotgan paytda shahriston sharqida temirchilar mahallalari topilgan. yakkabog’ daryo va qizil daryo tog’ viloyatlaridan olib kelingan temirni qayta ishlab, temirchilar sifatli qurollar, sovutlar va boshqa xo’jalik buyumlar tayyorlashgan.
Istaxri, ibn xavqal, muqaddasiy va boshqa arab geograflari X asrda nasaf haqida qisqa ma’lumotlar qoldirishgan. Ushbu geograflarning ma’lumotlariga ko’ra, rabot devorining to’rtta darvozasi bo’lgan. Nashxabning sharqiy va shimoliy- sharqiy qismida kesh va Samarqandga olib boruvchi kesh va Samarqand darvozalari joylashgan edi. Gudbin darvozasi janubga, Buxoroga olib boradigan nedjariy darvozasi esa g’arbga olib borar edi. Qashqadaryo shahar rabotidan kesib o’tgani haqida ham ma’lumotlar mavjud. Ko’prik yaqinida shoh qasri va zindon joylashgan. Eski va yangi masjidlar rabotning janub qismida joylashgan. Nomozgoh masjidi nedjariy darvozasi yaqinida joylashagn edi. Asosiy savdo bozorlari rabotning janubiy qismida, gudbin darvozasi tomonida joylashgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, oazisda aholi zich joylashagan bo’lib, u erda ko’plab qishloqlar mavjud bo’lgan, bulardan kasbi va bezda kabi qishloqlar o’zining kattaligi va ahamiyati bilan poytaxtdan qolishmagan. Bu ikki qishloq oazisning janubi-g’arb va shimoli-g’arb qismlarida joylashgan bo’lib, Buxoro va balx oralig’ida qatnaydigan savdo karvonlari naxshabni chetlab, kasbi va bezda qishloqlaridan o’tgan. Bu esa oazisnnig ikki shaharida savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga olib keldi.
XIV asrning boshlarida movaraunnahr hukmdori ketekxon naxshabdan uzoq bo’lmagan joyda yangi saroy - qarshini quradi. Naxshab aholisi, eski naxshabni tashlab, qarshiga ko’chib boradi. Sekin astalik bilan Qarshi shaharning ikkinchi nomi sifatida atala boshlandi va XIX asrga kelib nasaf yoki naxshab toponimini siqib chiqaradi.
Qarshining buyuk olimlari va shoirlari aholi XX asrga qadar bu nomni unutishmasligi uchun "nasaf" nisbasini hamon ishlatishayotgani to’g’risida dalillar mavjud.
Sharofiddin ali yazdiy o’zining zafarnoma asarida amur temur o’zining dastlabki siyosiy faoliyati davrida Qarshi shahri devor bilan o’ralganligi to’g’risidagi ma’lumotni beradi. Bundan tashqari shaharda tsitadel-arka ham mavjud bo’lgan. Temur va temuriylar davrida Qashqadaryo vohasining kesh shahriga Amir Temur vatani bo’lgani uchun katta e’tibor berilgan. Ammo shayboniylar hukmronligi davrida Qarshi shahrida vaziyat o’zgaradi.
Temuriylar avlodlari va shayboniyxon o’rtasida uzoq davom etgan urush natijasida shahar bir necha bor qo’ldan qo’lga o’tadi. Keyinchalik abdullaxon shayboniyning taxtga kelishi natijasida shahar ko’p vaqt mobaynida Buxoro taxtiga da’vogar bo’lganlarning o’ljasiga aylandi. Bu hol albatta shaharga aholisi turmushiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
Abdullaxon davrida qarshida obodonlashtirish ishlari avj oladi, qishloq xo’jaligi rivojlanadi va Qarshi oazisining sug’oraladigan erlari kengayadi. Xx asrda buzilgan Qarshi registonidagi madrasa va hozirgi kunda ko’kgumbaz nomi bilan ataladigan nomozgoh masjidi ular tomonidan quriladi. Hozirgi kungacha saqlanib qolgan katta yo’ldagi Qashqadaryo ustiga qurilgan kasak va Buxoroga olib boruvchi g’isht ko’prik ham abdullaxon farmoni bilan qurilgan deb ?isoblanadi. Bika biya madrasasi va eski shahar markazida joylashgan hammom ham o’sha davrga tegishlidir.
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligida, iqtisodiy inqiroz davrida ko’plab erlar va ko’chmas mulk ruhoniylar qo’liga o’tganligi ta’kidlanadi. Mashhur shoir va hunarmand mirobid sayido nasafiyning ta’kidlashicha, mamlakat "talangan qishloq"qa o’xshab qoladi.
Fors xukmdori nodirshox Buxoro xonligiga urush e’lon qilganida, Qarshi shahri harbiy janglar markazida qoladi va 1736 yilda muhammad ?akim bey mang’it Buxoro taxtini egallaydi va mang’it amirlari sulolasiga asos soladi.
Qarshi oazisidan kelib chiqqan mang’it sulolasi davrida Qarshi shahri tez rivojlanadi. XIX asr boshlarida Qarshi shahri ahamiyati jihatidan Buxorodan keyin ikkinchi o’rinda turar edi. U o’z erining hajmi jihatidan Samarqanddan katta bo’lgan. XIX asr oxiri va XX asr boshida Qarshi to’rt tomonida to’rtta darvozali qal’a va tashqi shahardan iborat edi. Amur temur davrida qurilgan qal’a devorlari 8 metr bo’lib, doimo ta’mirlanib turilgan va 40 gektargacha bo’lgan hududni o’rab olgan. XIX asrda bu qadimgi shahar markazi qo’rg’on deb atalar edi. Qo’rg’onning janubiy qismida baland devor bilan o’ralgan maydoni 2 gektardan kattaroq o’rda joylashgan bo’lib, u er beklar yashaydigan va amirlar to’xtaydigan joy edi. Mang’itlar davrida Qarshi begi vazifasi ko’pincha taxt merosxo’ri bo’lmish amirning katta o’g’liga yuklatilar edi.
Qal’a yoki qo’rg’on atrofini alohida mahallalar va guzarlardan iborat maydoni 8 kv.km bo’lgan tashqi shahar o’rab olgan edi. Baland devor bilan o’ralgan, bitta darvozasi bo’lgan o’rdada mirza xona, xazina xona, haram va boshqa xizmatxonalar joylashgan edi.
Qal’a ichida badavlat xonadonlar yashardi edi. Shahar markazida maxsus qizil qum bilan qoplangan registon joylashgan edi. Uning yonida odina masjidi, abdullaxon madrasasi, g’isht gumbazli sardoba, chorsu savdo markazi, badavlat qarshiliklar tomonidan qurilgan bir necha madrasalar, hammom va zindon joylashgan edi. Registondan qo’rg’onning to’rtta darvozasiga tomonga yo’nalgan to’rtta asosiy ko’cha mavjud edi.
Bir paytlar devor bilan o’ralgan, hunarmandlar, savdogarlar va ishchilar istiqomat qilgan tashqi shaharda "yuqori bozor" va "kun bozor" deb atalgan katta bozorlari bo’lgan va u erda nafaqat mahalliy mollar, balki, ?indiston, eron va rossiyadan keltirilgan mollar savdolari chakana va ulgurji narxlarda amalga oshirilgan. Bozorlarning atrofida karvon saroylar, turli hunarmandchilik ustaxonalari va boshqa kichik ixtisoslashgan bozorlar "asp bozor", "tuya bozor", qo’y bozor" va boshqa bozorlar joylashgan.
XIX asr oxiri va XX asr boshida qarshiga kelgan vamberi va boshqa sayyohlarning ta’kidlashicha, etnik murosasizlik, fanatizm, yovuzlik kabi illatlar qarshiliklardan ancha yiroq va ular ochiq ko’ngilli insonlardir. Vamberini hayratga solgan yana bir narsa bu - qarshida, Qashqadaryoning chap qirg’og’ida joylashgan daraxt va gullar ekilgan, bir necha choyxonalardan iborat, badavlat odamlar dam oladigan "qalandarxona" jamoat bog’idir. Bunday joyni u na Buxoroda, na eronda uchratgan.
XX asrga kelib shaharning tashqi devorlari yo’q bo’lib ketadi va shahar mahallalari uzoq kilometrlarga cho’zilgan turli yo’llar bo’ylab umumiy aglomeratsiyani tashkil etgan shahar atrofidagi qurilishlar bilan qo’shilib ketadi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish