Buxoroning tarixiy va me`moriy yodgorliklari



Download 0,68 Mb.
bet17/19
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#827147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Buxoro,xiva,shaxrisabz,toshkent

O’zbekiston tarixi
O’zbekiston ming yilliklar tubiga ildiz yoygan benihoya boy tarixiga ega. Arxeolog olimlar dalolat berishicha, bu yer – inson yashagan eng qadimiy joylardan biri bo’lib, bunga 1 million yildan oshgandir. Faqat oxirgi yarim asr ichida bu olimlar O’zbekistonda tosh asri insonlarining bir nechta yashagan joylarini topganlar. Ulardan eng mashhurlari eng qadimgi yashash g’orlari bo’lgan Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq va Obi Rahmon, shuningdek Teshiktosh va Omonqo’ton g’orlaridir.
Nihoyatda unumdor yerlar, mo’l-ko’l suv manbalari, issiqlikning ko’pligi dehqonchilikning rivojlanishiga yordam bergan. Sahrolar va dashtlarning ulkan hududlari ushbu dehqonchilik mintaqalarining yonida joylashgan bo’lib, inson qo’lga o’rgatgan chorva uchun yaylov bo’lib xizmat qilar edi. Taraqqiy qilgani sari bu mintaqalarning aholisi o’z qo’shnilari bilan turli-tuman aloqalar o’rnatar edi. Uchta asosiy omillar – geografik, xo’jalik va ijtimoiy omillarning yagona yaxlitligi negizida O’rta Osiyoning Movarounnahr mintaqasi - daryolar oralig’ida qadimgi davlatlar shakllanib kelgan – So’g’diyona, Baqtriya, Xorazm va boshqalar.
Qadimgi Sharq davlatlari o’rtasida deyarli to’xtovsiz urushlar borar edi. Ularnig maqsadi yangi yerlarni bosib olish, qullarni va boshqa qimmatli o’ljalarni qo’lga kiritish edi. O’lkamizning boyliklari, uning alohida, o’ziga xos geografik joylashuvi ko’p sonli bosqinchilarning diqqatini o’ziga tortar edi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida hozirgi O’zbekistonning hududida joylashgan davlatlar Ahmoniy sulolasidan bo’lgan shohlar tomonidan bosib olingan bo’lib, ularning ulkan imperiyasining tarkibiga sharqiy o’lkalar (satrapiyalar) sifatida kirgan. Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda esa bu yerlarni Iskandar Zulqarnayn qo’lga kiritgan. Keyinchalik qulab tushgan Makedoniyaning parchalangan qoldiqlaridan yangi davlat tuzilmalari hosil bo’la boshlagan. Baqtriya va So’g’diyona Salavkiylar davlatining tarkibiga kirganlar. Keyingi davrlarda esa ular Yunon-Baqtriya podshohligi tarkibiga va Kushan davlatining tarkibiga ham kirgan. Eramizning VI asrida O’rta Osiyoning Movarounnahr o’lkasi Oltoy, Yettisuv va O’rta Osiyoning turli qabilalarini birlashtirgan Turk hoqonligining tarkibiga kiradigan bo’ldi.
Xo’jalik-madaniy yuksalishining davrlari turli tomonlardan bostirib kelgan ko’p sonli bosqinchilar tufayli chuqur inqirozlar bilan almashar edi. Lekin rivojlanish jarayoni uzluksiz davom etgan. Ko’p jihatdan bunga jahonning ikki chetini – Rim davlatini va Xitoyni birlashtirgan Buyuk Ipak yo’li yordam bergan edi. Tarixiy taqvimnomalar dalolat berishicha, ushbu betakror qit’alararo yo’lni o’tkazish g’oyasi Xitoy imperatoriga tegishlidir. Bu g’oya eramizdan avvalgi 125 yilda Xitoy elchisi G’arb mamlakatlariga qilgan ko’p yillik uzoq safaridan qaytib, Buyuk Xitoy devori orqasida, cheksiz-nihoyasiz ko’ringan dashtlar va sahrolar ortida yuksak rivojlangan o’ziga xos madaniyati bo’lgan Xorazm, So’g’diyona kabi kuchli davlatlar mavjudligini hikoya qilganidan keyin paydo bo’lgan.
VII asrda - VIII asrning boshida bu o’lkaning hududiga arab bosqinchilarining istilosi boshlangan. Shundan keyin boshlangan Somoniylar hukmronligining davrida o’lkaning tarixida yirik xalqaro savdo va madaniyat markazlariga aylangan shaharlarnig gullab-yashnagan. Keyin o’lkamizni birin-ketin G’aznaviylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalari ishg’ol etib, bu yerda hukmronlik qilgan edilar.
Shuni qayd etish kerakki, olimlar hozirgi O’zbekiston hududida elatlarning hosil bo’lishi jarayoni eramizdan avalgi birinchi ming yillik boshida boshlangan, deb hisoblaydilar. Bu jarayon juda uzoq bo’lgan. Lekin «o’zbek» atamasi XV-XVI asrlarning chegarasida – Shayboniyxon hukm surgan yillarda muomalaga kira boshlagan.
Bu mintaqada o’z davlatchiligining yuzaga kelishining bosh asoschilaridan biri Amir Temur bo’lgan edi. XIV asrning ikkinchi yarmida u Chingisxon avlodlarining O’rta Osiyodagi mulklari parchalanib borishidan foydalanib, ularni qo’lga kiritib birlashtirdi va poytaxti Samarqand shahrida bo’lgan benihoya qudratli davlatni yaratdi. 1380 yildan boshlab Amir Temur boshqa mamlakatlarga harbiy yurishlarni amalga oshirgan. Natijada Eron, Kavkaz, Iroq, Suriya, Turkiya, Shimoliy Hindiston istilo qilingan edi.
O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i bo’lgan Movarounnahrda markazlashgan davlatning tashkil etilishi, parchalanishning yo’q qilinishi mo’g’ullarnig istilosi bilan inqirozga yuz tutgan iqtisodiyotni yuksaltirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bergan. Amir Temurning siyosiy harakatlari va g’ayrati tufayli davlat, ijtimoiy va harbiy boshqaruv idoralari ancha takomillashtirilgan edi.
Temur va uning avlodlari hukm surgan davridagi ilm-fan, me’morchilik, shaharsozlik, adabiyot, tasviriy va amaliy san’atlarning yuksalishi va taraqqiyoti jahon miqyosidagi betakror o’ziga xos ajoyibotdir. Aytgandek, Temurning mashhur nevarasi Mirzo Ulug’bek hukmronlik qilgan davlatning chegaralari zamonaviy O’zbekistonning chegaralari bilan deyarli ustma-ust tushadi. Mirzo Ulug’bek jahon tarixiga nafaqat siyosat arbobi sifatida, balki yetuk alloma, tashkilotchi hamda ilm-fan va san’atning homiysi sifatida kirgan. Uning tomonidan u paytlarda o’xshashi bo’lmagan astronomik rasadxona bunyod etilgan edi.
Bu yerda yashagan va ijod qilgan, asarlari va erishgan yutuqlari jahon madaniyati xazinasidagi durdonalar bo’lgan buyuk davlat arboblari, allomalar, mutafakkirlar va shoirlarning nomlari bugungi kunda barcha mamlakatlarda, barcha qit’alarda ma’lum va mashhurdir. Ularning ichida Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) bo’lib, u Gippokrat bilan bir darajada zamonaviy tibbiyotning asoschisi sanaladi, matematik olim al-Xorazmiy sharafiga algebra va algoritm o’z nomlarini olganlar, astronom olim Ulug’bekning yaratgan asarlari bilan astronomiya qohinlik sirlari sirasidan ilm darajasigacha ko’tarildi. Bu ro’yxatni Bahovuddin Naqshband, al-Buxoriy, at-Termiziy, qomusiy olim bo’lgan Abu Rayhon Beruniy, ulkan shoir Alisher Navoiy va boshqa ko’plab allomalarning nomlari to’ldiradi.
To hozirgacha Temuriylar davrida yaratilgan ajoyib saroylar, maqbaralar, madrasalar, minoralar o’zining ulkanligi va nafisligi bilan sayohatchilarni hayratda qoldiradi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari tarixiy xazinalar deb ataladi va YuNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.
Shayboniyxon tomonidan zabt etilgan davrda ozgina tanglikka uchraganidan keyin bu yerda madaniyat va davlatlar qaytadan rivojlana boshlagan. Buxoro amirligi, Qo’qon, Xiva xonliklari paydo bo’lgan. Insonlarning kuchi va irodasi, ularning ko’p asrlik yuksak ma’naviyligi va madaniyati a’analari so’nmagan edi.
Albatta, qo’shni bo’lgan Rossiya ham bu geosiyosiy jihatdan muhim bo’lgan mintaqani o’z e’tiboridan tashqarida qoldira olmagan, o’lkaning bunda katta iqtisodiy ahamiyati ham bor edi. Birinchi navbatda Rossiyani qishloq xo’jaligi mahsulotlari, paxta, terilar qiziqtirar edi. O’tmishdagidek kabi hunarmandlarning ishlagan buyumlari o’zinig beqiyos nafisligi va yuksak sifati bilan ajralib turib, jahonda mashhur edi. XIX asrning 40-yillari oxirida – 50 yillarining boshida chor Rossiyasi o’lka hududlarini asta-sekinlik bilan bosib ola boshlagan. 1867 yilda chor Rossiyasi tomonidan markazi Toshkent shahrida bo’lgan Turkiston general-gubernatorligi tuzildi.
O’zbekistoning rang-barang tarixidagi yana bir bet Rossiyadagi 1917 yil Oktyabr revolyutsiyasidan keyin boshlangan davr bo’lgan edi. Turkiston o’lkasida 1918 yil boshida Sovet hokimiyati e’lon qilingan. 1924 yilda milliy davlat chegaralarining o’tkazilishi oqibatida SSSR ning tarkibiga kirgan O’zbek Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan edi.
1991 yil 31 avgust kuni respublikamizning Oliy Soveti navbatdan tashqari sessiyasida O’zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingan edi. 1992 yil 2 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga to’la huquqli a’zo sifatida kirib, Xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha Majlisning yakuniy dalolatnomasini imzolab, Xelsinki jarayoniga qo’shildi. Bugungi kunda mustaqil O’zbekiston Respublikasi shuningdek yetakchi jahon iqtisodiy va moliyaviy birlashmalar – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Qora dengiz davlatlarining Iktisodiy uyushmasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa qator obro’li xalqaro tashkilotlarning a’zosidir. O’zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qiziqish sababi nafaqat uning tabiiy boyliklarining katta ko’lamidan kelib chiqadi, balki u ham iqtisodiyotda, ham boshqa barcha sohalarda integratsiya aloqalarining rivojlanishiga maksimal ko’maklashishga qaratilgan iqtisodiy siyosatining natijasi bo’lmoqda.




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish