Mundarija:
Kirish -------------------------------------------------------------------------------- 2-8
1.O’rta Osiyoni arxeologik o’rganish va unung ahamiyati.--------- 9-15
2.Buxoro vohasi arxealogiyasi.-------------------------------------------- 16-28
3.Mustaqillik yillarida ozbekiston arxeologiyasining rivoji.------- 29-32
Xulosa: --------------------------------------------------------------------------- 33-34
Foydalanilgan Adaboyotlar ------------------------------------------------------- 35-36
1
KIRISH
Insoniyat o'zining o'tmish tarixida uzoq yo'lni bosib o'tib, u murakkab tarixiy-madaniy jarayonlardan iborat. Ularni o'rganish hozirgi zamon tarix fanining muhim vazifasidir. Bunday jarayonlarni yoritib berish insonyatning o'tmish faoliyatidan darak beruvchi manbalarni o'rganish asosida amalga oshiriladi. Ular odatda moddiy va yozma manbalardan iboratdir. Dastlabki yozuvlarning paydo bo'lishi ilk sivilizatsiya markazlarida taxminan olti ming yilllik tarixga ega, xolos. Keyingi davrlar tarixiga oid saqlangan uzuq-yuluq va cheklangan yozma manba ma'lumotlari insoniyat tarixini toliq yoritib berish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun insoniyatning qadimgi davr tarixini ashyoviy dalillar asosida o'rganadigan fanga ehtiyoj tuqiladi. Bunday holatda arxeologiya faniga zarurat paydo bo'ladi.
Arxeologiya atamasi ilk bor qadimgi yunon faylasufi Platon (mil.avv. 427-347 yillar - arxayos - qadimgi, logos - fan) qadimgi davr tarixini bayon qilish maqsadida qollagan. XVIII asrdan boshlab Еvropada bu atama qadimgi san'atni ifodalashda ishlatilib, hozirga qadar ayrim chet mamlakatlarda ahamiyatini saqlab qolgan. Boshqa bir chet mamlakatlarda esa arxeologiya biologiya, xususan, antropologiya yoki boshqa tabiiy fanlarning tarkibida o'rganiladi.
Arxeologik manbalar. Insoniyat tarixi taxminan 3/2,6 mln. yillarga teng bo'lib, shundan yozuvdan foydalanila boshlagan davri 100 dan 0,2-0,3 foiz ulushini tashkil etadi, xolos. Bundan ko'rinib turibdiki insoniyat tarixining asosiy qismi yoritib berishda moddiy manbalar asosiy o'rin egallar ekan. Ko'pchillik xalqlar yaqinga qadar yozuvdan foydalanmagan. Shuning uchun ularning o'tmish tarixini yoritishda moddiy manbalar asosiy o'rin egallaydi. Umuman, arxeologiya insonyatning ilk ajdodlari shakllangan paleolit davrining quyi bosqichidan boshlab, yozuv paydo bo'lgunga qadar davr tarixini toliq o'rganadi. Yozuv paydo bo'lgandan to o'rta asrlarga, ayrim hududlarda so'nggi o'rta asrlar davri tarixini o'rganishda moddiy manbalar ahamiyati saqlanib qoladi.
Shuni unitmaslik kerakki, qadimgi va qisman o'rta asrlar davri yozma manba ma'lumotlari tarixnining ayrim jihatlarini yoritish imkoniyatiga ega. Bunday holatda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining yozma manbalar ochib bera olmaydigan tomonlari moddiy manbalar asosida tiklanadi.
Moddiy manbalar o'z navbatida tabiiy va bevosita inson tomonidan yaratilgan turlarga bo'linadi. Birinchisi, qadimgi odamlar, hayvon suyaklari va o'simlik qoldiqlaridan iborat bo'lib, ularni asosan paleoantropologiya, paleozoologiya, paleobotanika fanlari tomonidan o'rganiladi va arxeologiya fani ularning yutuqlaridan foydalangan holda kishilik jamiyati tarixining antropogonez jarayoni masalasi, ibtidoiy davr faunasi va florasi hamda ular asosida shakllangan xojalik xususiyatlarni yoritishda foydalanadi.
Ikkinchisi, moddiy manbalar insonyat o'zlari uchun yaratilgan jamiki zaruriy narsalardan
2
tashkil topgan bo'lib, ular oddiy qopol tosh qurollari-yu, sodda ishlangan sopol buyumlaridan tortib, yirik qurilish inshootlari va ishlab chiqarish mahsulotlari qoldiqlari yoki o'ta nozik did bilan ishlangan san'at namunalari va shu kabi cheksiz qadimiy ashyolardan iborat.
Arxeologiya fani sohasida moddiy manba tushunchasiga sinonim sifatida “yodgorlik” iborasi ham keng qollaniladi. Shuning uchun insoniyat ijtimoiy faoliyati bilan bogliq barcha moddiy ashyolarni yodgorlik, deb atash mumkin. Yodgorlik atamasi keng ma'noda insoniyat yashab o'tgan joylar: ibtidoiy makonlar, qishloqlar. mozor-qorgonlar, shahar xarobalari, yer ustida saqlanib qolgan turli inshootlar, tog-kon metallurgiyasiga tegishli barcha turdagi inshootlar va narsalarga nisbatan ham keng qollaniladi.
Arxeologik ma'lumotlar ibtidoiy gor va ochiq joy makonlari, tosh asri goyatosh rasmlari, ilk otroq dehqonchilik qishloqlari, bronza davri ilk shaharlari, qadimgi va o'rta asrlar davri yirik shahar markazlari va ularning mudofaa inshootlari, mozor-qorgonlar, tog-konlari va metalchilik yodgorliklari, ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarish ustaxonalari, qadimgi irrigatsiya inshootlari va boshqa arxeologik yodgorliklarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish davomida to'planadi. Tadqiqot ishlari mahsus ilmiy muassasalar: arxeologik tadqiqot institutlari, oliy oquv yurtlarining arxeologiya kafedralari, san'atshunoslik institutlari va muzeylarning ilmiy malakaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Arxeologik tadqiqot ishlarining vazifasi ma'lum hudud yodgorliklarini o'rganish orqali mazkur hudud o'tmish tarixini imkon darajada yoritib berishdan iborat. Arxeologik tadqiqot ishlari tashkiliy jihatdan qidirish, tekshirish va qazish ishlaridan tashkil topgan.
Arxeologik davrlashtirish. Rimlik antik davri mutafakkiri Lukresiy Kar (mil.avv. I asr) o'z davrida insoniyat tarixini tosh, mis, bronza, temir davrlariga bo'lgan. Bu davrlashtirish zamonaviy arxeologiyada ahamiyatini saqlab qolgan. Arxeologiya fan sifatida XIX asrda toliq shakllangandan keyin garblik arxeologik olimlar o'zlarining ilmiy tadqiqot natijalariga asoslanib, ibtidoiy davr va davlatlar paydo bo'lishining ilk bosqichlariga oid davrlarini ishlab chiqishadi. Hozirgi paytda insoniyatning qadimgi davr tarixini tosh (paleolit, mezolit, neolit), paleometall (eneolit, bronza), temir va o'rta asrlariga bo'lib o'rganish an'anasi qabul qilingan. Ular o'z navbatida kichik davrlar va bosqichlardan tashkil topgan. Kishilik jamiyati tarixi davrlarini belgilashda nisbiy va mutloq davrlashtirish usullaridan foydalaniladi.
Nisbiy davrlashtirish usuli yodgorlikning aynan bir madaniy qatlami yoki qatlamlari va ulardan olgan ashyoviy manbalarning ma'lum davrga va uning bosqichlariga tegishli ekanligini aniqlashda qollaniladi. Nisbiy davr bevosita moddiy topilmalarning ishlangan ashyosi, yodgorlik stratigrafiyasi (madaniy qatlami) asosida aniqlanadi. Unda ma'lum bir davr (paleolit, mezolit, neolit va boshqalar) va bosqichlariga (ilk, o'rta, so'nggi) tegishli ekanligi togrisidagi xulosalar beriladi. Nisbiy davrni aniqlashda o'ziga qadar o'rganilgan madaniyatlar yoki yodgorliklar aniq natijalariga tayanilib, ular bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. 1 3
Mutloq davrlashtirish esa voqea va hodisaning aniq sanasi (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik) ni aniqlab beradi. Mutloq davrlashtirishda yozma manba ma'lumotlari, tangalar (numizmatik), epigrafik yodgorliklar ma'lumotlari asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Davrlashtirishning bunday usulidan yozuv paydo bo'lgandan keyingi tarixini ayniqsa, qadimgi va o'rta asrlar davrlarini aniqlashda yaxshi natija beradi.
Mutloq davrlashtirishning boshqa bir turi tabiiy-ilmiy usullar bo'lib, ulardan ibtidoiy tarixning mutloq sanasini aniqlashda keng foydalaniladi. Bular uran-toriy, termolyuminisisent, kaliyargon, radiokarbon (radiouglerod), arxeomagnit, dendroxronologik va boshqalardan iborat. Uran-toriy, termolyuminisisent, kaliyargon usullaridan million va undan ortiq bo'lgan davrlarni belgilashda, radiokarbon usulidan esa 40-50 ming yilgacha davrlarni aniqlashda foydalaniladi.
Arxeologik tadqiqot usullari. Arxeologiya fanining maqsadi tarixiy-madaniy jarayonlarni moddiy manbalar asosida imkon darajada toliq yoritib berishdan iborat bo'lib, uni amalga oshirishda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlari asosiy o'rin tutadi. Arxeologik tadqiqot ishlari qidiruv, kuzatuv va keng qamrovli qazish ishlaridan tashkil topadi. Qidiruv ishlari ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi bo'lib, unda tadqiqotchi yoki ilmiy guruh kishilik jamiyati tarixining ma'lum muammosi yechimiga qaratilgan masala bo'yicha qidiruv ishlarini olib borib, mazkur davrga oid yodgorliklarni qidirib topish bilan yakunlanadi. Agar masala paleolit davri tarixi bilan bogliq bo'lsa, unda tog oldi va tog hududlari tekshirilib, gorlar yoki buloqlar atroflarida qidiruv ishlari olib boriladi. Mezolit va neolit davrlariga oid makonlar esa togli hududlar bilan birgalikda pastekisliklar keng tarqalganligi sababli ushbu hududlardan izlash mumkin. Shuningdek, togli hududlarda qadimgi konlarning o'rni va konchilarning manzilgohlarini uchratish mumkin. Qadimgi va o'rta asrlar davrlariga oid kohna shahar va qishloq xarobalari esa yer yuzining barcha hududlarida mavjud.
Arxeologik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichida yodgorlik haqida ma'lumotlar to'planadi. Birinchi, navbatda yodgorlik taponimi va u bilan bogliq afsonalar togrisida so'rab surishtirilish bilan birgalikda yuza qismida saqlanib qolgan moddiy ashyolar ilmiy tahlil qilinib, dastlabki xulosalar yasaladi. Ulardan keyin yodgorlikning davri va uning bosqichlari, madaniy qatlamlari togrisida umumiy ma'lumotga ega bo'lish maqsadida yodgorlikning bir qismida shurf solinadi. “Shurf” nemischa so'z bo'lib, qazimoq, degan ma'noni anglatadi. Shurf kvadrat yoki togri to'rtburchak shaklidan iborat bo'lib, tomonlari ikki va undan ortiq hatto o'n metrdan ortiq bo'lishi mumkin.
Oxirgi bosqichida yodgorlikda keng ko'lamli qazishma ishlari olib borilib, har qanday stratigrafik qazish ishlari yodgorlikning materik, ya'ni yerning soz tuproq qismiga qadar qazib tushiladi. Ayrim hollardagina planigrafik qazish ishlari olib borilishi mumkin. Planigrafik qazishma ishlari ma'lum davrga oid inshootlarni o'rganishga qaratilgan bo'lib, ko'pincha yodgorlikning yuqoridagi madaniy qatlamlarini o'rganishda foydalaniladi. Madaniy qatlamlarda insoniyatning turmush tarzi, xojalik va goyaviy faoliyatlari izlari 1
4
saqlanib qolgan. Bu qatlamlar yillar, asrlar davomida asta-sekin to'planib boradi. Arxeologik yodgorliklarda bir yoki bir necha o'nlab madaniy qatlam mavjud bo'lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrlargacha bo'lishi mumkin. Bu esa ushbu manzilgohda kishilar hayot faoliyatining davomiyligi bilan bogliq.
Arxeolog olimlar barcha turdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida qilingan kundalik tadqiqot ishlari natijalarini qayd qilib boradilar. Arxeologik dala tadqiqot ishlari natijasida to'plangan barcha turdagi ashyoviy manbalar tadqiqot ishlarini amalga oshirgan muassasa ilmiy laboratoriyasida qayta ishlanadi. Dastlab topilmalarni muhofazalash va tiklash ishlari bajariladi. Keyin ular turlar bo'yicha ajratilib, ilmiy tahlil etiladi va qazishma ishlari davomida yozma qaydlari bilan umumlashtirilib mazkur yodgorlikning ma'lum hudud tarixida tutgan o'rni masalalarini yoritib berish bilan ilmiy tadqiqot ishlari yakuniga etkazilib, ularning tafsilotlari bo'yicha tadqiqotchi tomonidan tegishli ilmiy muassasaga yozma hisobot beradi.
O’zbekiston tarixining arxeologik jixatdan o’rganilishini 3 davrga bo’lish mumkin: 1.Rossiya mustamlakasi davri. 2. Sovetlar xukmronligi davri. 3. O’zbekiston mustaqilligi davri.
1.Rossiya mustamlasi davri 3 bosqichga bo’linadi. 1- bosqich XIX asrning birinchi yarmi xisoblanadi. Bu davrda Rossiya O’zbekistonning sharoitlarini o’rganish uchun turli ekspeditsiyalar uyushtiradi. 1819 yilda kapitan N.N.Muravьyev boshchiligida dastlabki arxeologik ekspediya yuboriladi. U harbiy xarakterdagi ekspediya bo’lsada, Xiva xonligidagi turli arxeologik yodgorliklarni ruyxatga olib, muxim ma’lumotlar to’plagan. Bu to’plagan ma’lumotlar fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan va undan dastlab O’zbekiston xududida ibtidoyi odamlar yashaganliklari haqida fikr bildirilgan. Birinchi bosqichda O’zbekistonda arxeologlar bo’lmaganligi sababli ham turli kasbdagi kishilar tomonidan moddiy manbalar to’planib, muzeylarga topshirilgan. Ular hozirda ham saqlanmoqda.
2- bosqich XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. O’rta Osiyo Rossiya vassa-liga aylangach, bu yerdagi moddiy yodgorliklarni o’rganish boshlandi. V.V. Bartolьd, V.A. Jukovskiy, N.I.Veselovskiy kabi sharqshunos olimlarning hamda A.L.Kun, P.I.Lerx, V.L.Vyatkin, I.T.Poslovskiy, N.P.Ostroumov va boshqa havaskorlarning O’rta Osiyo arxeologiyasi va tarixini o’rganishdagi xizmati katta bo’ldi. 1870 yilda Toshkentdagi eski qal’a yaqinida topilgan. Afrosiyob xarobasi orqali yo’l qurilishida chaqmoqtosh nukleusi (tosh o’zagi), tosh qirgich topilgan. 1896 yilda Toshkent atrofidan topilgan tosh bolg’aga o’xshash topilmalar Orenburg, Issiqko’l xududlaridan ham topiladi. Bu topilmalar o’sha davr uchun katta ahamiyatga ega edi.
3-bosqich Turkiston xavaskor-arxeologlar to’garagining tuzilishi bilan bog’liq. U bevosita V.V. Bartolьdning rahbarligida 1895 yilda tuzilib, ustavi tasdiqlandi. U 1917 yilgacha faoliyat ko’rsatdi. To’garakda turli kasb egalari a’zolari bo’lib, o’lkadagi arxeologik yodgorliklarni o’rganish ishiga jiddiy e’tibor berib, bu sohadagi dastlabki yutuqlarni qo’lga kiritdilar. U
5
dastlab Ashxobodda tashkil qilindi, keyinchalik Samarqandda tuzilgan. 1896 yilda Toshkentda to’garak muzeyi tashkil qilingan.Uning raxbari N.P.Ostroumov bo’lgan. To’garakda mahalliy havaskorlardan Akrom Asqarov, Mirza Buxarin, Mirza Abdulin, Gafiz, I.Mirmuxamedovlar faol ishtirok qilganlar. To’garak a’zolari turli hududlardan birmuncha material to’plashga muvoffaq bo’lganlar. Lekin o’sha davrdagi mavjud ilmiy to’garaklar arxeologiyani fan darajasiga qo’tara olmadi.
2. Sovetlar xukmronligi davri. Bu davr ham 3 bosqichga bo’linadi. 1-bosqich. 1917 yildan 1938 yilgacha davom qilgan. Bunda Sho’rolar hokimiyati tashkil qilingan dastlabki davrlarda moddiy yodgorliklarni saqlash va ximoya qilish masalalari qo’tarilgan. 1918 yilda Moddiy Madaniyat tarixi Rossiya Akademiyasi tuzildi. Unga barcha arxeologik, san’at, madaniyat, va me’morchilik yodgorliklarini hisobga olib ularni davlat himoyasiga o’tkazish vazifasi qo’yildi. Bu akademiyada arxeologlarga katta imkoniyat yaratilib faoliyatlari qo’llab quvvatlandi .O’rta Osiyo arxeologiyasiga ham qiziqish kuchaydi. 1920 yil 27 noyabrda Toshkentda muzeylar, qadimgi yodgorliklarni asrash, san’at va tabiatni muhofaza qilish Turkiston Komitetini tashkil qilinishi (Turkomstaris) O’zbekiston arxeologiyasining shakllanishida muhim rolь o’ynadi. Bu davrda yodgorliklarni keng ko’lamda qazib o’rganish ishlariga va har bir topilmani ilmiy asoslashga alohida e’tibor qaratildi.G.V. Grigorьyev 1934 yildan boshlab Toshkent atrofidagi yodgorliklarni va Samarqand yaqinidagi antik davrga oid obidalarni qazib tekshirdi. Shuningdek tarixni davrlashtirish masalasi arxeolog va tarixchilarning diqqat markazida turdi.
2-bosqich. O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar XX asrning 30 yillari avj oldi. Unda sobiq SSSR FA ning O’rta Osiyo respublikalaridagi filiallari, Leningrad va Moskvadagi ilmiy tashkilotlar, Moddiy madaniyat tarixi akademiyasi (hozirgi Rossiya FA ning Arxeologiya instituti), Sharq madaniyati Muzeyi kabi tashkilotlar olib borgan.
Arxeologik tadqiqotlarni kengaytirish maqsadida O’rta Osiyo hududida 5ta epspeditsiya tashkil qilindi.
1. 1936 yilda M.Ye.Masson boshchiligidagi Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi.
2. 1937 yilda A.N.Bernshtam rahbarligida Yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi.
3. 1937 yilda S.P.Tolstov rahbarligida Xorazm arxeologik. ekspeditsiyasi.
4. 1937 yilda Yu.A.Zadneprovskiy rahbarligida Farg’ona arxeologik ekspeditsiyasi.
5. 1937 yilda V.A. Shishkin rahbarligida Quyi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi.
Shulardan 4 tasi: Termiz, Xorazm, Quyi Zarafshon, Farg’ona ekspeditsiyalari o’z faoliyatini O’zbekiston hududida olib borganlar.
1939 yildan boshlab ilmiy arxeologik kadrlarni aspirantura orqali tayyorlash boshlandi. 1940 yilda O’zbekistonda Fanlar Akademiyasi tashkil qilinib, Tarix instituti qoshida arxeologiya bo’limi tuzildi. Shu davrda Toshkent davlat universitetining Tarix fakulьtetida
6
Arxeologiya kafedrasi ochilib, kadrlar tayyorlana boshlandi. Arxeologiya kafedrasi mudiri M.Ye.Masson bo’lgan. Arxeolog olimlar o’zaro xamkorlikdagi faoliyatlari natijasida 2-bosqichda o’z davrining katta yutuqlarini qo’lga kiritdilar. Mn: 1937 yilda V.A.Shishkin Buxoro vohasining g’arbiy qismida tadqiqot olib bordi. 1938 yili A.P.Okladnikov Surxondaryoning Boysun tog’larida tekshirish olib borib, paleolit davriga oid makonni kashf etdi.1939 yilda M.Ye.Masson Katta Farg’ona kanali hududida arxeologik ishlar olib bordi, A.I. Terenojkin, A.N.Nabiyevlar va boshqalar 1939—40 yillarda Toshkent yaqinidagi Oqtepa va Toshkent kanalida tekshirish o’tkazdilar. 40-yillarning boshlariga kelib, yangi qurilish joylarida 8 ta arxeologik kuzatuv ekspediyalari olib borildi. Xullas, arxeologik tadqiqotlar natijasida katta ilmiy ma’lumotlar to’plandi. Bunda asosiy diqqat e’tibor O’rta Osiyo xalqlarining tarixini davrlashtirish va etnogenez masalalariga qaratildi.
3-bosqich 1945 yildan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi. Endilikda Quyi Zarafshon ekspeditsiyasi ishini O’zbekiston FA ning Buxoro ekspeditsiyasi, Yettisuv ekspeditsiyasi ishini 1944-49 yillarida Tyanь—Shanь Oloy ekspeditsiyasi, 1951—55 yillari esa Qirg’iziston arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom qildirdi. 1946 yildan 1952 yillargacha Farg’ona arxeologiyasini A.N.Bernshtam rahbarligida Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspediyalari o’rgandi. 1947 yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekspeditsiyasi ibtidoyi tarix soxasida muhim ma’lumotlarni qo’lga kiritdi. Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar rahbarligida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining O’zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasi ish boshladi. Bu ekspeditsiyaning ko’pgina otryadlari Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Toshkent vohalarida hamda Farg’ona vodiysida katta arxeologik tadqiqotlar o’tkazdi.
Arxeologogik tadqiqoti ishlari olib borishning xarakterigina emas, uning texnik ta’minotida ham katta o’zgarishlar qilindi. Jumladan Xorazm arxeologik ekspeditsiyasida urushgacha tuyalardan foydalanilgan bo’lsa, keyinchalik, avtomashina va aviatsiya qo’llanildi. Arxeologik yodgorliklar yoshini va tarkibini aniqlashda fizikada yangi radiokorbon analiz, kuchaytirilgan mikroskoplar yordamida ibtidoiy qurol—aslahalarning xo’jalikda qo’llanish funksiyalarini aniqlash kabi metodlar ishlab chiqildi va bu sohada katta yutuqlarga erishildi. 1970 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida Arxeologiya institutining tashkil topishi hamda 1971 yilda Samarqand davlat universitetida arxeologiya kafedrasining tashkil qilinishi kadrlar yetishtirib chiqarishda va ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jonlantirishda katta ahamiyat kasb etdi.
Sobiq SSSR vaqtida O’zbekiston arxeologiyasining rivojida S.P.Tolstov, M.Ye. Masson, M.M. Dьyakonov, A.P. Okladnikov, M.M. Gerasimov, V.G. Grigorьyev, A.Yu. Yakubovskiy, Ya.G’. G’ulomov, M.P. Gryaznov, A.N. Bernshtam, A.I. Terenojkin, B.A. Latinin, A.M. Belenitskiy, V.A.Shishkin, V.M. Masson, B.A. Litvinskiy, G.A. Pugachenkova, I.A. Itinalarning hissasi katta bo’ldi.
Shuni aytish kerakki, XX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoda arxeologlarning katta guruhi yetishib chiqdi. A.Asqarov, A.Muxammadjonov, O’.Islomov, P.I. Alьbaum, Yu.F. Buryakov, R.X.Sulaymonov, N.Ne’matov, I.Axrorov, V.I.Sarianidi, K.Akishev, X.Oltmishboyev, 5 7
A.V. Vinogradov, V.N.Yagodin, O.K. Berdiyev, M.R. Qosimov, T. Mirsoatov, E. V . Rtveladze, M.Jo’raqulov, Ye.B. Bijanov, M. Mambetullayev va boshqalar. Ularning olib borgan tadqiqotlari natijasida XX asrning 80 – yillarida olamshumul tadqiqotlar o’tkazildi. Jumladan; 1980 yilda arxeolog O’.Islomov Selung’ur g’orida qayta tadqiqot o’tkazib, sinantrop odami suyagi qoldiqlarini topdi. M.R.Qosimov Ko’lbuloq makonini keng o’rgandi, shuningdek O’zbekiston arxeologisining ko’pgina muammoli masalalari yoritildi.
3. O’zbekiston mustaqilligi davri. O’zbekistonning mustaqillikni qo’lga kiritgandan keyingi davrlar kiradi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida arxeologik tadqiqot ishlari birmuncha to’xtaganday bo’ldi. Lekin Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda Tarix instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlari natijasida va Buyuk ipak yo’lining tarixining keng tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar bo’yicha yana arxeologik ishlar jonlanib ketdi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |