3.Mustaqillik yillarida O’zbekiston arxeologiyasining rivoji.
O’zbekiston tarixini nihoyatda qadimiyligini isbotladi, uni davrlashtirishda muhim manba bo’lib xizmat qildi, yangi arxeologik madaniyatlar – Kaltaminor, Tozaboqyop, Amirobod, qovunchi madaniyatlari o’rganilib fan muomalasiga kiritildi. Natijada, Baktriya, Xorazm, Sug’d tarixiy madaniy o’lkalarida qadimgi davrlardan boshlab o’zigaxos madaniy hayot bunyod etilganidan fan olami voqif bo’ldi. Ayniqsa, 1938 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida, Teshiktosh g’oridan neandertal tipidagi odam, “xomo sapiens” skeletini topilishi O’zbekiston arxeologiyasidagi buyuk kashfiyot hisoblanib, bu dunyo olimlarida kata qiziqish uyg’otdi. Ushbu kashfiyot orqali O’zbekiston diyori ham yer yuzida antropogen jarayonlari sodir bo’lgan muhim, eng qadimiy maskanlardan biri ekanligi fan olamida e'tirof etildi.*
O’zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O’rta Osiyo Davlat universitetida Arxeologiya kafedrasini ochilishi (1940 y.), O’zFA qoshida dastlab Arxeologiya bo’limini, sal o’tib tarix va arxeologiya institutini tashkil etilishi (1943 y.), respublikada qadimshunos mutaxassislarni, ayniqsa mahalliy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Arxeologiya kafedrasida tehsil olgan talabalardan ko’plari istiqbolda, nafaqat O’zbekiston, O’rta Osiyo, yoki sobiq ittifoq davlatlari, balki, dunyo miqyosida taniqli arxeolog bo’lib yetishdilar. Kafedrada tahsil olgan B.A. Litvinskiy, V.M. Masson, V.I. Sarianidi, Yu.F. Buryakov, E.V. Rtveladze, O.B. Obelchenko, B.D. Kochnev, R. Sulaymonov, A.S. Sagdullaev, S.B. Lunina, G.V. Shishkina, Sh.R. Pidaev, B.A. Tursunov va ko’plab boshqa mutaxassislar arxeologiya fani taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdilar.
O’tgan asrning 30-40- yillaridan boshlab arxeologiyaga mahalliy kadrlar kirib kela boshladi. Bu jarayonlarda “birinchi qaldirg’och” vazifasini o’tagan Ya. G’ulomovning bosib o’tgan hayoti yo’li, ilmiy pedagogik faoliyati va ilmiy merosi o’zidan keying avlod o’zbek arxeologlari uchun yuksak namuna vazifasini o’tadi. Ya. G’ulomovning ilmiy faoliyati ko’p qirrali bo’lib, uning diqqat markazida O’zbekiston tarixi va arxeologiyasining asosan uch yo’nalishi muammolarini o’rganish turar edi. Bular:
- O’zbekistonning qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha bo’lgan sug’orilishi tarixi;
- O’zbekistonning urug’ jamoa tuzumi arxeologiyasi va tarixi, - O’rta Osiyoni qadimgi davrlardan oktyabr davlat to’ntarishigacha bo’lgan tarixi.
Ushbu ilmiy muammolarni hal qilish uchun Ya.G’ulomov respublikamizning katta qismida faoliyat ko’rsatgan, bir qancha yirik arxeologik qidiruv ekspedisiyalariga boshchilik qildi. Natijada, Xorazm sivilizasiyasining asosiy tosh tamale bo’lib xizmat qilgan irrigasiya tarmoqlarini o’rganilishi, neolit davriga oid Darvoza Qir makoni, Zamonbobo qabristonini ochilishi, Zarafshon va Qashqadaryo havzalaridagi tosh davri yodgorliklarini, Jizzaxning shimoliy–g’arbidan majusiylar tosh qurbongohi (dolmen) ni topilishi, Toshkent vohasidan
*O’zbekiston Arxeologiyasi jurnali. Samarqand -2010-y B-4
29
Obi Rahmat, Farg’ona vodiysidan paleolit, mezolit, neolit, bronza va mashhur Quva Budda ibodatxonasini ochilishi kabi muhim kashfiyotlarning barchasi alloma Ya. G’ulomov nomi bilan bog’liq bo’ldi. Ayniqsa, o’tgan asrning 50-70- yillarida Ya. G’ulomov ulkan ilmiy tadqiqot ishlari va pedagogik faoliyati bilan ilmiy jamoatchilikning diqqat markazida turdi, tahsiniga sazovor bo’ldi.*
Fanning biror sohasida birinchilardan bo’lish ham sharafli, ham ma'suliyatli ishdir. Ya.G’ulomov ham birinchi o’zbek arxeolog olimi, akademigi bo’lishdek sharafga, mas'uliyatga musharraf bo’ldi va o’zbek arxeologiyasini jahon fani darajasiga ko’tarilishiga munosib hissa qo’shdi. Ya. G’ulomovning ulug’ xizmatlaridan biri O’zbekiston arxeologiyasi faniga maalliy yoshlarni jalb qilish, ularni yuksak malakali mutaxassis sifatida shakllantirish ishlariga bosh-qosh bo’lishdan iborat bo’ldi.
1950-1970 yillarda tarixchi va arxeologlarning o’ziga xos “G’ulomov maktabi” dunyoga keldi va aynan uning zamirida yurtimizda “O’zbek arxeologiyasi maktabi” ga asos solindi. Ushbu “maktab” ning vakillaridan bo’lmish
O’zR FA akademiklari : A. Asqarov, A. Muhammadjonov, O’. Islomov, Yu. Buryakov, professorlar : M. Qosimov, T. Mirsoatov, R. Sulaymonov, M. Jo’raqulov, A. Abduhamidov, M. Isoqov, M. Mambetullaev, M. Isomiddinov, Fan nomzodlari: I. A.rorov, O’ Alimov, A. Anarbaev, J. Mirzaahmedov, S. Anorboev kabi yetuk mutaxassislar o’zbekistonda arxeologiya fani taraqqiyotiga kata hissa qo’shdilar. Ushbu olimlarning aksariyati hozirgi kunda ham barakali ilmiy ijod bilan shug’ullanmoqda.
1988- yildan boshlab O’zR FA Arxeologiya instituti arxeologiyasi, ulug’ alloma, arxeolog Ya.G’ulomov nomi bilan ataladi. O’zbekiston arxeologiyasidagi kadrlar bo’yicha muvaffaqqiyatli tarzda amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar o’zining ijobiy natijasini ko’rsata boshladi.
1940-1950 yillardan boshlab, O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonda arxeologiya yodgorliklarini rayonlarga, tarixiy–madaniy vohalarga bo’lib o’rganish joriy etildi. 1970-1980-yillarda O’zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli arxeologik kuzatuv va qazuv tadqiqotlari tashkil etildi. Natijada, O’zbekiston tarixining qadimiy tosh asridan to so’nggi o’rta asrlargacha bo’lgan davrlariga mansub ko’plab nodir yodgorliklar, kamyob moddiy madaniyat namunalari topildi. Xususan, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg’ona viloyatlarida – Teshiktosh, Amir Temur, Omon. Qo’ton, Qo’tirbuloq, Ko’lbuloq, Obi–Rahmat, kabi qadimgi tosh davri g’or makonlari hamda Xorazm cho’llarida yangi tosh va bronza davri makonlarining o’rganilishi, ilmiy jamoatchilik tomonidan O’zbekistonning tosh davri arxeologiyasi uchun kata ilmiy yutuq sifatida e'tirof etildi.
Arxeologiya institutida 1959- yildan “O’zbekiston moddiy madaniyati tarixi” ; 2002-
*Ширинов Т.Ш., Пардаев М.Ҳ., Мирзааҳмедов Ж.К. Академик Я.Ғ. Ғуломовнинг ҳаёт йўли ва илмий мероси // ЎММТ. 29-сон. Самарқанд, Суғдиёна, 1998.
30
yildan “O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik to’plamlari nashr etilib, ularda Respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib boriladi. 2010 yildan esa “O’zbekiston Arxeologiyasi” ilmiy jurnali chop etila boshlandi. O’zbekistonda arxeologiyaning rivoji unga turdosh bo’lgan fan sohalaridan biri antropologiya taraqqiyotiga ham sezilarli, ijobiy ta'sir ko’rsatdi
O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning 1998- yilda respublikamizning bir guruh yetakchi tarixchi, arxeologlari bilan o’tkazgan uchrashuvi va ushbu uchrashuv natijasi olaroq, Respublika Vazirlar Mahkamasining “O’zR FA Tarix institute faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” gi qarori istiqbolda, tarixchi, arxeologlar tomonidan o’tkaziladigan tadqiqotlarning dasturi amali bo’lib xizmat qildi. Mazkur qarorning qadimgi tarix, xususan arxeologiyaga oid bandlaridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, Arxeologiya institutida “O’zbekistonda Arxeologiya fanini rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Ikki bo’limdan iborat ushbu konsepsiyaning I qismidagi O’zbekistonning jahon sivilizasiyasi tizimidagi ahamiyatli o’rni, dunyo tamadduniga qo’shgan ulkan hissasi, erishilgan arxeologik kashfiyotlar orqali asoslangan. Shuningdek, mazkur qismda O’zbekiston arxeologiyasining kelgusidagi istiqbolli vazifalari belgi-langan. Konsepsiyaning II qismida qadimgi davrlardan temuriylar davrigacha o’zbek davlatchiligi va sivilizasiyasining paydo bo’lishi, shakllanishi hamda rivojlanish bosichlarining asosiy xususiyatlari, davriy chegaralari, taraqqiyot va inqiroz davrlari, ularni o’rganishning asosiy yo’nalishlari belgilab berilgan.
Konsepsiya yaratilgan kundan boshlab o’zbek arxeologiyasining bugungi kundagi bosh maqsadi, xalqimizning o’tmishi haqidagi haqqoniy manzarani yaratish, uning eng qadimgi davrlardan temuriylar zamonigacha bo’lgan boy tarixini jahon tarixidan ajratmagan, unga qarama-qarshi qo’ymagan holda o’rganish, sharq bilan g’arb o’rtasidagi muloqotlarga kata xizmat qilgan o’zbek xalqining jahon madaniyati xazinasiga qo’shgan hissasini ko’rsatish va Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, davlatchiligini shakllanishida ajdodlarimizning xizmatlarini aniqlashdan iborat bo’ldi.*
Buning natijasida, o’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi ildizlari, rivojlanish bosqichlari va taraqqiyoti darajasiga doir ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilib salmoqli yutuqlarga erishildi. Mustaillik yillarida nihoyatda faollashgan tadqiqotlar ko’lami va ularning ilmiy samarasi tufayli, O’zbekiston arxeologiyasi dunyo ilm-fani darajasiga ko’tarildi. Bunday natija esa, navbatida, O’zbekiston arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi arxeologiya markazlari bilan ilmiy hamkorlik o’rnatishga, teng asosda xalqaro shartnomalar zamin yaratdi. Ayni paytda O’zbekiston hududida - Avstraliya, AQSh, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlarning arxeolog olimlari bilan hamkorlikda, xalqaro miqiyosda, arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
O’zbekiston arxeologiyasi hozirgi paytda millat manfaati, uning madaniy –ma'naviy hayoti, mustaqillik g’oyalari talab va istaklaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritmoqda,
*Ширинов Т.Ш. Ўзбекистонда археология фанини ривожлантириш концепцияси // ЎММТ. 32-сон. 31
fanga xizmat qilmoqda. Atavallud yoshlari nishonlangan : Ahmad al–Farg’oniy, Imom Moturudiy, Imom al–Buxoriy, Burhoniddin Marg’inoniy, sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek kabi ulug’ salaflarimizning ilmiy merosi, ular yashab o’tgan davr madaniyati taraqqiyotini o’rganishda, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Xiva, Termiz, Toshkent, Marg’ilon singari qadimiy shaharlarimizning muborak tarixiy sanalarini rasman aniqlashda, o’zbek arxeologiyasining xizmatlari beqiyos bo’ldi. Ushbu yubiley tantanalarini BMT ning maxsus bo’limi YuNESKO shafeligi ostida o’tkazilishi, so’nggi deyarli 20 yil davomida mamlakatimizda olib borilgan arxeologiya fani izlanishlarining naqadar serqirra va sermahsul bo’lganligidan dalolat berdi.*
*Ozbekiston Arxeologiyasi jurnali. Samarqand-2009.B-15-16
32
Xulosa.
Shunday qilib xulosa o’rnida shuni aytish kerakki XX-asrni birinchi yarmida aniqrogi uni ikkinchi chora-gida Markaziy Osiyo xududida yashagan ajdodlarimizni ilk tarixini boshlanishini xorijiy olimlar 80-100 ming yil bilan belgilab, arxeologik jixatdan must’e davriga te-gishli deb topib, must’egacha bo’lgan arxeologik yodgorlik-larni Markaziy Osiyo xududidan xali topilmagani uchun, teshik tosh ғori sohiblarini chetdan kelgan kelgindilar deb notugri nuqtai nazarlarini keltirgan edilar. Ammo shu asrni ikkinchi yarmiga kelib, akademik Ya. Ғ. Ғulomovni sayi xarakatlari tufayli yuzaga kelgan. Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan arxeologiya institutining O’zbekiston Respublikasi-ni Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil topishi natijasi-da juda katta ilmiy kashfiyotlar qilindi. eng muximi bu arxeologiya institutini asosini milliy kadrlar tashkil et-di. Shuning uchun xam nafaqat yuqoridagi kabi ғayri ilmiy nuqtai nazarlariga zarba berildi, balki tinimsiz izla-nishlar tufayli Markaziy Osiyo xududida yashagan ajdodla-rimizni tarixi daliliy ashyolarga tayangan xolda 100 ming yildan 1 mil. yilga uzaytirildi. Қadimiy ajdodlarimizni chetdan kelgan kelgindilar emasligi, balki ularni ilk il-dizlari aynan shu Markaziy Osiyoni o’zidan ekanligi Selun-gur va Ko’lbuloqlarning madaniy qatlamlaridan topilgan bir necha minglab mexnat qurollariga tayanilgan xolda is-botlab berildi.
Tarixni yoritishda va o'rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So'nggi yillar ichida jahonning, jumladan O'rta Osiyoning turli hududlarida ko'plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma'lumotlar to'plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to'laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo'lgan. Ular ibtidoiy to'da davri, ibtidoiy xo'jaliklari va mehnat qurollari, urug'chilik tuzumining vujudga kelishi, xo'jalikning ishlab chiqarish shakllariga o'tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o'rta asrlar me'morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko'pdan-ko'p voqealar bilan bog'liq. Talabalar qadimgi tarixni o'rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e'tibor berishlari lozim. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo'pol cho'qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar.
Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o'rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko'satish, jahon, jumladan O'rta Osiyo, shuningdek O'zbekiston hududida yashab o'tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko'rsatib berishdir.
33
Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib Kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |