Buxoro viloyati
Olot tumanidagi
31- son ixtisoslashtirilgan
davlat umumta’lim maktab - internatining matematika, ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Sultonova Munisa va Saidova Rayxonning
“Yilning eng yaxshi dars ishlanmasi” ko’rik tanlovi uchun tayyorlagan integrasiyalashgan
Mavzu: Son so’z turkumi yuzasidan
takrorlash.
Olot -2016 yil
Titul varag’I
Familiyasi: Sultonova
Ismi: Munisa
Sharifi: Shomurodovna
Ish joyi: 31-son IDUMI
Lavozimi: matematika fani o’qituvchisi
Tuman: Olot
Viloyat: Buxoro
Fan nomi: matematika
Sinfi: 7
Dars ishlanmasining mavzusi: Son so’z turkumi yuzasidan takrorlash
O’quvchilar soni: 33 nafar
Elektron pochta manzili: 3431
Baholash mezonlari
t-r
|
Baholash me’zonlari
|
Qo’yiladigan bal
|
Qo’yilgan bal
| -
|
O’quv dasturi asosida dars maqsadlarining to’g’ri qo’yilganligi
|
1-6 ball
|
5
| -
|
O’quv dasturi asosida dars shakli va turini to’g’ri tanlaganligi
|
1-8 ball
|
7
| -
|
Dars bosqichlarini to’g’ri, mantiqiy izchilikda bayon etilganligi
|
1-8 ball
|
7
| -
|
Dars ishlanmasidagi tushunchalarning o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malaka elementlariga mosligi, ma’lumotlarning yangiligi va dolzarbligi
|
1-8 ball
|
7
| -
|
Dars ishlanmasi mazmunining mantiqiy izchillikda bayon etilganligi, aniqligi, savodxonligi, hammaga tushunarliligi
|
1-10ball
|
6
| -
|
Dars ishlanmasining tarbiyaviy va ijtimoiy pedagogik ahamiyatliligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
Dars ishlanmasining bayon etilishida ilg’or pedagogic texnalogiya elementlari, metodlardan tizimli foydalanganligi, ularni aniq yoritib berilganligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
O’quvchilarga berilgan barcha turdagi topshiriqlar va uyga vazifaning dars maqsadi va vazifasiga mosligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
Dars ishlanmasining metodik yangiligi, undan foydalanishning qulayligi, ta’lim-tarbiya jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv asosida tuzilganligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
Dars bosqichlaridan ko’rgazmali va axborot – kommunikatsiya texnalogiyalardan unumli foydalanganligi
|
1-10 ball
|
9
| -
|
Qo’shimcha badiiy va texnik vositalardan foydalanishni asoslanganligi
|
1-10 ball
|
6
|
|
Jami:
|
100
|
79
|
Titul varag’I
Familiyasi: Saidova
Ismi: Rayxon
Sharifi: Bekmurodovna
Ish joyi: 31-son IDUMI
Lavozimi: ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Tuman: Olot
Viloyat: Buxoro
Fan nomi: ona tili va adabiyot
Sinfi: 7
Dars ishlanmasining mavzusi: Son so’z turkumi yuzasidan takrorlash
O’quvchilar soni: 33 nafar
Elektron pochta manzili: 3431
Baholash mezonlari
t-r
|
Baholash me’zonlari
|
Qo’yiladigan bal
|
Qo’yilgan bal
| -
|
O’quv dasturi asosida dars maqsadlarining to’g’ri qo’yilganligi
|
1-6 ball
|
5
| -
|
O’quv dasturi asosida dars shakli va turini to’g’ri tanlaganligi
|
1-8 ball
|
7
| -
|
Dars bosqichlarini to’g’ri, mantiqiy izchilikda bayon etilganligi
|
1-8 ball
|
7
| -
|
Dars ishlanmasidagi tushunchalarning o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malaka elementlariga mosligi, ma’lumotlarning yangiligi va dolzarbligi
|
1-8 ball
|
7
| -
|
Dars ishlanmasi mazmunining mantiqiy izchillikda bayon etilganligi, aniqligi, savodxonligi, hammaga tushunarliligi
|
1-10ball
|
6
| -
|
Dars ishlanmasining tarbiyaviy va ijtimoiy pedagogik ahamiyatliligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
Dars ishlanmasining bayon etilishida ilg’or pedagogic texnalogiya elementlari, metodlardan tizimli foydalanganligi, ularni aniq yoritib berilganligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
O’quvchilarga berilgan barcha turdagi topshiriqlar va uyga vazifaning dars maqsadi va vazifasiga mosligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
Dars ishlanmasining metodik yangiligi, undan foydalanishning qulayligi, ta’lim-tarbiya jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv asosida tuzilganligi
|
1-10 ball
|
8
| -
|
Dars bosqichlaridan ko’rgazmali va axborot – kommunikatsiya texnalogiyalardan unumli foydalanganligi
|
1-10 ball
|
9
| -
|
Qo’shimcha badiiy va texnik vositalardan foydalanishni asoslanganligi
|
1-10 ball
|
6
|
|
Jami:
|
100
|
79
|
Sana:
Sinf: 6 sinf
Fan : Matematika ,onatili
Mavzu: Son so’z turkumi yuzasidan takrorlash
Dars maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarning son so’z turkumi yuzasidan bilim,ko’nikma va malakalarini mustahkamlash,gapning tarkibidan son so’z turkumiga oid so’zlarning ma’no turini aniqlash malakalarini hosil qilish;sonlarning imlosi bo’yicha orfografik savodxonligini oshirish, son va uning turlari haqidagi matematik bilimlarni takomillashtirish;
tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik,burchga sadoqat umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o’zaro hurmat ruhini shakllantirish, ijobiy sifatlarni rivojlantirish;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ona tili va matematika faniga bo’lgan qiziqishini,hisob malakalarini hamda so’z turkumlariga doir bilimlarini oshirish, o’quvchilarda har bir ishni hisob-kitob bilan bajarish tuyg’usini shakllantirish
Dars tipi: noan’anaviy, integratsiyalashgan dars
Dars turi: mustahkamlash darsi
Darsda qo’llaniladigan metodlar: „Domino“ o‘yini, „Aqliy hujum“,
Darsda foydalaniladigan jihozlar:, tarqatma materiallar(baholash uchun),testlar, videoproyektr (slaydlar va “ namoyish etish ) , jadval, sxema, elektron darslik
Darsning borish rejasi:
-
Tashkiliy qism:
a ) Salomlashish;
b)navbatchi hisobotini tinglash;
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
-
“aqliy hujum” usuli orqali barcha o’quvchilar ishtirokini ta’minlash maqsadida guruhlarga topshiriqlar beriladi.
b) Oldingi mavzularni tabaqalashtirgan holda so’rash .
c)Ma’naviyat sabog’i.
d) Baholash
III.Uyga vazifa berish
-
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashib, navbatchi hisoboti tinglangach, guruhlarning nomlarini aniqlash uchun va o’z navbatida bir qadar o’tilgan mavzuni umumiy tarzda mustahkamlash maqsadida o’quvchilarni tug’ilgan fasllariga qarab Kuz, Qish,Yoz,Bahor guruhlariga bo’lib olinadi;
Dars shiori aytiladi:
Dars shiori: Har ishniki qilmish odamzod,
Tafakkur birla bilmish odamzod,
Alisher Navoiy
Darsning oltin qoidalari bilan o’quvchilar tanishtiriladi:
Darsning oltin qoidalari:
-
Intizom
-
O’zaro hurmat
-
Ijodiy faoliyat
-
Hamkorlik
-
Do’stona faoliyat
-
Muloqot va tinglash
7. Muloqotda fikr izchilligi
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
Dars 9- may “Xotira va qadrlash kuni“ bayrami arafasida o’tkazilayotganligi sababli prezidentimiz I.A.Karimov ning “ Inson qadri boqiy,xotirasi muqaddas” fikrlari eslanib shunga doir slaydi namoyish etiladi
Har bir guruh o’z nomini shiorini tanishtirish jarayonida ularga tarqatma materiallar berilib uyga vazifa so’rab olinadi:
Guruhlar tanishtiruvi
Sonning ma’no guruhlari
1.Chama son qo’shimchalarini ayting:
2. –ov,-ala qo’shimchalari
3. oltovlon ola bo’lsa,og’zidagin oldirar. Maqolidagi sonnin turini toping
Sonlar saltanati:
-
Butun sonlar
-
Kasr sonlar
-
Musbat sonlar
-
Manfiy sonlar
Tarkibli son (ko’paytuvchilarga ajratishmumkin bo’lgan sonlar)
Sodda sonlar
(tub sonlar 2,3,5,7,11,13,17,… eng katta sodda son 6000 ta raqamdan iborat)
Barkamol sonlar masalan: 28 uning barcha bo’luvchilari yig’indisi o’ziga teng 1+2+4+7+14=28
Pifagorchilar juft sonlarni «ayol» sonlar, toqlarni esa «erkak» sonlar deb hisoblashgan, va shunga binoan ba’zi sonlarni faqat ayollarga xos, boshqalarini esa erkaklarga taaluqli deb fikrlashgan..
Pifagor maktabi o’quvchilari uchun nikoh ramzi bo’lib 5 raqami,
ya’ni 3- erkak son va 2-ayol sonning birlashuvi ifodalangan.
Shu sababdan ham to’g’ri burchakli uchburchakning katetlari uzunliklari 4 va 3 bo’lganda,
gipotenuzasining uzunligi 5 ga teng bo’lishini e’tiborga olib,
mazkur tirdagi uchburchakni «kelin shakli» deb atashgan
Pifagorchilar yana sonlarni «mukammal» va «do’stona» sonlarga ajratishgan. Masalan, 220 va 284 sonlari «do’stona» sonlar hisoblanadi
Chunki, 220 sonini o’zidan boshqa barcha bo’linuvchilarini aniqlab, ularni qo’shib chiqilsa (1+2+4+5+10+11+20+22+44+55+110), yig’indi 284 chiqadi.
Endi, 284 ni ham o’zidan boshqa bo’luvchilarining yig’indisini hisoblasak, (1+2+4+71+142) 220 chiqadi. Shu sababli bu ikki son bir biri bilan do’st deb qaralgan va do’stlik ramzi sifatida ifodalangan.
-
Qanday sonlarga manfiy sonlar deyiladi
-
Butun sonlar ta’rifini ayting
3.Kasr son ta’rifini ayting
Raqamlar ;
Raqamlar qo’shig’I ijro etiladi;
1.eng kichik raqam qaysi
2. birlik sonlar nechtani tashkil etadi
3.o’nlik sonlar nechtani tashkil etadi
Hisob so’zlar;
bir dasta gul; bir chimdim nur;
3 ta daraxt va h.k
-
Slayddagi hisob so’zlarni izohlang
-
Hisob so’zlar qaysi turkumga oid bo’ladi
-
Topgan gul,topmagan birbog’ piyoz maqolidagi hisob so’zni aniqlang
“Kim chaqqon” o’yini o’tkaziladi :
Bunda adabiyotimizning yuksak namoyondalarining tug’ilgan yillarini milodiydan hijriyga o’tkazish;
Masalan so’z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiyning milodiy tavallud yilini hijriyga o’tkazing: buning uchun
1)1441-621=820;
2)820*1,03=844,6;
3) 844,6≈845;
hamda arab raqamidagi sonlarni rim raqamida ifodalash :
masalan:57=LVII, 44=XLIV; va h.k
“Domino o’yini “ bunda quyidagi rasmlar orqasiga misollar yozilgan bo’lib ikkinchi rasmda uning javobi va yana misol bo’ladi
(-128):(-4):(-8):2
|
-2
-(-(-(+8)))
|
-8
|
(-24)+(-5)
|
o’quvchilar misollarni yechib, kartochkalarni tartib bilan teradilar , hosil bo’lgan ketma-ketlikdagi rasmlar bosh harflarini olinsa ona tiliga oid so’z hosil bo’ladi
T a q s i m
M i q d o r
Har bir shart da g’olib bo’lgan guruhga quyidagicha rag’bat kartochkalari berib boriladi ,g’olib bo’lgan guruh to’la-to’kis qurilgan uyga ega bo’ladi.g’olib guruh taqdirlanib vatan tushunchasi bilan bog’lanadi
Har bir guruhga test savollari beriladi
1.Bayroq dastasida ming-minglab qo’llar taftini sezaman. Keltirilgan gapda sonning qaysi turidan foydalanilgan ?
A) chama son B) jamlovchi son C) tartib son D) taqsim son
2. –ov, -ala, -ovlon qo’shimchalari nechagacha bo’lgan sonlarga qo’shilib keladi va qanday ma’nolarni anglatadi ?
A) birdan o’ngacha, birgalik ma’nolarini B) ikkidan o’ngacha, jamlik ma’nolarini
C) ikkidan sakkizgacha, jamlik ma’nolari D) birdan sakkizgacha, umumiylik ma’nolarini
4.Ikki, olti, yeti sonlariga –ov, -ala, -ovlon qo’shimchalari qo’shilganda asos qismda qanday o’zgarish bo’ladi ?
A) tovush almashishi B) tovush orttirilishi
C) tovush tushishi D) tovush o’zgarishi bo’lmaydi
5.Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapda sonning qaysi turlari qatnashgan ?
A)chama son va kasr son B) jamlovchi son va taqsim son
C) tartib son va taqsim son D) sanoq son va dona son
“IV.Baholash. Guruhlar yig’gan ballari asosida o’rinlar aniqlanadi va faol qatnashgan o’quvchilar taqdirlanadilar.
V. Uyga vazifa: 1.“Matematika darsida”mavzusida matn tuzing . Tarjimayi holingizni yozing. Unda ishlatilgan sonlarni izohlang.
2.Hisoblang:99-97+95-93+91-89+...+7-5+3-1
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
I.A.Karimov “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”
-
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
-
N.Maxmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva “Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 6- sinf ona tili” darsligi
-
M.A.Mirzaaxmadov, F.R.Usmonov “Matematikadan masalalr to’plami” 5- sinf
-
O’zbek xalq maqollari
-
O’zbek xalq topishmoqlari
-
G.N.Nasriddinov, M.A. Mirzaaxmedov, A.Abdullayev, G.Bahromova, A.Haqberdiyev “Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarining 6 sinf matematika” darsligi
-
M.A. Mirzaaxmedov, F.R.Usmonov, Sh. Aripova “Matematikadan masalalar to’plami 6 sinf”
-
Internet tarmog’ida Ziyonet ta’lim portali
-
Internet tarmog’ida Kitob.uz sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |