G’IJDUVON TUMANI 33-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING TARIX FANI O’QITUVCHISI AVIZOVA GAVHAR TO’YMURODOVNA UCHUN
T A V S I Y A N O M A
Avizova Gavhar To’ymurodovna1982-yil 22-avgustda Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida tug’ilgan.
2000-2015-yillarda Buxoro davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.
2002-2008-yillarda G’ijduvon tumanidagi 48-maktabda tarix fani o’qituvchisi sifatida ishlab, 2008-yildan ish faoliyatini 33-maktabda davom ettirib kelmoqda.
Avizova Gavhar To’ymurodovna o’z ish faoliyati davomida juda ko’plab yutuqlarga erishdi, ko’plab shogirdlar tayyorladi.Shogirdlari orasida tarix, arxeologiya, huquqshunoslik sohalarini tanlaganlar talaygina.
Uning 2008-yildan buyon mehnat faoliyati mazkur ta’lim muassasasi bilan bo’g’liq bo’lib,ta’lim sifatini oshirish,tarixiy tafakkurga keng dunyoqarashga ega barkamol avlodni tarbiyalash borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.O’qituvchining maqolalari matbuotda chiqqan. 2020-yil ustoz-shogird masalalariga bag’ishlangan maqolasi,2021-yil O’zbekiston mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “30 yillikka -30 ta mukofot”tanlovida “Taraqqiyot maktab ostonasidan boshlanadi” deb nomlangan maqolasi bilan ishtirok etdi.
O’qituvchining 20 yillik pedagoglik faoliyati davomida o’quvchilari “Fan olimpiadasi”,”Bilimlar bellashuvi”, “Siz tarixni bilasizmi?”,”Siz qonunni bilasizmi?”, “Ajdodlar merosi-kelajak poydevori” kabi tanlovlarda tumanda yuqori ballar bilan faxrli o’rinlarni egallagan.2020-yilda 11-sinf o’quvchisi Ibodullayev Asilbek fan olimpiadasida tumanda faxrli 2-o’rinni egallab, viloyat bosqichiga chiqqan edi.Hozir shu o’quvchi yuridik instituti 2-kurs talabasi.O’qituvchi izlanuvchan turli xil interfaol metodlardan foydalanib namunali ochiq darslar video darslar tayyorlaydi .Avizova Gavhar To’ymurodovna 2019-yilda davlat attestatsiyasidan o’tib oily malaka toifasiga ega bo’ldi.
Tarix fani o’qituvchisi Avizova Gavharning “7-sinf O’zbekiston tarixi III –chorak mavzularini o’qitish bo’yicha elektron uslubiy qo’llanma” deb nomlangan uslubiy tavsiyasi maktab oqituvchilari tomonidan o’rganib chiqildi.3-maktab pedagogika kengashida ommalashtirildi va tuman miqyosida ommalashtirish uchun G’ijduvon tuman xalq ta’limi bo’limi metodika kengashiga tavsiya etildi.
G’ijduvon tumani 33-umumiy o’rta ta’lim maktab direktori: D.Odilov
Buxoro viloyat G’ijduvon tumanidagi 33-umumiy o’rta ta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi Avizova Gavharning “7-sinf O’zbekiston tarixi fanidan III-chorak mavzularini o’qitish bo’yicha elektron uslubiy qo’llanma” mavzusidagi metodik tavsiyasiga
Taqriz.
Avizova Gavhar tomonidan yaratilgan yuqoridagi metodik tavsiyada o’quvchilarning yoshi va qiziqishlari hisobga olingan .Ushbu qo’llanma turli toifadagi o’quvchilar uchun mo’ljallangan. Chunki elektron uslubiy qo’llanma foydalangan o’quvchi xohlasa darslikni o’qishi, xohlasa slaydlar tomosha qilib o’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzuni tinglashi, video dars ko’rishi, topshiriqlarni bajarib, har bir dars oxirida test yechib bilimini o’zi aniqlashi mumkin. O’qituvchilar ushbu elektron uslubiy qo’llanma darsning yangi mavzuni tushuntirish va yangi mavzuni mustahkamlash qismlarida foydalanishlari mumkin.Bugungi elektron texnika va texnologiyalar taraqqiyoti davrida o’quvchilarni darsga-fanga qiziqtirishda, o’quvchilarni haqqoniy va xolis baholashda mazkur metodik tavsiya muhim rol o’ynaydi ,deb hisoblayman.Undagi pedagogik inovatsion g’oyalarni boshqa mavzular, boshqa sinflar, boshqa fanlarda ham qo’llasa bo’ladi.
Ushbu metodik tavsiyani o’qituvchilarga foydalanish uchun tavsiya qilaman.
Taqrizchi: V.Azamova. G’ijduvon tumanidagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabi oliy toifali tarbiya fani o’qituvchisi.
’’TASDIQLAYMAN.’’
Maktab direktori________D.Odilov.
Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi
33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
Pedagogika kengashi yig’ilishi bayoni
№3dan ko’chirma.
2022-yil 8-yanvar.G’ijduvon tumani.
Yig’ilish raisi: Maktab direktori.D.Odilov.
Qatnashdilar: Direktor o’rinbosari va o’qituvchilar (ro’yxat bo’yicha)
Kun tartibi:
1.Tarix fani o’qituvchisi Avizova Gavharning ilg’or ish tajribasini hamda “7-sinf O’zbekiston tarixi fanidan III-chorak mavzularini o’qitish bo’yicha elektron uslubiy qo’llanma ’’ mavzusidagi metodik tavsiyasini maktab miqyosida ommalashtirish va tuman miqyosida ommalashtirshga tavsiya etish.
Ma’ruzachi:D.Odilov pedagogika kengashi raisi.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan D.Odilov quyidagilarni ma’lum qildi.
Hurmatli hamkasblar.
Maktab Pedagogika kengashida joriy o’quv yilida ilg’or ish tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishiga katta e’tibor qaratib kelinmoqda “Dars muqaddas,” “O’rgat- o’rgan,” “Mahorat maktabi” tavsiyalari majmuasi asosida faoliyat yuritayotgan, ijodkor, iqtidorli, mahoratli o’qituvchilarimizning ish tajribalari ekspertlar tomonidan o’rganib chiqildi.Jumladan oliy toifali tarix fani o’qituvchisi Avizova Gavhar nafaqat maktabda balki tumandagi eng tajribali va fidoyi pedagoglardan biri hisoblanadi.Uning 2008-yildan buyon mehnat faoliyati mazkur ta’lim muassasasi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim sifatini oshirish mustaqil fikrli keng dunyoqarashga ega barkamol avlodni tarbiyalash borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.Maqolalar yozib turadi.”Ustoz- shogird’’ masalalariga bag’ishlangan maqolasi matbuotda chiqqan “30yillikka-30ta mukofot” respublika tanlovida “Taraqqiyot-maktab ostonasidan boshlanadi’’ deb nomlangan maqolasi bilan ishtirok etgan.O’z faoliyati davomida u tarix faniga nisbatan o’quvchilarni qiziqishini yanada orttirishga erishdi.O’quvchilari “Bilimlar bellashuvi”, “Fan olimpiada”larida faol qatnashib , qator yillar tumanda faxrli o’rinlarni egallab, viloyat bosqichlarida ham faol qatnashgan.Ko’plab o’quvchilari nufuzli oliygohlarimiz talabalari bo’lishgan.Tarix fani o’qituvchisi kasbini tanlagan shogirdlari talaygina.2019-yilda davlat attestatsiyasidan o’tib, oily malaka toifasini qo’lga kiritdi.O’qituvchi doimo o’z ustida ishlaydi.Ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib ochiq darslar, video darslar o’tkazib kelmoqda.Shu yili VI-“B” sinfida “O’zbekiston hududida ilk davlatlar” mavzusida namunali ochiq dars tashkil etdi.
O’qituvchi “VII-sinf O’zbekiston tarixi fanidan III-chorak mavzularini o’qitish bo’yicha elektron uslubiy o’quv qo’llanma” yaratdi. Mazkur qo’llanmada 18ta mavzu yoritilgan bo’lib, elektron kitob holiga keltirilgan. Bu qo’llanmadan tarix o’qituvchilari darslarni samarali tashkil qilish uchun ham foydalanishlari mumkin.
Qo’llanmada har bir mavzuga oid slaydlar, topshiriqlar, videodarslar, testlar o’rin olgan. Xuddi shunday elektron darsliklarni boshqa fanlardan ham yaratish mumkin.
O’qituvchining ilg’or ish tajribasini hamda ushbu metodik tavsiyani maktab miqyosida ommalashtirilishi va tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etmoqchiman.
Yuqoridagilarga asosan yig’ilish
Qaror qiladi:
1.Ma’ruzachi D.Odilov tomonidan bildirilgan fikrlar ma’lumot o’rnida qabul qilinsin.
2.Mohir pedagog G.Avizovaning “7-sinf O’zbekiston tarixi III chorak mavzularini o’qitish bo’yicha elektron o’quv uslubiy qo’llanma” metodik tavsiyasi maktab miqyosida ommalashtirilsin
3. G Avizova tomonidan tayyorlangan elektron uslubiy qo’llanma umumlashtirilib,tuman miqyosida ommalashtirish uchun tuman xalq ta’limi bo’limiga taqdim etilsin
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman
Yig’ilish raisi: D.Odilov
Yig’ilish kotibasi: N.Halimova
Test
1.“Til –millatning ko’zgusi”deydilar. Bu ko’zguni gard-u g’uborlardan,chang-to’zonlardan soniya sayin tozalay borish har birimizning farzandlik, fuqarolik burchimizdir.
\\\
ikrlar muallifi kim ?
A)A.Fitrat S)Cho’lpon
B) To’ra Sulaymon D)A.Qodiriy
2.Maqolni davom ettiring
Taom lazzati tuzida, …
A)Inson izzati so’zida S)Inson izzati gapida
B)Inson izzati ko’zida D)Odam izzati o’zida
3. XII asr yashagan Shayx Azizuddin Nasafiyning “Komil inson”kitobida quyidagilarni o’qiymiz: “Odamiylik alomati to’rt sifatdir,ya’ni xulq va ma’rifat.Kimdaushbu to’rt sifat bo’lsa – odamiydir,ammo kimdaki bu sifatlar bo’lmasa, u odamiylardan emas.Kimki ushbu to’rt sifatni kamolga yetkazgan bo’lsa,komil insondir. ”
Yaxshi so’z - odamiylikning tamal toshi, tarbiyalanganlikning asl mevasi, insonning ziynati.Dar haqiqat odamning odamga, elning elga nisbatan ezgu muomalasigina bu dunyo-
ning davomiyligini ta’minlaydi va madaniyatini belgilaydi.
Yaxshi ish - odamiylikning ikkinchi mezoni. Dunyoda ezgu maqsad va ezgu ish abadiy qoladi.
Yaxshi xulq – odamiylikning uchinchi alomati. Yaxshilik yo’lini tutganlar yaxshi xulq sohibi ham bo’ladilar.
Ma’rifat – odamiylikni to’rtinchi belgisi.
Odamiylikning to’rt sifati:
Yaxshi so’z, yaxshi ish, yaxshi xulq va ma’rifat
A)to’g’ri
B)noto’g’ri
4. 1) Yaxshi so’z – 3)yaxshi xulq –
2) Yaxshi ish – 4)ma’rifat –
a) odamiylikning ikkinchi mezoni b) odamiylikning tamal toshi
c) odamiylikning uchinchi alomati d) odamiylikni to’rtinchi belgisi
Mosliklarni toping?
A)1b ,2a ,3c ,4d B)2a,4b,3c,1d C)1a,2c,3d,4b D)1a,2b,3c,4d
5.Lug’atlarni juftlang.
Odamiylik
|
O’lchov
|
Ma’rifat
|
Odamga,chin insonga xos xislatlar
|
Mezon
|
poydevor
|
Tamal toshi
|
Bilim,fan,ma’lumot,tanishish
|
6. Bugungi kunda tabiat insonning yordami va g’amxo’rligiga muhtoj ekaniga barchamiz yaxshi bilamiz. Buning boisi – g’ayriinsoniy munosabat. Uzoq yillar davomida ishlab chi-
qarish munosabatlarining noto’g’ri tashkil etilgani tufayli ko’plab ekologik muammolar vujudga keldi.
Ekologik muammolar tabiat qonuniyatlariga ko’r – ko’rona aralashish oqibatida kelib
chiqadi. Masalan, yirik zavod, fabrikalardan turli zararli gazlarning chiqishi natijasida atmosfera ozon qatlami yemiriladi, hosil bo’lgan tuynuk hozirgi paytda butun insoniyatni
tashvishga solmoqda . Buning natijasida quyoshdan keladigan turli zararli nurlar yemiriladi-
gan ozon qatlamining tuynugi orqali tozalanmay, to’g’ridan to’g’ri yerga tushmoqda.
Ekologik muammolar qanday vujudga keladi?
A)Uzoq yillar davomida ishlab chiqarish munosabatlarining noto’g’ri tashkil etilgani tufayli
B)Ko’r – ko’rona aralashish oqibatida kelib chiqadi
S)Javoblar A va B
D) To’g’ri javob yo’q
7.Ekologiya so’zining ma’nosi nima?
A)odam va tabiat munosabatini o’rganuvchi fan
B)kislorodning bir ko’rinishi
S)go’zallik va viqorga boy
D)yerni o’rab turgan gazsimon qobiq
8. Noto’g’ri javobni toping?
Atmosfera
|
Planetalarni o’rab turgan gazsimon qobiq
|
Ekologiya
|
odam va tabiat munosabatini o’rganuvchi fan
|
Ozon
|
Atmosferadagi kislorodli qobiq
|
Purviqor
|
go’zallik va viqorga boy
|
9.Robotni birinchi ixtiro qilgan shaxs musulmon olimi al-Jazariydir.Robot bola ko’rinishida bo’lib, qomati tik, qo’lida ko’za to’la suv, bir qo’lida sochiq bo’lgan. Bosh kiyimi ustida qush turgan. Ibodat vaqtida qush sayrar, bola esa xojasi oldiga borib, uning qo’liga ko’zadan ma’lum miqdorda suv quyar, so’ngra sochiq tutardi.
Ilk robotni kim kashf qilgan?
A)al-Ja’fariy S)al-Xorazmiy
B)al-Jazariy D)al-Jazoir
10.Robot qanday ko’rinishda bo’lgan?
A)Bola S)qariya
B)qiz D)hayvon
11.Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush tovushlar yig’indisi …
A)bo’g’in S)tovush
B)urg’u D)ohang
12.Nutq tovushlarining asosiy vazifasi …
A)so’zlarning ma’nolarini farqlash S)unli va undosh tovushlarga ajratish
B)so’zlarni bo’g’inlarga ajratish D)alifboni hosil qilish
13.Avval… , r…b…t tabiiy emas, o’zi yaralmagan, ongli mavj…d…t t…m…nidan yasalgan. Nuqta o’rniga mos unli harfni qo’ying
A) A B) E S) O D)I
14.Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo’qligida orzu qiladi. Baxtli odam men baxtliman deb olamga jar solmaydi.inson hech qachon baxtga to’ymagan, “baxtliman” degan emas.
Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o’zi – baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko’rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin!Kishida maqsad bo’lsa, unga erishish yo’lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na – dashnomlar eshitish, kuyib – yonib yurish ham baxt.
Men kinochi bo’lsam, “Baxtiyorlik lahzalari” degan film yaratgan bo’lar edim. Bu film baxt lahzalari majmuasidan iborat bo’lar edi. Unda marraga yetgan sportchining g’labadan charaqlagan ko’zlarini, yerga qo’ngan kosmanavtning kulgisini, she’r yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayohatchining mamlakatimiz chegarasini kesib o’tgandagi his – hayajonini, uzoq judolikdan so’ng bolasiga yetishib quchoqlagan onaning sevinch yoshlarini, o’z mehnat samarasini ko’rib mamnun bo’lgan kishi sevinchini … suratga tushirgan bo’lar edim.
Baxt shunday narsaki , borligida kishi uni… , yo’ligida …
Nuqtalar o’rniga so’zlarni qo’ying
A)sezmaydi, orzu qiladi S)yo’qotadi, topadi
B)qadrrlamaydi, xohlaydi D)sezmaydi, orzu qiladi
15.Ijodkorning fikricha , baxt nima?
A)kuyib – yonib yurish S)biror maqsad bilan yashash
B)mashaqqat chekish D)boy – badavlat bo’lish
16. “Baxtiyorlik lahzasi” filmida qanday tasvir yo’q?
A) she’r yozib tugatgan shoir quvonchini
B) yerga qo’ngan kosmanavtning kulgisini
S)lotareyada avtomashina yutib olgan inson shodligi
D) uzoq judolikdan so’ng bolasiga yetishib quchoqlagan onaning sevinch yoshlarini
17.Qaysi qatordagi so’zlarda tovush ortishi hodisasi uchraydi?
A)parvoyim,shundan,obro’yim S)ko’ngli,sanoq,mavqeyi
B)meni,seniki,o’quvchi D)obro’yim,parvoyim,varag’i
18. Qaysi qatordagi so’zlarda tovush tushishi hodisasi uchtaydi?
A)shahrimiz,ko’ngli,pasaymoq S)sanoq,ishlov,o’rni
B)shundan,meni,seniki D)tabiat,teatr,biologiya
19. O’zbekni mashhur qilgan “Allapin”
Inson organizmida har bir a’zoning alohida o’rni bor.Aytaylik,miya fikrlash,borliqni anglashga asosiy sanalsa,ko’z bajarayotgan vazifani hech bir mubolag’asiz hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin.
Lekin vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki,uning holati,umuman,inson tirikligini ifoda etadi.Bu- yashashni ta’minlaydigan a’zo, ya’ni yurakdir.
Vujudimizda “jon” deb atalmish omilning barharhayotligi, yurib turganimizga sabab, avvalo, yurakning ishlab turishidir.
Yurakni asrash uchun ko’plab dori vositalari o’ylab topilyapti.Ammo shunday dori vositasi kashf qilish kerakki, uning yurakka ta’siri boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarmasin.
O’zbekiston olimlari yurak huruji kasalliklariga malham bo’luvchi “Allapinin” degan preparatni kashf etishdi. Uning ixtiro qilinishiga o’n yildan ziyod vaqt ketdi. Yer yuzidagi mataxasislarning tan olishi, dorini sanoat asosida ishlab chiqarishga ham undan kam vaqt sarflanmadi.
Matndagi tovush almashishiga uchragan so’zlarni toping.
A)anglashga,sanalsa,yashashni,atalmish S)fikrlash,yurakka,prerarat
B)organizmida,o’rni,tirikligini D)anglashga,kasalliklariga
20.To’g’ri javobni toping.
Preparat
|
Davo bo’ladigan narsa
|
Kardiolog
|
Yurak shifokori
|
Xuruj
|
qiyoslash
|
Malham
|
Dori-darmon
|
21.”Allapin”preparatini ixtiro qilinishiga qancha vaqt ketdi?
A)o’n yildan ziyod S)yetti yildan ziyod
B)uch yilda ziyod D) bir yildan ziyod
22.Kashfiyotchi olimlar qanday mukofot bilan taqdirlandi?
A)Beruniy nomidagi davlat mukofoti S)Alisher Navoiy nomidagi
B)Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti D)Farobiy nomidagi davlat mukofoti
23.Muqoyasa so’zining ma’nosi…
A)qiyoslash,solishtirish S)maqsad
B)bahs-munozara D) qoya
24.Ulkan portlash
Tasavvur qila olasizmi, butun koinot igna uchidan ham kichkina narsaning portlashidan vujudga kelgan. Bu narsa shu qadar kichkina bo’lganki, hatto mikroskop bilan hamuni topa olmagan bo’lar edingiz. Lekin qanday qilib undan butun koinot yaraladi? Shu mitti zarralardan sayyoralar, yulduzlar va gallaktikalar qanday qilib o’sib chiqdi? Bu savollar haligacha jumboq bo’lib qolmoqda. Olimlar faqat shu narsaning 13,8 mlrd yil oldin portlagini va soniya o’tar – o’tmaskatta bir borliqning paydo bo’lganini aniqlashgan, xolos. Bu xodisa fanda “Ulkan portlash” deb ataldi. O’sha portlashdan so’ng koinot quyuq chang va gazlar bilan to’lgan. Undagi mayda zarralar bir – biriga qo’shilib, ulkan yulduzlarni hosil qilgan. Sayyoralar paydo bo’lgan. Hozir ham gallaktikamizning qaysidir burchaklarida mayda zarralar birlashib, yulduzlar yaralmoqda.Koinot esa kun sayin yanada kengaymoqda, ya’ni “Ulkan portlash” hali tugagan emas. Biz esa shu portlashning ichida hayot kechiryap- miz.
“Ulkan portlash” dan keyinkoinot nimalar bilan to’lgan?
A)mayda zarralar va suv tomchilari bilan S)qum zarrachalari va kislorod bilan
B)quyuq chang va gazlar bilan D) chang va tomchilar bilan
25.”Ulkan portlash” haqidagi noto’g’ri hukmni toping.
A)13,8milliard yil avval sodir bo’lgan;
B)biz shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz
S)”Ulkan portlash”hali tugagan emas
D)u faqatgina bir marta sodir bo’lgan
26.To’g’ri javobni toping
Koinot
|
3-shaxs shaklidagi kishi yoki narsaga ishora
|
Milliard
|
Mingta million
|
Undan
|
Butun borliq,galaktika
|
Mikrokop
|
Nomlanmoq
|
27.Talaffuzda tovush tushishi sodir bo’lgan so’zlar qatorini toping.
A)Toshkent,sust,go’sht S)baland,o’rni,past
B)o’g’lim,ko’nglim,o’rni D)singlim,obod,qand
28.Qutb yulduzi
Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlarning joylashishiga qarab yo’lni aniqlashgan.Yulduzlarnio’rganib, ularning xaritasini chizib beradigan kishilar esa munajjim
Bilsizmi, yulduzlarning ham “yulduzi”, ya’ni mashhurlari bo’ladi. Qutb yulduzi ana shun - daylardan biri.Chunki u o’tgan davrlar mobaynida ko’plab adashganlarga yo’l ko’rsatib, o’z manziliga eson – omon yetib olishiga ko’makchi bo’lgan.
Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo’lgani uchun uni topib olish qiyin emas.Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o’tishi bilan yulduzlarning samo - dagi o’rni o’zgarib turar ekan.Faqatgina Qutb yulduzi o’z joyidan hech qachon jilmaydi, doim psmon shimoliy qismida yaraqlab turadi.Shunday o’ziga xos xususiyati tufayli sayyo- ralar Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq va g’arbni aniqlay olishgan.
Qutb yulduzi Katta ayiq yulduzi turkumiga kiradi.U Quyoshdan 120 marta katta bo’lib, o’n ming marta kuchliroq nur taratadi.Odamlarga yo’l ko’rsatib turgani uchun “Yo’lchi yulduz” deb ham atashgan.juda olisda bo’lgani bois ushbu yulduz nurlari Yergacha 472 yilda yetib keladi.
Yulduzlarni o’rganib, uning xaritasini chizib beruvchilarni qadimda qanday atashgan?
A)munaqqid B)mudarris
D)munajjim S)folbin
29.Qutb yulduzining qaysi xususiyati tufayli sayyohlar dunyoning 4 tomonini aniqlay olishgan?
A)eng yorqin yulduz bo’lgani uchun;
B)odamlarga yo’l ko’rsatib turgani uchun;
S)juda olisda bo’lgani uchun;
D)joyi o’zgarmay, osmonning shimolida turgani uchun;
30.Qutb yulduzi yulduzlarning “yulduz”I hisoblanadi, chunki u …
A)adashganlarga yo’l ko’rsatadi;
B)eng yorqin va go’zal yulduz hisoblanadi;
S)Quyoshdan ham katta;
D)qutbda joylashgan;
31.Akademik (ot) so’zida qaysi bo’g’inga urg’u tushadi?
A)3-bo’g’in B)2- bo’g’in S)1-bo’g’in D) 4-bo’g’in
32. G’urub yong’ini qoplar,
Samo yuzi anordek,
Bulutlar atlas kabi.. Ushbu she’rdagi g’urub so’zining ma’nosi.
quyoshning botish payti
g’aroyib
g’urbat
g’arb
33.Najmiddin Kubro Xorazimni istixlo qilishdan oldin Chingizxon Najmiddin Kubroga maktub yo’llaydi; “Men Urganchni bosib olib ,qatli om qilmoqchiman . Siz oila a’zolaringiz va shogirdlaringiz bilan xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin”.
Vatanparvar bobomiz uning taklifini rad etadi. Mo’g’ul qo’shinlari shaharga hujum qilgan vaqtda: “Yo Vatan, yo o’lim!”-deb shaharni mudofaa qilishga kirishdi.
Hal qiluvchi jangda u dushman bilan mardlarcha olishadi.Kamondan otilgan o’qlardan biri uning ko’ksiga sanchiladi. Shahid bo’layotgan Najmiddin Kubro yov qo’lidan bayroqni tortib olib , uni changallagancha halok bo’ladi. Dushman bayroqni tortib olish uchun uning barmoqlarini kesishga majbur bo’ladi. Najmiddin Kubroning bu jasorati tildan tilga o’tib, afsonaga aylandi.
Qatli om so’zining ma’nosi.
A)yoppasiga qirish S)jasorat
B)shahid qilish D)halok bo’lmoq
34.Najmiddin Kubro kimga qarshi kurashda shahid bo’ldi?
A)mo’g’ullarga S) boburiylarga
B)shayboniylarga D)mang’itlarga
Najmiddin Kubro bobomizning kurash oldidan aytgan iborasi…
A)”Yo Vatan,yo o’lim” S)”Kuch adolatda”
B)”Dast ba yor-u dil ba yor” D)”olg’a”
35.E’tiqod so’zining ma’nosi…
A)qattiq ishonch,iymon S)qurbon bo’lish
B)jasorat D)xohish,istak
36.Qaysi so’zlarda e unlisi to’liq talaffuz qilinadi?
A)kecha,ekran,ne’mat S)ehtiyotkor,elparvar,telefon
B) material,teatr,okean D)erinchoq,ezma,teatr
37.Qaysi so’zlarda o’ unlisi torroq talaffuz qilinadi?
A)ko’l,o’s.cho’l,jo’ra S)mo’tabar,mo’jiza,o’z
B)ro’mol,xo’roz,bo’ri D) mo’tadil,mo’jiza,cho’l
38. Xasis va uning oltini
Xasis bir odam o’zidagi bor-budini sotib, quyma oltin xarid qildi.Eski hovli yo’lagidan yurib bog’ga kirdi, bir qoziq yonida to’xtadi.O’sha yerdan choh qazib, oltinni ko’mib qo’ydi.Har kuni yo’lakka borar va xazinaning butun turganidan xabar olardi.Xasis odam- ning ishchilaridan biri uning bu yoqqa serqatnov bo’lganini sezib qoldi va sababini bilmoq-qa qaror qildi.
Tez orada ishchi ko’milgan xazinaning sirini bilib oldi.Yerni kovlab oltinni o’g’irlab ketdi.Ertasi kuni xasis qozig’i yoniga kelib qarasa,oltin yashirilgan chuqur bo’m-bo’sh.U baqirib sochini yuldi,odamlarni qarg’ay boshladi.Xasisni ahvolini ko’gan qo’shnisi:”iltimos bunchalik qayg’urma.Borgin-da tosh olib o’sha chuqurga tashla.Oltinning har doimgidek o’sha yerda yotganini tasavvur qil:oltining chuqurda bormi-yo’qmi undan senga hech bir naf yo’q edi-ku”,-dedi.
Matnga tayanib, quyida keltirilgan voqealar rivojining ketma-ketligini toping?
1.Xasis odam o’zidagi bor-budini sotib,quyma oltinga almashtirishga qaror qildi.
2.Bir kishi xasisning oltinini o’g’irlab ketdi.
3.Xasis chuqur qazib, unga xazinani yashirdi
4 .Qo’shnisi xasisga quyma oltinning o’rniga tosh tashlashni maslahat berdi.
A)1,3,2,4 B)1,2,3,4 S)4,3,2,1 D)2,3,4,1
39.Ushbu masaldan ko’zlangan maqsad noto’g’ri izohlangan javobni toping.
A)Qimmatbaho narsalarni o’g’irlanadigan joyda saqlama.
B)Oltining bo’lsa ,albatta,bir kuningga yaraydi.
S)Bor narsangdan foydalanmasliging unga ega emasliging bilan barobar.
D)To’g’rilab bo’lmaydiga narsa uchun qayg’urma.
40.G’ undoshi bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilsa…
A)asos va qo’shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar o’zgarmaydi.
B)bu qo’shimcha –qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi.
S)A va B D) to’g’ri javob yo’q
41 Saodat kaliti
Bir kishi so’rabdiki,”Ey ustoz!Insonlar bilan muomalada qanday yo’l tutganim ma’qul?” Ustoz:
-O’g’lim,sen hech tikanli dalada yalangoyoq yurib ko’rganmisan?-debdi.
-Ha,yurganman.
-Qanday yurgansan?
-Ehtiyotkorlik bilan sekin yurganman.
-O’g’lim,odamlar bilan ham xuddi shunday ehtiyotlik bilan muomalada bo’l,-debdi ustox.
Ahmad, bu hikoyani qulog’ingga quyib ol.Tilini tiygan kishi salomat bo’ladi.Hadislarda: ”So’zingga e’tibor ber.O’rni bo’lsa,yaxshi gap gapir,aks holda, sukut ma’qul”,-deya marhamat qilingan.
Matn mazmuniga mos bo’lmagan fikrni toping.
A)Tiling bilan dilingni bir tut. B)Tilini tiygan kishi salomat bo’ladi.
S)So’zingga e’tibor ber. D) O’rni bo’lsa , yaxshi gapir,aks holda,sukut ma’qul.
42.Qaysi so’zda til undoshlarining hamma turi qo’llangan?
A) yalangoyoq B)o’g’lim S) so’zingga D)qulog’ingga
43Matn mazmuni nima haqida?
Muomala madaniyati haqida S) mehr-oqibat haqida
Salomatlik haqida D) inson qadri haqida
44.Til oldi, jarangli,portlovchi undosh qo’llangan so’zlarni toping.
A) jo’ja,jajji,jahon S) avj,sajda, ajdod
B)jurnal,vijdon,jirafa D)ajoyib,juda, vijdon
45.Qaysi so’zlarda f undoshi p holida o’qilsa ham,f yoziladi?
A)fil,futbol,foyda S)afg’on,afzal
B)avtomat,avtomobil D)afsona,avtomat
46.Tamaddun so’zining ma’nosi…
A)madaniyat S)muruvvat
B) ma’rifat D)madaniyat
47. To’g’ri moslashgan so’zlarni toping
Azimat
|
Novcha, baland bo’yli
|
Zamin
|
Tarozi yoki 12 burjning biri
|
Zarofat
|
G’amgin
|
Daroz
|
G’amlab qo’yilgan narsa,xazina
|
Mezon
|
Yer,tuproq
|
Iztirob
|
Intilish
|
Zaxira
|
Ruhan ezilish
|
Mahzun
|
Hozirjavolik
|
A)
Azimat
|
Intilish
|
Zamin
|
Yer,tuproq
|
Zarofat
|
Hozirjavoblik
|
Daroz
|
Novcha,baland bo’yli
|
Mezon
|
Tarozi yoki 12 burjning biri
|
Iztirob
|
Ruhan ezilish
|
Zaxira
|
G’amlab qo’yilgan narsa,xazina
|
Mahzun
|
G’amgin
|
B)
Azimat
|
Intilish
|
Zamin
|
Yer,tuproq
|
Zarofat
|
Hozirjavoblik
|
Daroz
|
Novcha,baland bo’yli
|
Mezon
|
Tarozi yoki 12 burjning biri
|
Iztirob
|
G’amgin
|
Zaxira
|
G’amlab qo’yilgan narsa,xazina
|
Mahzun
|
Ruhan ezilish
|
S)
Azimat
|
Hozirjavoblik
|
Zamin
|
Yer,tuproq
|
Zarofat
|
Intilish
|
Daroz
|
Novcha,baland bo’yli
|
Mezon
|
Tarozi yoki 12 burjning biri
|
Iztirob
|
Ruhan ezilish
|
Zaxira
|
G’amlab qo’yilgan narsa,xazina
|
Mahzun
|
G’amgin
|
48.Amir Temur :”Jang paytida ularning o’rni beqiyos,yuzta mohir jangchi ularning o’rnini bosolmaydi”,-degan .Ular kimlar?
A) tabiblar B) hisobchi
S)sarkarda D) chavandoz
49.Ng harf birikmasi qo’llangan so’zlarni toping.
A)ko’ngil,singil,during S)congress, shtanga
B)menga,osmonga,singan D)tanga, ko’rdingiz,osmonga 50.Qishloq.Yoz.Jazirama.Qoq tush mahali baqaterak ostidan zaif bir“puf” yelib o’tadi.U – shu makonning epkini.Terak barglarini bir chayqatadi-yu, ariq bo’yiga o’zini tashlaydi.Ya- na birini suv shabadasi deydilar.Qayrag’ochdan uzoqqa ketolmay, kambar barglar orasida aylanib esadiganiyam bor.Quvvati kuchliroq bo’lgani sababli sal beriroqqa kelib, issiqda qimir etmay turgan jo’xorilarni chayqatib o’ynaydi.
Ba’zilari yo’lakda sho’xlik qilishadi.Qumoq ketaveringchi.Yo’l o’rtasida yo chetuda mitti girdob yasab, chang ko’tarib, tuproq bilan qasdlashib pirillayotgan quyunchani ko’rib qolasiz.
Yana bir turli shabada tong-u shomda bedazorlar tomondan esadi.Saharlab o’sha yoqqa ketib, oqshom iziga qaytsa kerak.
Olislardan keladigan qudratli shamol esa tevarakni kulrangga o’zgartirib yuboradi.
Shamol so’zining matnda berilgan sinonimlari to’g’ri yozilgan qatorni ko’rsating.
A)”puf”,epkin,shabada,quyuncha,shamol; B)epkin,qumoq,kambar,qayrag’och,girdob;
S)shabada,jo’xori,oqshom,quyuncha; D)shamol,”puf”,qumoq,quyuncha
51.Qumoq so’zining ma’nosi…
A)qum aralashib,donador bo’lgan S)hovli yonidagi yer bo’lagi
B)eni kichik,ensiz D)suv yoki shamol uyurmasi
52.Noto’g’ri izohni toping.
Kambar
|
Eni kichik,ensiz
|
Girdob
|
Suv yoki shamol uyurmasi
|
Tomorqa
|
Hovli yonidagi yer bo’lagi
|
Baqaterak
|
Yog’ochi qattiq,shoxlari tig’iz,soyali daraxt
|
53.Qator undoshli so’zlarni toping.
A)go’sht,do’st,barg S)o’rtoq,foyda,ilhom
B)izzat,qattiq,salla D)nimcha,qirq,o’simlik
54.Qaysi tovush bilan boshlanadigan qo’shimchalar 3xil aytiladi va yoziladi?
A) g B) d S) t D) s
55.a unlisi bilan tugagan fe’llarga qaysi qo’shimchalar qo’shilganda,a unlisi o aytiladi va yoziladi?
A)-v,-vchi,-q,-qi S)-vchi,-chi,-qi
B) –v,-dosh,-chi D)-q,-qi,-gach
56.Qaysi qatordagi so’zlarda egalik qo’shimchasi qo’shilganda y tovushi ortadi va shunday yoziladi?
A)parvo,obro’,mavqe,mavzu; S)avzo,obro’,orzu;
B)obro’,orzu,kulgi, ushbu D) mavzu,orzu,mavqe;
57.Imlo qoidasiga muvofiq to’g’ri yozilgan so’zlarni toping.
A)inshoot,shunday,tatbiq S)mammanlik,me’zon,qayril
B)yarimi,shavqatsiz,ketti D)shunday,tadbiq,sumbul
58.Xona,noma,poya bop,ham,baxsh kabi so’zlar bilan yasalgan qo’shma so’zlar qanday yoziladi?
A)qo’shib S) chiziqcha bilan
B)ajraib D)bosh harf bilan
59.Har,hech,bir,u,shu kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’z bilan qanday yoziladi?
A)ajratib S)chiziqcha bilan
B)qo’shib D) bosh harf bilan
60.Quyidagi so’zlardan nechtasi ajratib yoziladi?
Olti //ariq,ko’z//oynak.har//narsa, shirin//so’z,shu//yerda,baland//parvoz,hech//qachon, mehmon//xona;
A)3 ta B) 4 ta S) 5 ta D) 2ta
61.Ruscha,baynalmilal yoki tarjima qilingan qo’shma so’zlar qanday yoziladi?
A) qo’shib S) chiziqcha bilan
B) ajratib D) bosh harf bilan
62.To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.
A) “O’zbekiston Qahramoni”unvoni S)Bolajon telekanali
B)”Tong Yulduzi”gazetasi D)mustaqillik kuni
63.Aborigenlar kimlar?
A)tub joyliklar S)jonzot
B)aholi D)tog’liklar
64.Omonim so’zlar berilgan qatorni toping.
A) karam,adash,bo’y,qovoq S)un,fan,diyda,soz
B)burun,ko’z,yuz,qism D)palla,chakka,tuproq
65.Bir so’zni o’z va ko’chma ma’noda qo’llashdan hosil bo’lgan so’zlar…
A)ko’p ma’noli so’zlar S) sinonim so’zlar
B) omonim so’zlar D)paronim so’zlar
66.Antonimlar qo’llangan gapni belgilang.
A)To’g’ri boshni egri qilich kesmas. S)Tilga e’tibor-elga e’tibor
B) Oz so’zla,soz so’zla. D)Til bor,bol keltirar,til bor,balo.
67.Iste’dodli o’quvchilar ichida do’stlarim borligidan faxrlanaman.Borliq sinoatlarga to’la.
Yuqoridagi gaplarda qanday so’zlar qo’llangan?
A)paronimlar S)omonimlar
B) sinonimlar D)antonimlar
68.Yangi paydo bo’lgan so’zlar berilgan qatorni toping.
A)sayt,antiviris,chat S)stol,stul,shkaf
B)kitob,fermer,bekat D)iste’dod,istiqlol,texnika
69. 1-saltanat ,2-cherik, 3-dorug’a
a-qo’shin , b-mamlakat, s-shahar hokimi
Yuqoridagi so’zlarni moslashtiring.
A)1-b,2-a,3-s; S) 1-a,2-b,3-s;
B)1-s,2-a,3-b; D)1-b,2-s,3-a;
70.Tarixiy so’zlarni toping.
A)hojib,degrez,yorg’ichoq S)payg’om,kamon,sovut
B)qozi,handasa,bog’ot D)paykon,nayza,bo’zchi
71.Xalq ichida “parilar yurti”,”parixona”so’zidan hosil qilingan degan rivoyat yuradi.
Bu fikr qaysi shahar haqida ?
A)Farg’ona S)Buxoro
B)Xorazm D)Shahrisabz
72.To’g’ri javobni toping.
Buxoro
|
Tangri jamoli
|
Samarqand
|
Quyoshli yurt
|
Shahrisabz
|
Boy shahar
|
Xorazm
|
Yashil shahar
|
73. Bu shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga borib taqaladi. ”Avesto ”kitobida Vurukash(Orol)dengizi bo’yida Urga(Urva)shahri bo’lganligi qayd etilgan.Tabiiy ofatlar tufayli Urga hozirgi Ko’hna Urganch hududiga ko’chirilgan.VIII asrgacha Gurganj nomi bilan yuritilgan.712-yilda ,shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin ,Jurjoniya deb ataldi.1221-yili mo’g’ullar egallagandan so’ng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi.XIV asr Yevropa manbalarida shahar (Ko’hna Urganch)Urgant shaklida tilga olinadi.
Vurukash qanday joy nomi?
A)Orol dengizi S)Urganch
B)Kaspiy dengizi D)Gurlan
74.Arablar Urganch shahrini qanday atashgan?
A)Jurjoniya S)Gurganj
B)Urgant D)Urga
75.Mo’g’ullar bu shaharni qanday nomlashdi?
A)Urganch S)Urga
B)Vurukash D)Urgant
76.Taxallusi “tong yulduzi”degan ma’noni anglatgan shoir nomi…
A)Cho’lpon S) Navoiy
B) Fitrat D) Oybek
77.Oilaning qaysi farzandiga Muqaddam ismi qo’yiladi?
A)to’ng’ich S)4-farzandiga
B)2- farzandiga D)5-farzandiga
78. Nuqtalar o’rniga zarur so’zlarni qo’ying.
…-yuqumli kasallikning bir necha mamlakat,qit’ada yoppasiga tarqalishi.
A)epidemiya S)azimut
B)pamdeniya D)virus
79. Nuqtalar o’rniga zarur so’zlarni qo’ying.
…-yuqimli kasallikning ma’lum hududda odatdagidan ko’p tarqalishi.
A)epidemiya S)azimut
B)pamdeniya D)virus
80.Abu Rayhon Beruniy
Beruniy bobomiz Xorazmning Kat shahrida tug’ilgan.Zehni nihoyatda o’tkir bo’lgan Beruniy astranomiya, matematika, fizika, ma’danshunoslik, geografiya, til, tarix kabi fanlarini puxta egalladi. Ayni paytda o’zi ham bu fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. Hatto ko’plab dorivor o’simliklar nomini bir necha tilda yozib, fanga qoldirdi.
Keyinchalik Bag’dodda tashkil topgan “Baytul-hikma” (“Donishmandlik uyi”) nomli o’sha davr fanlar akademiyasida yetti yil ishlagan, kashfiyotlar qilgan…
Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” kabi asarlari tarix fani uchun muhim manba hisoblanadi.
U “Hindiston” asarida ummon ortida qit’a borligi haqidagi taxminni ilgari surdi. Yevropalik sayyoh olimlar esa Beruniydan qariyb 500 yildan so’ng bu qit’ani borligini amalda isbot- lashdi “XI asr Beruniy asridir” , deb yozgan edi AQShning fanlar tarixi bilan shug’illanuv- chi olimi Jorj Sarton.
Matndan ushbu she’riy parchaga mos xatboshini toping?
Amerika sehrli diyor, Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Uxlar edi Kolumb ham hali. Beruniyning aql mash’ali.
A) U “Hindiston” asarida ummon ortida qit’a borligi haqidagi taxminni ilgari surdi. Yevropalik sayyoh olimlar esa Beruniydan qariyb 500 yildan so’ng bu qit’ani borligini amalda isbot- lashdi “XI asr Beruniy asridir” , deb yozgan edi AQShning fanlar tarixi bilan shug’illanuv- chi olimi Jorj Sarton.
B) Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” kabi asarlari tarix fani uchun muhim manba hisoblanadi.
S) Keyinchalik Bag’dodda tashkil topgan “Baytul-hikma” (“Donishmandlik uyi”) nomli o’sha davr fanlar akademiyasida yetti yil ishlagan, kashfiyotlar qilgan…
D) Beruniy bobomiz Xorazmning Kat shahrida tug’ilgan.Zehni nihoyatda o’tkir bo’lgan Beruniy astranomiya, matematika, fizika, ma’danshunoslik, geografiya, til, tarix kabi fanlarini puxta egalladi. Ayni paytda o’zi ham bu fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. Hatto ko’plab dorivor o’simliklar nomini bir necha tilda yozib, fanga qoldirdi.
81.Ma’nosi bir so’zga teng keladigan so’zlar birikmasi yoki gaplar … deyiladi.
A) ibora S)hikmatli so’zlar
B) maqol D)tasviriy ifoda
82.Bir yoqadan bosh chiqarmoq. Iborani to’g;ri izohlang.
A)hamjihat bo;lmoq,yakdillik bilan S)oshkor bo’lmoq
B)kibrlamoq,gerdaymoq D)uyatli holda qolmoq
83.”Og’ayni chalish-bir poy kalish”.Hozirda bir poy kalish ham iste’moldan chiqdi,hisob. Og’ayni chalishning o’zi qoldi.Bu nima?
A)ibora S) so’z birikmasi
B)so’z D) gap
84….xalqning hayotiy tajribasi,donishmandligi natijasida maydonga keladi. Nuqtalar o’rniga mos so’zni toping.
A)maqol S)ibora
B)hikmatli so’z D)so’z
85.Javoblarni moslashtiring.
Pista
|
Asralishi kerak bo’lgan narsalar saqlanadigan buyum
|
Lahza
|
Tog’larda o’sadigan past bo’yli daraxtning qobiqli danagi
|
Ekin
|
Ko’z ochib yumguncha o’tgan vaqt
|
Ibrat
|
Hosil olish uchun ekilgan,urug’danunib-o’sgan o’simlik
|
Sandiq
|
Odamlar uchun namuna
|
86.Qavm so’zining ma’nosi…
A)bir urug’ga mansub,mahalla; S)ko’cha –ko’y
B)muqaddas D)qarindosh-urug’
87.Navoiy “Lison ut-tayr”dostonida nima haqida ma’lumot beradi?
A)usturlob S)sandiq
B)oyna D)daraxt
88 Otlari har xil,yoshlari bir xil. Topishmoqning javobini toping.
A)oy kunlari S)gugurt
B)o’simlik D)yomg’ir
89.Daryoga yaxshilik qilsang,ajrini …..topasan.Maqolni to’ldiring ,
A)biyobondan S) tuproqdan
B)dengizdan D0ariqdan
90.Ushbu hikmat adibiga tegishli to’g’ri fikrni toping.
Kim bor anga ilm tolibi –ilm kerak,
O’rgangani ilm-tolibi ilm kerak.
A)”Hayrat ul-abror”dostonida rostgo’ylikning foydasi haqida yozadi.
B)”Dunyoning ishlari”asari muallifi.
S)”Boburnoma”memuar asarining ijodkori.
D)”Bulut”,”Baliq ovi”kabi she’rlar yozgan.
91.To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.
A)ajdod,hukmdor,kutubxona S)issiq mijoz,barpo etmoq
B)hukumdor,foto apparat D) tabrik noma,shu yoqdan
92.Tinish belgilarining yozma nutqda qo’llanish qoidalarini o’rganuvchi bo’lim …. deyiladi?
A)punktuatsiya S)leksikologiya
B)morfologiya D)sintaksis
93.Ehtimol,onalarning so’ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir?
Vergulning qo’yilish sababini toping.
A)so’zlovchining o’zi bildirayotgan fikrga qo’shimcha munosabatini bildiradigan so’zdan keyin
B)so’z takrorlangani uchun
S)undalmadan keyin
D)undov so’zdan keyin
94.Tartib bildiruvchi arab raqmlaridan so’ng qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A)nuqta S)ikki nuqta
B)vergul D)undov belgisi
95.-mi,-chi,-a,-ya yuklamalari qanday gaplarni hosil qiladi?
A)so’roq S)darak
B)undov D)buyruq
96.Qanday? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni toping.
A)ilg’or,zalvarli,batafsil S)qizil,jilo,birmuncha
B)diyonat,yarim,sariq D)adib,ozgina,ibtidoiy
97.Gardun so’zining ma’nosi…
A)dunyo,osmon S)sayqllangan olmos
B) quyosh,issiq D)qimmatbaho tosh
98.AQShning fanlar tarixi bilan shug’ullanuvchi olimi Joj Sarton XI asrni kimning asri deb ataydi?
A)Beruniy asri S) Xorazmiy asri
B) Ibn Sino sari D)Forobiy
99.Tashkilot,muassasa,korxona,jamiyat nomlari qanday yoziladi?
A)qo’shtinoq ichida S)qavs ichida
B) bosh harf bilan D) kichik harf bilan
100….arabcha so’z bo’lib,”bildirish”,”xabarnoma”degan ma’nolarni anglatadi?
Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying.
E’lon S) taklifnoma
Xat D)tabriknoma
Do'stlaringiz bilan baham: |