Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet159/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Takrorlash uchun savollar


  1. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni hisoblash tartibini tushintirib bering?

  2. Hizmat safari harajatlari bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar tartibini ayting?

  3. Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobini tushintiring?

  4. Talabalar bilan stipendiyalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobini sharxlang?

5-BOB. MOLIYaVIY NATIJALAR HISOBI


    1. Byudjet tashkilotlarida moliya yilini yakunlash tartibi va moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladigan

operatsiyalar hisobi


O‘zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Davlat byudjetining g‘azna ijrosi moliya yili mobaynida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.
Ma’lumki “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq moliya yili bu yilning 1 yanvarida
31 dekbariga qadar bo‘lgan vaqtdir. Demakki, yuqoridagi qonunga muvofiq moliya yilining 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar bo‘lgan davrda va unga qo‘shimcha vaqt mobaynida davlat byudjetining g‘azna ijrosi

amalga oshirilishi lozim.


Vazirlar Mahkamasining mazkur 414-son qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlari tomonidan kelgusi yilning yanvar oyida, ya’ni moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida o‘tgan moliya yili uchun quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
o‘tgan yilgi kreditorlik qarzlari to‘lanadi;
tejab qolingan mablag‘lar Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida o‘tgan yilgi kreditorlik qarzlar, avvalo, mazkur kreditorlik qarz vujudga kelgan xarajatlarning iqtisodiy tasnifi bo‘yicha tegishli moddadan amalga oshirilishi lozim. Agarda mazkur xarajat moddasida mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, yoki ushbu kreditorlik qarzni qoplashga yetmasa, u holda ushbu kreditorlik qarz byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliya yiliga qo‘shimcha vaqt

tugagandan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yoki boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda yoki umuman mavjud bo‘lmagan hollarda, o‘tgan yilning kreditorlik qarzlari moliya organining byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lari yo‘qligini tasdiqlovchi xulosasi asosida joriy moliya yili xarajatlar smetalarida (vaqtinchalik xarajatlar smetalarini hisobga olgan holda) nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab berilishi mumkin.
Qo‘shimcha davrda iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qaramog‘idagi byudjetdan mablag‘ oluvchilar bo‘yicha – qonunchilik talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan tegishli hududiy moliya organining xulosasi asosida;
respublika byudjeti qaramog‘idagi byudjetdan mablag‘ oluvchilar bo‘yicha - byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan mustaqil ravishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilingan holda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan iqtisod qilingan byudjet mablag‘larining noto‘g‘ri aniqlanganligi uchun shaxsiy javobgardirlar.
Moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida amalga oshiriladigan yuqorida keltirilgan davlat byudjetining g‘azna ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalar o‘tgan yilning byudjeti ijrosi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun byudjet tashkilotlari tomonidan ham o‘tgan yilning buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aks ettirilishi lozim.
Jumladan, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida, ya’ni kelasi yilning yanvar oyida to‘langan kreditorlik qarzlar o‘tgan yilning dekabr oyi operatsiyalariga kiritiladi.

Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish