Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet160/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Shartli misol. Byudjet tashkilotiga 2011 yilning 5 yanvar kuni telefon xizmati xarajatlari uchun tegishli tashkilotlardan 100.0 ming so‘mga hisobvaraq faktura taqdim qilindi. Byudjet tashkiloti tomonidan xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddasi hisobidan ushbu kreditor qarzlarni to‘lash uchun kerakli mablag‘ (100.0 ming so‘m) o‘tgan yilning xarajatlar smetasi hisobidan 7 yanvar kuni o‘tkazib berildi.
Ushbu operatsiyalar, ya’ni yanvar oyida taqdim qilingan hisobvaraq faktura byudjet tashkiloti tomonidan o‘tgan yilning dekabr oyi 6-memorial orderida Debet 231 va Kredit 159 buxgalteriya provodkasi bilan aks ettirilishi lozim.
Mablag‘larni o‘tkazib berilishi ham o‘tgan yilning dekabr oyi 2-memorial orderida Debet 159 va kredit 232 buxgalteriya provodkasi bilan aks ettirilishi lozim.
Huddi shuningdek, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida tejalgan byudjet mablag‘larini byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazilishi ham o‘tgan yilning moliyaviy hisobotlarida aks ettiriladi.
Shartli misol. Byudjet tashkiloti tomonidan 2011 yilning 10 yanvar kuni tegishli moliya organining xulosasiga asosan tejalgan

    1. ming so‘m byudjet mablag‘i byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazildi. Ushbu holatda byudjet tashkiloti tomonidan mazkur operatsiyalar o‘tgan yilning dekabr oyi 2-memorial orderida Debet 112 va Kredit 232 buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi.

Mazkur operatsiya o‘tgan yilning 4-choragi uchun tuzilgan xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda (2-shakl) kassa xarajati sifatida aks ettirilishi lozim. Shuningdek, o‘tgan yilning 4-choragi uchun tuzilgan byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobotda 2010 yil uchun tushum sifatida aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida (yilning yanvar oyida) amalga oshirilgan operatsiyalar tegishlicha o‘tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan operatsiyalar (o‘tgan yilning kreditorlik qarzlarini to‘lash va byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga tejalgan mablag‘larni o‘tkazish) va joriy moliya yilining operatsiyalariga alohida ajratilgan holda yuritilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarida joriy moliya yilini yakunlash moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida amalga oshirilgan yuqorida keltirilgan operatsiyalardan tashqari, inventarizatsiya o‘tkazish va inventarizatsiya natijalarini hisobda aks ettirish ishlari amalga oshirilishi lozim.
Byudjet tashkilotlari tomonidan inventarizatsiya ishlarini tashkil qilish, uni o‘tkazish va natijalarini hisobda aks ettirishda quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasining 19-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” (O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2 noyabr 1999 yil 833-son bilan ro‘yxatga olingan);
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 6 aprel 2004 yil 1334- son bilan ro‘yxatga olingan);
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 22 dekabr 2010 yil
2169-son bilan ro‘yxatga olingan) va boshqalar.
Bundan tashqari hisobot yilining oxirida hamma hisobdor shaxslar, turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlangan bo‘lishi lozim. Hisobdor shaxslarga berilgan avanslar bo‘yicha hisobotlar to‘liq topshirilishi ta’minlanishi, shuningdek foydalanilmagan avans qoldiqlari qaytarilishi lozim.
Debitorlik qarzlar (avans tariqasida o‘tkazilgan mablag‘lar bundan mustasno) yil oxiriga qadar to‘liq qaytarilishi, kreditorlik qarzlar esa xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida to‘lanishi kerak. Debitor va kreditorlar bilan mavjud qarzdorliklar yil oxiriga qadar to‘liq undirilishi (to‘lanishi) ta’minlanmasa, belgilangan tartibda taqqoslash dalolatnomasi tuzish orqali o‘zaro tasdiqlanishi lozim.
Shundan so‘ng tegishli subschyotlar yopiladi va mablag‘larning har bir turi bo‘yicha alohida holda moliyaviy natijalar shakllantiriladi. Mazkur operatsiyalar dastlab hisob registrlarida, keyin esa, mazkur hisob registrlari asosida yillik moliyaviy hisobot shakllarida aks ettiriladi.
Yil oxiridagi ushbu yakuniy provodkalar tegishli tahliliy hisob- kitob jadvallari, buxgalteriya ma’lumotnomalari va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga 274-shakldagi alohida memorial order bilan rasmiylashtiriladi. Byudjet tashkilotlarida moliya yilini yakunlash va yillik moliyaviy hisobotlarni shakllantirish bilan bog‘liq yuqorida keltirilgan operatsiyalarni tizimlashtirilgan holda sxematik ko‘rinishini quyidagicha keltirishimiz mumkin (5.1.1-rasm):


Buxgalteriya hisobotlarini tuzishda quyidagi shartlar to‘liq saqlanishi lozim:
a) hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag‘lari, asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to‘liq aks ettirilishi;
b) tahliliy hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo‘lishi, shuningdek buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarining sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlariga mosligi;
v) buxgalteriya hisobotlaridagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo‘lib xizmat qilishi.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda buxgalteriya hisobotlari noto‘g‘ri tuzilgan deb hisoblanadi.



Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish