Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish tartibini tushuntirib bering?
Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar va ular bo‘yicha imtiyozlar hisobini tushuntirib bering?
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobini aytib bering?
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar hisobini tushuntirib bering?
Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, hizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha xodimlar bilan, stipendiya to‘lovlari bo‘yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Material javobgar shaxslar bilan yo‘l qo‘yilgan kamomadlar bo‘yicha hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo‘yicha kamomadlar unidirish vaqtida bozor qiymatida undiriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va mehnat qonunchiligi talablari asosida undiriladi. “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va
ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan.
Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Hizmat safari harajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarida hizmat safari harajatlarini amalga oshirish “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi hizmat safarlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma” (O‘z.R AV. tomonidan 2003 yil 29 avgustda № 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) va Xorijiy mamlakatlarga hizmat safarlari “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish Tartibi” (O‘z.R AV. tomonidan 2000 yil 5 iyunda
№ 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan)ga asosan amalga oshiriladi.
Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan (arizada avansning nimaga mo‘ljallanganligi ko‘rsatilishi kerak) tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida beriladi. Hisobi beriladigan pullar ular berilayotgan vaqtda ko‘zda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans hisobotini tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi,
shuningdek, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi hamda mablag‘larni muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi. Tekshirib chiqilgan avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldig‘i hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi to‘liq qaytarilgandan so‘ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmagan yoki foydalanilmagan avans qoldig‘i kassaga qaytarilmagan hollarda tashkilotlar bu qarzlarni avans olgan shaxslarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash ijtimoiy qo‘llab-kuvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi vazifalari bevosita xo‘jalik sub’ektilarga berilgan. Har bir xodimning mehnat daromadlari, xo‘jalik sub’ekti faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan xolda, uning qo‘shgan hissasi va maksimal mikdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga hak to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi konuniy hujjatlar, xo‘jalik sub’ektilarning jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Ma’lumki ish haqi, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi (4.4.1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |