Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet154/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Takrorlash uchun savollar





  1. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobini tashkil etish tartibini tushuntirib bering?

  2. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobini xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini aytib bering?

  3. Sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha hisoblashuvlar hisobini tushuntirib bering?

  4. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar hisobini tashkil etishni tushuntirib bering?
    1. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar hisobi


Byudjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq byudjet bilan, shuningdek byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga doir, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi.


Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarga Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa

jamg‘armalar kiradi.


Byudjet bilan soliqlar bo‘yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1 yanvargacha byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning hodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Shuning uchun byudjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat xodimlarni ish haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig‘i ushlanmalari amalga oshriladi va byudjetga o‘tkazib beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi. Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanib byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Xodimlarni ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari. Halq banki bo‘limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazilib
boriladi. Bundan tashqari xodimlarning ish haqiga nisbatan Pensiya jamg‘armasiga ushlanma (badal) amalga oshirilib o‘tkazib beriladi. Shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hodimlarning ijtimoiy to‘lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqalar) bilan hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida aks ettiriladi. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari, raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari to‘ldiriladi.
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi
16 “Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar” schyoti quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi:
160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”; 161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar”;

  1. “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar”;

  2. “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob- kitoblar”;

169 “Boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar”.

  1. “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida byudjet bilan quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob- kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa to‘lovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan va qonunchilikka ko‘ra byudjet daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summalar va boshqa byudjet bilan

hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan soliqlarni o‘tkazilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi.




Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda daromad solig‘i bo‘yicha ushlanmalar amalga oshirilganda

173


160


Buxgalteriya ma’lumotnoma si

2


Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha
ushlanmalar amalga oshirilganda

160

162

Buxgalteriya ma’lumotnoma si

3

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda daromad solig‘i bo‘yicha ushlanmalar byudjetga o‘tkazib berilganda



160

232, 11
schyotning tegishli subschyotla
ri

Shahsiy hisobvaraqlar dan ko‘chirma



4

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha ushlanmalar o‘tkazib berilganda



162

232, 11
schyotning tegishli subschyotla
ri

Shahsiy hisobvaraqlar dan ko‘chirma



5


Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha foyda solig‘i hisoblanganda

261


160


Buxgalteriya ma’lumotnoma si

6


Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha hisoblangan foyda solig‘i imtiyoz ko‘rinishida aks ettirilganda

160

285

Buxgalteriya ma’lumotnoma si

Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.



  1. “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida mehnatga xaq to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy

to‘lovlarning hisobi olib boriladi. Bu schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlarni ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasini o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi.




Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Xodimlar ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda hisoblangan
yagona ijtimoiy to‘lov summasiga

090,
231,241,251,
261,271

161


Buxgalteriya ma’lumotnoma si

2


Xodimlar ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi
o‘tkazib berilganda

161

232, 11 -
schyotning
tegishli subschyotlari

Shahsiy hisobvaraqlar dan ko‘chirma

161-“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot bo‘yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.



  1. “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari buyicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari summasi, debet tomonida hisoblangan badallarni o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari buyicha hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi.



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha
ushlanmalar amalga oshirilganda

160

162

Buxgalteriya ma’lumotnoma si

2

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan

162


232, 11
schyotning

Shahsiy hisobvaraqlar




Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha ushlanmalar o‘tkazib berilganda




tegishli subschyotlar
i

dan ko‘chirma

Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.



  1. “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob- kitoblar” subschyotida tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar summasi shuningdek Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni kelib tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar va ajratmalarni o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni hisoblanishi aks ettiriladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi.



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Xodimlarning hisoblangan ish xaqlaridan Pensiya jamg‘armasiga
ushlangan majburiy badallar summasiga

173


163


Buxgalteriya ma’lumotnomasi

2

Xodimlarning hisoblangan ish xaqlaridan Pensiya jamg‘armasiga ushlangan majburiy badallar summasini o‘tkazib berilishi



163

232, 11
schyotning tegishli subschyotla
ri

Shahsiy hisobvaraqlardan ko‘chirma



3

Qonunchilikka muvofiq sotilgan

211

163

Buxgalteriya




mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi xajmidan hisoblangan
ajratmalar







ma’lumotnomasi

4

Qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi xajmidan hisoblangan ajratmalarni imtiyoz ko‘rinishida aks
ettirish

163

285

Buxgalteriya ma’lumotnomasi



5


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va
boshqa to‘lovlar hisoblanganda

163

171

Buxgalteriya ma’lumotnomasi, so‘rovnoma

6


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha hisoblangan
to‘lovlar kelib tushganda

119

163

Shahsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar hisoblanganda 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan tashkilot hisobvarag‘iga kelib tushgan summalarga pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.


Analitik hisob byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni oluvchilar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
169 “Boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar” subschyotida tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim, tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘arma, Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar summasi, debet tomonida hisoblangan ajratmalar summasini o‘tkazib
berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi.



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi
xajmidan hisoblangan ajratmalar

211

169

Buxgalteriya ma’lumotnomasi



2

Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi xajmidan hisoblangan ajratmalarni
imtiyoz ko‘rinishida aks ettirish

169

285

Buxgalteriya ma’lumotnomasi






Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish