ТУГАТИШМУНОСАБАТИБИЛАНБАЛАНСДАН ЧИҚАРИЛИШИ Nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin (2.10.1-rasm):
келгусида фойдаланишга яроқсиз аҳволга келиб қолган номоддий активлар
Tashkilotlarda ularni tugatish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun rahbar tomonidan tayinlanadigan shaxs raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tegishli mutaxassislar, buxgalteriya xodimlari va tashkilotning moddiy javobgar shaxslari kiritilishi kerak. Komissiya tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tuziladi.
Ularni tugatish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:
a) hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlarning holatini o‘rganishni amalga oshirib, bunda mutlaq huquqlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar (patent, pasport va boshqa hujjatlar), shuningdek buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanadi;
b) ularni tiklashning mumkin emasligi yoki iqtisodiy maqsadga nomuvofiqligini belgilaydi;
v) nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish sabablarini belgilaydi (amortizatsiya ajratmalarini to‘liq hisoblab yozish, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi, tabiiy ofatlar va hokazo);
g) nomoddiy aktivlarning foydalanishdan muddatdan avval chiqib ketishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi.
. Nomoddiy aktivlarni sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular sotuvchi tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi
Nomoddiy aktivlarni tekinga berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular tekinga beradigan tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi
Nomoddiy aktivlar tashkilotlar balansidan inventarizatsiyalash chog‘ida kamomad yoki talafotlar aniqlanishi munosabati bilan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni kamomad yoki talafotlar aniqlanishi munosabati bilan balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida 2004 yil 10 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 37-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2004-26-son, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 20/1-son qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi xujjatlar rasmiylashtiriladi:
tugatish bo‘yicha amal qilish muddati tugaganligi tufayli hisobdan chiqarilganda – hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma;
sotish bo‘yicha – shartnoma, xaq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov xujjatlari, chiqib ketish to‘g‘risida dalolatnoma;
beg‘araz berilish bo‘yicha - chiqib ketish to‘g‘risida dalolatnoma;
kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi bo‘yicha – inventarizatsiya dalolatnomasi.