Byudjet tashkilotining byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu – tashkilotning byudjet mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari va mazkur vaqt mobaynida byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Byudjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natija 23 “ Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar ” scho’tida hisobga olinadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga byudjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijalar 280 “ Byudjet mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschotining kreditiga debetiga nisbatan chiqariladi va subscho’t boyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Topshiriq N 3 Buxgalteriya o’tkazmalarini bajaring. № Muomalalar mazmuni DT KT
1. Byudjet mablag’lari hisobiga ish haqi 231 173
hisoblanganda
2. Byudjet mablag’lari hisobiga hisoblangan 231 161
ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to’lov
ajratmalari summasiga 3. Byudjet mablag’lari hisobiga berilgan 231 172
xizmat safari xarajatlari hisobdan
chiqarilganda
4. Byudjet mablag’lari hisobiga komunal to’lov 231 15
hisoblanganda
5. Byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan
haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarilganda 230 231
Uyga vazifa: Budjet jarayonlariga provodka berish.
O‘qituvchi: _______________X.R.Karimova
“Tasdiqlayman”
Ishlab chiqarish va ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari __________ S.A.Salamov Fan: Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi.
Mavzu: N-19. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tarkibi.
(6 soat amaliy )
O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
Vaqt: 6 soat
Talabalar soni: 20-30 ta
O‘quv mashg`ulotining shakli va turi
Amaliy- to‘liq o’quv mashg‘uloti.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi.
2. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tarkibi.
O‘quv mashg`uloti maqsadi: Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tarkibiga doir bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
Pedagogik vazifalar:
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tarkibi.
2. Budjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob kitoblarga doir topshiriqlar.
O‘quv faoliyati natijalari:
1. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tarkibi.
2. Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar tarkibiga doir topshiriqlar.
1.1.Salomlashish,xona tozaligi va davomatni tekshirish .
Iqtisodiy va siyosiy yangiliklar haqida suhbatlashish.
1.2. Mashg’ulot guruhli, birgalikda o’rganish shaklida o’tkazilishini va baholash mezonlarini ma’lum qilish .
1.3. Guruhlarda ishlash qoidasi eslatiladi .
1.4.O’tilgan mavzu blits-so’rov asosida takrorlanadi va yangi mavzuga bog’lanadi.(1-ilova)
1.5.O’quv mashg’ulotining mavzusi, maqsad va o’quv faoliyati natijalari bilan tanishtirish , uning axamiyatini asoslash .
Tinglaydilar
Tinglaydilar va bajaradular
Tinglaydilar va yozadilar
Tushunchalarni aytadilar
2-bosqich.
Asosiy bosqich.
(165 daq.)
2.1. Mavzu bo’yicha ma’lumotlarni tarqatiladi va ulardagi asosiy tushunchalar bilan tanishish aytiladi: Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi .(2-ilova)
2.2.Har bir talabaga alohida, mavzu asosida mustaqil ishlash uchun tarqatma materiallar tarqatiladi va ”issiq kartoshka” ta’limiy o’yinidan foydalaniladi .(3-ilova)
2.3. Guruhlar ishi kuzatiladi, nazorat qilinadi, ochiq savollar beriladi. Talabalar ishi borishi sharxlanadi, ularga aniq kamchiliklari ko’rsatiladi.
2.4. Talabalar bilan birgalikda kamchiliklar bartaraf etiladi , muhim asosiy tushuncha va atamalarni to’ldiriladi.
Amaliy topshiriqlar bajaradilar.
Har bir asosiy tushunchalarni muhokama qiladilar, tizimlashtiradilar, yozib oladilar
3.1. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beriladi, yakunlovchi xulosa qilinadi.
3.2. Talabalar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi .
3.4. Uyga vazifa beriladi: tarqatmalarni yakunlab kelish.
Savollar beradilar
Vazifani yozib oladilar.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari (tushumlari, byudjet mablag‘lari bo‘yicha g‘aznachilik orqali amalga oshirgan kassa xarajatlari) (bundan keyingi o‘rinlarda daromaddeb yuritiladi) va hisoblangan barcha xaqiqiy xarajatlarining (bundan keyingi o‘rinlarda xarajatlar deb yuritiladi) o‘zaro solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati tushuniladi.
Yoki boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijasi bu tashkilotning barcha aktivlari (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari)dan uning majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasi natijasida hosil bo‘ladigan aktivning sof qiymati deb tushunish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, byudjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) oshishiga sabab bo‘luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning majburiyatlarini kamayishidir.
Byudjet tashkilotlariga homiylik mablag‘larini kelib tushishi natijasida uning aktivlari (moliyaviy aktivlari) oshadi, ya’ni mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida Debet 112 va Kredit 262 provodka bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning moliyaviy aktivlari (pul mablag‘lari) oshdi. Demak bu operatsiya hisobda daromad (kredit 262) sifatida aks ettirilishi lozim.
Tashkilotning majburiyatlarini kamayishi ko‘rinishidagi daromadlariga misol keltiradigan bo‘lsak, uning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzining talab qilish muddati tugashi munosabati bilan tashkilot daromadlariga hisoblanishini aytish mumkin. Jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlarida talab qilish muddati tugagan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan ish xaqi yoki boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzlar byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari daromadlari sifatida aks ettirilishi lozim.
Mazkur operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi, ya’in byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzlarni hisobdan chiqarilishi Debet 177 va Kredit 262 (agarda mazkur qarzdorlik byudjet tashkilotining
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yuzaga kelgan bo‘lsa). Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning majburiyatlari kamaydi. Demak bu operatsiya hisobda daromad (kredit 262) sifatida aks ettirilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) kamayishiga sabab bo‘luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki uning majburiyatlarini oshishidir.
Masalan, byudjet tashkilotining asosiy vositalariga eskirish hisoblash natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari)ning qoldiq qiymati kamayadi. Mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi, ya’ni Debet 231, 241, 251, 261 yoki 271 (asosiy vositani sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda) va Kredit 020-029 subschyotlarning tegishlisi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalaringi qoldiq qiymati) kamaydi. Demak bu operatsiya hisobda xarajat (debet 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning tegishlisi) sifatida aks ettirilishi lozim.
Yoki majburiyatlarni oshishi ko‘rinishidagi tashkilot xarajatlariga misol bu byudjet tashkiloti tomonidan ish xaqini hisoblanishi. Mazkur operatsiya buxgaleriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.
Masalan, byudjet tashkiloti byudjet mablag‘lari hisobidan xodimlariga ish xaqi hisobladi, ya’ni Debet 231 va Kredit 173. mazkur operatsiya natijasida byudjet tashkilotining xodimlardan bo‘lgan ish xaqi bo‘yicha majburiyati oshdi. Demak bu operatsiya hisobda xarajat sifatida (debet 231) aks ettirilishi lozim.
Byudjet tashkilotining moliyaviy natijasi uning barcha daromadlarining turlari bo‘yicha alohida holda aniqlanadi, ya’ni:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha;
to‘lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo‘yicha;
ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha;
byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha;
byudjet tashkilotining boshqa daromadlar bo‘yicha.
Mazkur daromadlar turlari bo‘yicha har birining alohida holda daromadlari (tushumlari yoki byudjet mablag‘lari bo‘yicha g‘aznachilik orqali amalga oshirilgan kassa xarajatlari) va ushbu daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlari ayriladi va mazkur daromad turi bo‘yicha moliyaviy natija aniqlanadi. Agarda daromadlar amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan ko‘p bo‘lsa, ijobiy moliyaviy natija hosil bo‘ladi (ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi subschyotlarning kredit tomonida qoldiq qoladi).
Agarda daromadlar amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo‘lsa, salbiy moliyaviy natija hosil bo‘ladi (ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi subschyotlarning debet tomonida qoldiq qoladi).
Yuqoridagi daromadlar turlari bo‘yicha byudjet tashkilotining moliyaviy natijalari 2 ta bosqichga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Ya’ni, 1-bosqichda byudjet tashkilotining faqatgina moliya yili mobaynidagi (1-yanvardan 31 dekabrgacha, byudjet mablag‘lari bo‘yicha esa, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynidagi davr ham kiradi) barcha daromadlari va mazkur davrdagi (1-yanvardan 31 dekbargacha) amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida aniqlanadi.
2-bosqichda esa, mazkur aniqlangan moliyaviy natija byudjet tashkilotining o‘tgan yillar mobaynidagi moliyaviy natijasiga qo‘shiladi. Buning natijasida byudjet tashkilotining joriy davrga yakuniy moliyaviy natijasi aniqlanadi.