Byudjet tashkilotining ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijasi bu – tashkilotning ushbu mablag’lari hisobiga moliya yili mobaynida hisoblangan to’lov-kontrakt mablag’lari va mazkur vaqt mobaynida byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. Ushbu 25 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” scho’tida hisobga olinadi.
“Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotida ta’lim muassasalarida talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan boshqa hisob-kitoblar olib boriladi. Bu subschyotning debet tomonida to‘lov-kontrakt mablag‘larini hisoblanishi, kredit tomonida to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar summasi aks ettiriladi.
Talabalarbilanboshqahisob-kitoblarbuxgalteriyao‘tkazmalaridaquyidagicha aks ettiriladi
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo‘luvchi
hujjat
1
O‘qitishning to‘lov kontrakt shakli bo‘yicha
to‘lovlarni hisoblanishi
175
252
Yuk xati
2
O‘qitishning to‘lov kontrakt shakli bo‘yicha to‘lovlarni kelib tushishi
111
175
Shahsiy
hisobvaraq- dan ko‘chirma
Analitik hisob xar bir talaba bo‘yicha alohida holda tashkil qilinadi.
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov- kontrakt shakli mablag‘lari hisobiga hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% yagona
ijtimoiy to‘lov ajratmalari summasiga
251
161
Buxgalteriya ma’lumotnoma- si
3
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov- kontrakt shakli mablag‘lari hisobiga berilgan hizmat safari harajatlari
hisobdan chiqarilganda
251
172
Avans hisoboti
4
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov- kontrakt shakli mablag‘lari hisobiga kommunal to‘lovlar uchun to‘lov
Hisoblanganda
251
150
Yuk hati
5
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov- kontrakt shakli mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar hisobdan
Chiqarilganda
250
251
Buxgalteriya ma’lumotnoma- si
“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotida ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan daromadlarning hisoblanishi aks ettiriladi.
O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha mablag‘larning hisoblanishi 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 252 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotning kreditida, mablag‘larning kelib tushishi 111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotning debetida va 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Yil oxirida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha barcha hisoblangan tushumlarning hisobdan chiqarilishi 250 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining debetida va 252 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Yil oxirida 252 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov- kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyot bo‘yicha qoldiq qolmaydi.
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi
Uyga vazifa: Budjet jarayonlariga provodka berish.
O‘qituvchi: _______________X.R.Karimova