Asosiy vositalar va qurilishi tugallanmagan binolar (inshootlar)
Binolar, inshootlar va qurilishi tugallanmagan binolar (inshootlar)
Avtotransport vositalari va qodiq qiymati 100 minimal ish xaqidan ortiq bo‘lgan boshqa asosiy vositalar
Boshqa asosiy vositalar
Baholash
Chet eldagi byudjet tashkilotlarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlari
Davlat mulk qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari orqali sotiladi
Baholash tashkilotlari tomonidan baіolangandan keyin ommaviy savdolarda sotiladi
tashkilotlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali
Binolari, inshootlari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlari
Boshqa asosiy vositalar
Davlat mulki qo‘mitasining maxsus g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
Tushgan mablag‘larning:
-50 foizi tegishli byudjet daromadiga;
-50 foizi byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga va moddiy texnik bazani mustahkamlashga sarflanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida sotiladi va ushbu qarorda nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi
Chet eldagi vakolatxonalar tomonidan (yuqori tashkiloti bilan kelishgandan so‘ng) sotiladi va xarajatlar smetasida nazarda tutilgan moddiy texnik bazani mustahkamlashga sarflanadi.
2.7.3-rasm. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va qurilishi tugallanmagan binolarni (inshootlarni) sotilishi tartibi va sotishdan tushgan mablag‘larni sarflanish yo‘nalishlari
Asosiy vositalarni beg‘araz berish yuqori tashkilot bilan kelishilgan xolda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tomonidan asosiy vositalar beg‘araz berilganda uning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
Shartli misol. Byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sotib olingan va dastlabki (tiklanish) qiymati 20.0 mln.so‘m bo‘lgan (015-subschyot bo‘yicha), mazkur davga qadar hisoblangan eskirish summasi 15.0 mln.so‘m (025-subschyot bo‘yicha) va qoldiq qiymati 5.0 mln.so‘m bo‘lgan transport vositasi boshqa tashkilotga beg‘araz berildi.
Mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 261 subschyot 5.0 mln.so‘m;
Debet 025 subschyot 15.0 mln.so‘m;
Kredit 015 subschyot 20.0 mln.so‘m.
Agarda byudjet tashkilotlari (yuqori mablag‘ taqsimlovchi) tomonidan o‘zining quyi tashkilotiga (ya’ni, tegishli moliya organiga mazkur quyi tashkilotning balansini o‘zining balansiga jamlagan holda taqdim qilinadigan hollarda) asosiy vositalar beg‘araz (balansdan balansga o‘tkazish yo‘li bilan) berilayotgan bo‘lsa, u holda yuqori tashkilot tomonidan mazkur operatsiya Debet 28 schyotning tegishli subschyotlari va Kredit 01 schyotning tegishli subschyotlarida aks ettiriladi. Agarda eskirish summasi mavjud bo‘lsa, eskirish summasiga Debet 02 schyotning tegishli subschyotlari va Kredit 01 schyotning tegishli subschyotlari bo‘yicha aks ettiriladi.
Quyi tashkilot tomonidan kirim qilinishi esa, Debet 01 schyotning tegishli subschyotlarida va Kredit 28 schyotning tegishli subschyotlari
(eskirish summasiga Kredit 02 schyotning tegishli subschyotlari) bo‘yicha aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |