2. Xonlikdagi qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tizimi
3. Xonlikdagi tog‘-kon ishlari
4. Jo‘ybor xo‘jalarining mavqei
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlar mavzulari:
Amir Temur davri yozma manbalari
Sohibqiron davlatining boshqaruv tizimi.
Amir Temur davrida shaharlar taraqqiyoti.Ichki savdoning rivojlanishi
Sohibqiron hukmronligi davrida Buyuk ipak yo‘lidagi savdo-sotiqning rivoji.
Xorazmning bo‘ysundirilishi, Oltin O‘rdaning tor-mor qilinishi.
Yildirim Boyazid bilan Amir Temurning munosabatlari va turk sultonining tor-mor qilinishi.
Izoh: Mustaqil ta’lim mavzulari ajratilgan mavzuga mos holda tanlab belgilanadi.
VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
• O‘zbekiston tarixining asosiy bosqichlari; O‘zbekiston tarixining ma'lum bir tarixiy hodisalari; jahon tarixida O‘zbekistonning tutgan o‘rni;
• zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi; tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan O‘zbekiston tarixi muammolarning ishlab chiqilishi jarayonlarini bilishi kerak;
• O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolarini o‘rganish va metodologiyasini ishlab chiqishda milliy g‘oyaning ahamiyati; O‘zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o‘ziga xosligi haqida; O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida rivojlanishi; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
• Vatan tarixini bilish; ma'naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilishi, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarashga ega bo‘lishi; bakalavriat yo‘nalishiga mutanosib ravishda raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘zini kamolotga yetkazish ustida ishlay bilishi; ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotli shaxslarga tegishli lavozimlarning bo‘sh o‘rinlarida mustaqil ishlay olish tajribasiga ega bo‘lishi; bakalavriatning tegishli yo‘nalishi doirasida tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura oliy ta'limini davom ettirish
malakalariga ega bo‘lishi kerak.