Uzunchoq miya. Uzunchoq miya va ko'prikcha orqa miyaning davomi bo'lib, reflektorlik va o‘tkazuvchanlik funksiyasini amalga oshiradi. Ularning kulrang moddasida nafas olish, yurak ishini boshqarish, hazm qilish, himoya (ko'zni ochib- yumish, aksa urish, yo‘talish) markazlari joylashgan.
Yaroliyev ko‘prigi uzunchoq miya bilan o'rta miya oralig‘ida joylashgan. Unda ko‘z soqqasi va yuz muskullar ini harakatlantiruvchi markazlar bo‘ladi. Ko'prik orqali uzunchoq miyadan bosh miyaning boshqa bo‘limlariga nerv impulslari o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |