O’tilgan mavzuni so’rash:
“Zanjir “ o`yini o`ynaladi
Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh markazlarda ish olib boradi
va mavzunini tushuntirib beradilar.
Tuzilishi. Bosh miya kalla qutisi ichida joylashgan bo‘lib, u ikki qismdan: bosh miyaning stvoli (ustun) va bosh miya katta yarimsharlaridan iborat, Bosh miyaning stvol qismi uzunchoq miya, miya ko'prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miyadan iborat (67-rasm). Bosh miyaning uzunchoq miya, o‘rta miya, oraliq miya bo‘limlanda kulrang modda ayrim donachalar shaklida oq modda ichida joylashgan. Miyacha, miya ko‘prigi va miya katta yarimsharlarida esa kulrang modda oq moddani o‘rab turadigan po‘stloq hosil qiladi.
Bosh miya ham oq va kulrang moddadan iborat. Oq modda bosh miyani orqa miya bilan va miya bo‘limlarini o‘zaro tutashtiruvchi nerv yollarini hosil qiladi. Nerv yo'llari tufayli nerv sistemasining hamma qismi bir butun sistema sifatida muvofiqlashgan holda ishlaydi. Bosh miya kulrang moddasi oq moddasi ichida to‘p-to‘p bo‘lib, alohida donachalar (yadrolar) shaklida joylashgan.
Bosh miyaning kulrang moddasi reflektorlik funksiyasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |