109- mashq. Mustaqil ish. –sa qolipiga mos uchta ergashgan qo’shma gap yozing. Ergash gapning bosh gapga qanday bo’g’lanayotganini izohlang.
110- mashq. Fikr yuritamiz, fikr almashamiz. Siz tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo’lsangiz, bu haqda o’z fikr-mulohazangizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating.
1.Agar daraxt shoxlari yoz, faslida sarg’aysa, kuz erta keladi. 2.Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor gullasa, bu kuzning iliq kelishidan darakdir. 3.Qaldirg’och pastlab uchsa, yog’ingarchilik bo’ladi. 4.Chinnigul o’zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez suv betiga sapchib chiqsa, yomg’ir yog’adi. 6.Mevali daraxtlar ko’p hosil qilsa , qish qattiq keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |