111-mashq. Saylanma diktant. Ergash va bosh gaplarni aniqlab, “ T” chizma asosida yozing. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni aniqlang.
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.(Maqol) 2.Seni hurmat qilishlarini istasang, o’zingni hurmat qil.(“Tafakkur gulshani”dan) 3.Ichlari achimasa, menga o’sha gaplarni gapirmas edi.(Abdulla Qahhor) 4.Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan.(Maqol) 5.Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar tishikdan.(Maqol)
Namuna Ergash gap bosh gap.
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.
2. “BBB”, savol-javob.
1.Kesim fe’lning shar mayli shakli bilan ifodalanganda ergash gaplar qanday ma’noni ifodalaydi?
2.Shart mayli qo’shimchasi yordamida bog’langan qo’shma gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
V O’quvchilarni baholash. Guruhlarning olgan ballari hisoblanadi va har bir guruhdan faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 112-mashq. Kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalangan ergash gapli qo’shma gaplardan bo’lgan to’rtta maqol keltiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |